Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»


Egila berib-egila berib, bellarim



Download 3,89 Mb.
bet19/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

23. Egila berib-egila berib, bellarim og‘rib ketdi, kapitan uka.
Koʹplik shakli qanday uslubiy ma’no anglatgan?
A) boʹrttirish B) kinoya C) taxmin D) umumlashtirish


24. Quyida keltirilgan gapda –lar qo‘shimchasi qanday ma’no anglatgan?
Bag‘dodda nima gap? Bag‘dodlar tinchmi?
A) ma’no kuchaytirish B) hurmat
C) ko‘plik D) hudud va uning atroflari


25. O‘qituvchilik so‘ziga qanday qoʻshimcha qoʻshilsa, yasalmada fonetik hodisa boʻladi?
A) joʻnalish shakli B) koʻplik shkli
C) egalik shakli D) kesimlik shakli


26. Shaxs, narsa, oʻrin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) –lik,-inch,-chi,-dosh B) –gar, -chi,-k, -don
C) –loq,-choq, -chi,-dosh D) –xon,- chi,-dosh


27. Ko‘ksingda savoling bo‘lmasa, dunyoga nega kelding, otingdan aylanay, inson.
Otga xos sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 7 ta


28. Tilshunoslikda grammatika qaysi til bo‘limlarini o‘z ichiga qamrab oladi?
A) sintaksis, morfemika
B) morfologiya, sintaksis
C) morfologiya, so‘z yasalishi
D) sintaksis, leksikologiya


29. So'z turkumlari va ularning grammatik shakllari bo'yicha bahs yuritadigan tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi?
A) sintaksis B) leksikologiya
C) grafika D) morfologiya


30. So‘zlar nega mustaqil va yordamchi so‘zlarga bo‘linadi?
A) gap bo‘lagi bo‘lish, yoki bo‘lmasligiga ko‘ra
B) Har xil so‘roqlarga javob bo‘lgani uchun
C) Bir-birisiz gap tarkibida qo‘llana olmagani uchun
D) Borliqdagi nimani bildirishi (umumiy grammatik ma'nosi) yoki bildirmasligi, ma'lum so'roqqa javob bo'lishi yoki bo'lmasligiga ko'ra


2-test

1. O’pkamni toʻldirib havo olgani


Ketmogʻim shartmikan ovloq ovulga.
Dunyoga bir tovoq gʻavgʻo solgani
Shartmikan urishim oʻzim dovulga.
She᾽riy parchada ifodalangan turlovchi shakllar sonini aniqlang.
A) 9 ta B) 6ta C) 8 ta D) 7 ta

2. Faqat grammatik ma'no ifodalovchi, lekin o'zidan oldin kelgan so'zga grammatik shakl sifatida qo'shilib, u bilan bir lug'aviy urg'u ostida birlashmaydigan so'zlarga qanday so‘zlar deyiladi?


A) yordamchi so‘zlar B) his-hayajonli
C) taqlid bildiruvchi D) mustaqil

3. Bu o'lkani va unda qad ko'targan dastlabki shaharni aholi qadimda «Bug'ora», ya'ni «tangri jamoli» deb yuritishgan.


Ushbu gap bo‘yicha otga xos bo‘lgan to‘g‘ri javobni toping.
A) 3 ta joy oti mavjud
B) 5 ta otga xos sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha belgili qatnashgan.
C) Mavhum ot mavjud emas.
D) 1 ta ot yasovchi qo‘shimcha mavjud.

4. Grammatik ko‘plik berilgan javobni toping.


A) Ensalarimni qotirma, dardim o‘zimga yetadi.
B) Bu tumanda yigirmata maktab bor.
C) Balolar boshimni egolmas also.
D) Odamlarga nima bo‘lyapti-ya?

5. Grammatik ko‘plik berilgan javobni toping.


A) Toshlarini terib olishga majbur bo‘ldi.
B) Ko‘chada qum uyumi ko‘payibdi.
C) Qalbim g‘avg‘olardan jarchadi.
D) Farhodlar kelishdi.

6. Bozorda unlarning narxi ko‘tarilibdi.


Ushbu gapda qo‘llangan –lar ning qanday ma’no berayotganini toping.
A) tur, xil B) sof ko‘plik
C) tasviriylik D) bo‘rttirish

7. Boshliq xonalaridami? Ushbu gapda qo‘llangan –lar ning qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.


A) sof ko‘plik B) jamlik
C) umumlashtirish D) hurmat

8. Bir so'z bilan har kishi


O'zligini ko'rsatar,
So'z gavharin ko'pincha
Dono olar, ko'r sotar.
Otga xos bo‘lgan so‘zlar sonini toping.
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta

9. O‘rin-payt kelishigi berilmagan gapni toping.


A) Bulbuligo'yo shoirlarning shon-shuhrat ishqida o'rtanib aytguvchi dilrabo baytlari ham endi uning ko'ngillariga zavq bag'ishlamas edi.
B) U ko'p vaqtini ko'zdan yiroq, xilvat va toqi ravoqda tanho o'tkazar, ahyon-ahyon, hushi kelgan chog'lardagina Yusufiyni chaqirib chog'ir buyurar edi.
C) O'zlari ham tashrif buyuribdilar-da?!
D) Ilohim, tangri o'z panohida asrasin sizni.

10. Humoyun Mirzo kecha oqshomlarda muborak huzuringizga otlangan ekan.


Ushbu gapda qo‘llangan ko‘plik shakli qanday ma’noni bildiradi?
A) payt B) kuchaytirish C) sof ko‘plik D) taxmin

11. Nechanchi shaxs egalik qo'shimchasining ko'plik shakli ko'pincha «siz»lash ma'nosida qo'llaniladi.


A) I shaxs B) II shaxs koʻklik
C) III shaxs birlik D) I shaxs va III shaxs

12. Biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida kela oladigan so‘zlarga qanday so‘zlar deyiladi?


A) yordamchi so‘zlar B) oraliq so‘zlar
C) mustaqil so‘zlar D) leksik so‘zlar

13. Bir ko‘r kishi bilan cho‘loq katta sohil yetishdilar. Suvga tashlangan yog‘ochdan o‘tishlari lozim edi. Cho‘loq aytdiki: «Birodar, men o‘tolmayman, chunki oyog‘im yaramaydi». Ko‘r: «Agar ko‘zim bo‘lsa edi, o‘tar edim», – dedi. Qandaydir tadbir topishlari yoki birovdan yordam so‘rashlari kerak edi. O‘tirdilar va biroz o‘yladilar. Shunda cho‘loq dedi: «Bo‘lmasa sen meni orqangga opich, senga yo‘l ko‘rsatib, oyoq qo‘yadigan yeringni ko‘rsatib turay, ikkimiz ham o‘tib ketamiz». Shunda bir-birlarining yordami bilan ikki yorti bir butun bo‘lib, suvdan o‘tdilar. (Abdulla Avloniy)


Yuqoridagi hikoyadan atash ma’nosiz so‘zlarning sonini toping.
A) 19 ta B) 20 ta C) 22 ta D) 18 ta

14. Ko‘p, birinchi, keldi, qora, ko‘ylak, beshta, o‘qiyapti, zavqli, bugun, musicha, shirin, uchtadan, ancha, neft, yumaloq, yozdi, to‘qqiz, o‘quvchi, hali


Yuqoridagi so‘zlar tarkibida nechta ism boʻlmagan so‘zlar mavjud?
A) 7 ta B) 6 ta C) 10 ta D) 9 ta

15. Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar … otlar deyiladi?


Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) turdosh B) aniq C) atoqli D) birlik

16. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan ot o‘zidan oldingi otning qaysi kelishikda kelishini talab qiladi?


A) tushum B) o‘rin-payt C) qaratqich D) bosh

17. Muhammadqodir Abdullayev bir ming toʻqqiz yuz yetmish uchinchi yilda Andijonda tug‘ilgan. (U. Shukurov)


Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

18. Abdurahmon Jomiy shunday degan edi: “Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda, G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda. U bilan qol tanho, hech bermas ozor, Joningga yuz rohat beradi takror”.


Ko‘chirma gapda otga xos bo‘lgan nechta sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qoʻllangan?
A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 9 ta

19. Turdosh ot berilmagan javobni toping.


A) muzlatkich B) tilla C) daroz D) fermer

20. Fonetik hodisaga uchragan tub ot qaysi javobda berilgan?


A) qishloqi B) taroq C) qumloq D) qishlog‘i

21. Mavhum otni toping.


A) sergap B) ko‘rlik C) qishlik D) qalqon

22. To‘g‘ri yozilgan takroriy otni toping.


A) don-pon B) tayoq-payoq
C) emin-erkin D) sedana-nedana

23. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan birlikni toping.


A) 9-may-Xotira va Qadrlash kuni
B) Tashqi Ishlar vazirligi
C) O‘zbekiston Milliy universiteti
D) Guliston Davlar universiteti

24. Yasama otni aniqlang.


A) kuzgi B) bozori C) yozlik D) o‘shlik

25. Otga oid quyidagi qaysi qo‘shimcha so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘lolmaydi?


A) –si B) –lari B) –kor D) –m

26. Joy otini shaxs otiga o‘zgartira oladigan qo‘shimchani toping.


A) –lik B) –im C) –iq D) –ik

27. Qo‘shma otni toping.


A) yebto‘ymas B) ko‘z oynagi
C) bola-chaqa D) Markaziy Afrika

28. So‘z shakllari haqidagi ta’limotni toping.


A) morfologiya B) leksikologiya
C) morfemika D) grafika

29. So‘z turkumlari ma’no va vazifasiga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi?


A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 12 ta

30. U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. Yer ochib urug‘ sepibdi. Ko‘chat ekibdi. Hamma yoq ekinzor, bog‘-rog‘ga aylanibdi. Shunda qayoqdandir son-sanoqsiz yov bostirib kelibdi. Ekinzorlarni payhon qilishibdi, daraxtlarni qirqib yoqishibdi. Dehqonobodliklar yovga qarshi bosh ko‘tarishibdi. Kenja botir jangda akalaridan ayrilibdi. Boshqa sheriklari ham jangda halok bo‘lishibdi. Yov: «Bizga bo‘yin eg!» – debdi. Kenja botir:«Dushmanga tiz cho‘kib yashagandan koʻra, tik turib o‘lganim yaxshi!» – debdi. (S. Anorboyev)


Ushbu mikromatnda nechta shaxs oti bor?
A) 8 ta B) 10 ta C) 7 ta D) 9 ta


3-test

1. Yasama ot qaysi gapda berilgan?


A) Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug‘bek)
B) Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan bilim o‘rganinglar. (Abu Ali ibn Sino)
C) O‘qib-o‘rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman degan odamni tentak deb bilmoq kerak. (Suqrot)
D) Ilm urug‘lari sochilsa, elga baraka beradi. (D. Mendeleyev)

2. O’lmasning onasi uyda o’tiradi, do’ppi tikadi. Qizlari ham onasiga qarashadigan bo’lib qolgan. Biri igna tortadi, biri piltakach uradi, bitgan do’ppini taxtakachga bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quriladi, xullas, namozgarda boshlangan do’ppi ertasiga tayyor bo’ladi. (U. Nazarov)


Asosi faqat yopiq bo‘g‘indan iborat otlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 4 ta

3. Sodda otni aniqlang.


A) alamli B) poyma-poy
C) klaviatura D) sakson

4. Noto‘g‘ri hukmni toping.


A) Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar doimo qo‘shilib yoziladi.
B) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar ajratib yoziladi.
C) Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo‘lgan qo‘shma otlar ajratib yoziladi.
D) Tarkibidagi oldi,bo‘yi,orti so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.

5. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar nimasiga ko‘ra bunday turga bo‘linadi?


A) tuzilishiga ko‘ra B) ma’nosiga ko‘ra
C) turkumiga ko‘ra D) tub-yasamaligiga ko‘ra

6. Juft ot berilmagan qatorni aniqlang.


A) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko’nglidagi gina-adovatga barham berdi. (A. Ko’chimov)
B) Oradan uch-to’rt kun o’tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldi. Ammam ko’rpa-yostiq, amakim qozon-tovoq, boshqa tanish-bilishlar choynak-piyola deganday, har kim baholi qudrat qarashib, o’sha hovliga ko’chdik. (Abdulla Qahhor)
C) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning bir shoxi egilib turardi. (P.Qodirov)
D) Gulbahor juda go’zal, hamma fasldan o’zar. Gul-chechakdan libosi, yoqimlidir havosi. (M. Ibrohimova)

7. Takroriy otni belgilang.


A) dachama-dacha B) yugur-yugur
C) tak-tuk D) foyda-zarar

8. Qaysi atoqli ot xato yozilgan?


A) gul chambar
B) Respublika Oliy sudi
C) ‹‹Sharq gullari›› firmasi
D) achchiqtosh

9. To‘g‘ri yozilgan birlikni toping.


A) Nishon tumani Hokimligi
B) Toshkent Traktor zavodi
C) Quvasoy sement zavodi
D) Tashqi Ishlar Vazirligi

10. Qaysi gapda sodda yasama tuzilishli o‘rin-joy oti mavjud?


A) Jiydakapa do’ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. (X. Sultonov)
B) Zahro “Tuproqqo’rg’on” darvozasiga yetib borganda, vaqt tushga yaqinlashib qolgan, kun iliq, havoda o’rik gullari chirpirar edi. (U. Nazarov)
C) Xatirchiga borish uchun poyezddan Zirabuloq bekatida tushiladi. (G’. Salomov)
D) Balandmachitdan o’tib, Beshyog’ochga chiqamiz. (Oybek)

11. Joy va suv havzasi nomi bir qatorda kelgan gapni toping.


A) Kampirning o’tovi Zolariqning chap qirg’og’ida edi. (G’afur G’ulom)
B) Qorasuv kunchiqar va kunbotar tomonlari qo’shni qishloqlar bilan tutashib ketgan katta ariq edi. (Qamchibek Kenja)
C) Qoplonbopning qoq o’rtasidan Nuqrasoy shitob bilan oqib o’tadi. (Said Ahmad)
D) Biz Jayhunning narigi tarafiga o’tganimizdan keyin bunaqangi yomon ofatlar bo’lmaydi. (Mirmuhsin)

12. –vchi qo‘shimchasi qaysi turkum so‘zlariga qo‘shilganda asosni fonetik hodisaga uchratadi?


A) ot B) fe’l C) sifat D) son

13. Quyida berilgan so‘zlarning har ikkisining yasalish asosi ot bo‘lgan yasalmani aniqlang.


A) qarshilik, qarshilik B) bo‘shlik, o‘shlik
C) yozlik, yuzlik D) keshlik, kechlik

14. Qaysi sodda yasama ot tarkibida ikkita ot yasovchi qo‘shimcha mavjud?


A) serobgarchilik B) yog‘ingarchilik
C) quvnoqlik D) dehqonchilik

15. Qanday otlar ko‘plik shakli orqali sof ko‘plik ma’noni ifodalay olmaydi?


A) o‘rin-joy otlari B) barcha narsa otlari
C) shaxs otlari D) mavhum otlar

16. -g‘ich, -gi, -k, -q, -oq, -(i)ndi,-ma,-don


Ushbu narsa oti yasovchi qo‘shimchalarning nechtasi sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan omonim?
A) 8 tasi B) 6 tasi C) 5 tasi D) 7 tasi

17. Tub so‘zni toping.


A) qumloq B) bo‘taloq
C) o‘tloq D) toshloq

18. Ham mavhum ot, ham shaxs oti, ham faoliyat-jarayon oti, ham o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchani toping.


A) –lik B) –inch
C) –chi D) -inch

19. Turlangan so’zlari soni bitta bo‘lgan gapni toping.


A) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. (P. Qodirov)
B) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining oʻg’li Otabek! (Abdulla Qodiriy)
C) Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. Paxtakorning o’z kitobi bor. Bu kitob uning ko’kragida. (Oybek)
D) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi. (Qamchibek Kenja)

20. Qaysi qatorda yasama shaxs oti mavjud?


A) Uning yaxshi bola bo’lib, to’rtni “to’rt” baholarga yakunlayotganidan dadasi bilan onasi, buvisi ham xursand. (O. Olimov)
B) Men o‘qimay turib ham boshimda shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injener ham, artist ham bo’la olaman, deb qattiq ishonar edim. (X. To’xtaboyev)
C) Hoji buvi qo’lidan kelgancha dori-darmon qildi, keyin oyim tuzaldi. (O’. Hoshimov)
D) Shayxontohurda, baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob.

21. Qaysi gaplarda so‘zlar faqat ot va sifatga oid so‘zlar sanaladi?


1. Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi. 2. Taqachilar tinmaydi. Ish ko’p. 3. Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. 4. Jazirama oftob. Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. (Oybek)
A) 1,2,3 B) 4 C) 2,3,4 D) 1,4

22. Har qalay o’zi tug’ilib o’sgan qishloq. Bolaligini eslatadigan devorlar bilan qurshalgan ko’chalar, suvga cho’milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho’qqilar, yam-yashil o’tloqlar ko’ngliga taskin berar-ku!


Otlar soni toping.
A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta

23. Otaqo’zi bo’lajak kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir g’ijinib qo’ydi. (P.Qodirov)


Sodda yasama ot nechta ma’noli qismdan iborat?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

24. Qaysi gapda yasama faoliyat-jarayon oti mavjud?


A) O’rindiqning bir chekkasida o’tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. (Yo’ldosh Sulaymon)
B) Dadam kunduzi gʻoʻzani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg’onmadi. (Murod Xidir)
C) Ta’tilda o’qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo’ldi. (Hakim Nazir)
D) Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. (N. Normatov)
A) 2 B) 4 C) 1 D) 3

25. Quyida berilgan ismlarning nechtasi fe’ldan o‘tgan?


Temirjon, Po’latjon, To’xtasinbek, Oltinoy, Kumushxon, Jasurbek, Nodirbek, Go’zaloy, Turdixon, Charosxon
A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta

26. Tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lovchi vositalarni toping.


A) kelishik shakllari B) egalik shakllari
C) bog‘lovchi D) bog‘lama shakllari

27. Mavhum otni toping.


A) chayir B) qilchilvir C) savdogar D) baxt

28. Qaysi birikmada kelishikni tushirib bo’lmaydi?


A) saratonning issig’i B) tafakkurning shirin mevasi
C) poyabzalning bog’ichi D) uyni buzmoq

29. Qaysi qatorda egalik shakli qaratqich kelishigini talab etmaydi?


A) ro‘za hayiti B) gul hidi
C) uy ichi D) estrada yulduzi

30. Bog‘lama shakli haqida qaysi hukm xato?


A) Bog‘lama shaklini og’zaki nutqda tushirib aytsa bo‘ladi.
B) Bog‘lama shakllarining bari omonim.
C) Bog‘lama shakllari turlovchi shakllar sanaladi.
D) Bog‘lama shakllari ot kesimni shakllantiradi.
4-test

1. ish + chi + lar + imiz


Ushbu morfemik tuzilishga o‘xshash bo‘lgan “morfemik tuzilish”ni toping.
A﴿ tikan + zor + lar + niki B﴿ mol + lar + imiz + ga
C﴿ so‘z + la + y + san D﴿ sariq + ay + tir + di

2. “So‘z tarkibi” mavzusiga daxli bo‘lmagan savolni toping.


A﴿ So‘z yasovchi qo‘shimchalar asos qismning qaysi tomoniga
qo‘shiladi?
B﴿ Qo‘shimchalarning qaysi turi asosga birinchi bo‘lib
qo‘shiladi?
C﴿ Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimchadan oldin kelishi mumkinmi?
D﴿ Qanday matn hikoya matni deyiladi?

3. -bon, -shunos, -gi, -lar, -imiz, be-, -ib, -li, -in, -guncha, -soz, -paz, -ga, -siz.


Ot yasovchi qo‘shimchalar sonini toping.
A﴿ 6 ta B﴿ 5 ta
C﴿ 7 ta D﴿ 4 ta

4. Ot yasovchi qo‘shimcha qaysi gapda uchraydi?


A﴿ Qorday oppoq, parday yumshoq.
B﴿ Sochlarimni silab-siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar.
C﴿ Maktabda kulgi kechasi o‘tkazilyapti.
D﴿ Durroj ham Sherning so‘zini ma’qul ko‘rdi va shu o‘rmonda ikkovi do‘stona yashay boshladi.

5. Qaysi qatorda so‘zlar imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?


A﴿ Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
B﴿ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Oliy Majlisi
C﴿ O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Traktor zavodi
D﴿ Bahor konsert zali, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi

6. Qaysi qatorda qo‘shtirnoq xato qo‘llangan?


A﴿ «Samarqand» chinni zavodi
B﴿ «Nuroniy» jamg‘armasi
C﴿ «Istiqbol» fermer xo‘jaligi
D﴿ «Turkiston» saroyi

7. Joy nomlari qanday yoziladi?


A﴿ Ikki asosi qo‘shib
B﴿ Ikki asosi ajratib
C﴿ Ikki asosi chiziqcha bilan
D﴿ Ikki asosi qo‘shib va ajratib

8. U vaqtda Toshkent ikkita shahardan iborat bo‘lib, birini eski shahar, ikkinchisini yangi shahar deyishardi.


Ushbu gapda qanday xatolik bor?
A﴿ imloviy B﴿ so‘z qo‘llash bilan bog‘liq
C﴿ punktuatsiyaviy D﴿ Xatolik mavjud emas

9. To‘g‘ri(mukammal) qoidani toping.


A﴿ Biror shaxs, narsa, faoliyat-jarayon yoki joyga atab
qo‘yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi.
B﴿ Es-es, chelak-chelak, yo‘l-yo‘l, qator-qator
kabi takror kelgan otlar ravish so‘z turkumiga o‘tadi.
C﴿ Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar qo‘shib yoziladi.
D﴿ Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o‘zgarishi
asosidagi takroridan tarkib topgan otlar juft otlar
sanaladi.

10. O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi. Qizlari ham onasiga qarashadigan bo‘lib qolgan. Biri igna tortadi, biri piltakash uradi, bitgan do‘ppini taxtakachga bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quritadi, xullas, tongda boshlangan do‘ppi ertasiga tayyor bo‘ladi. (U. Nazarov)


Otlar sonini toping.
A
Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish