So‘zlar: ko’za, etak, lahza, tomchi
15. Chama sonlar … son asosiga -tacha, -lab qo'shimchalari qo'shilishi orqali hosil bo'ladi.
Nuqtalar oʻrniga kerakli soʻzni qoʻying.
A) dona B) taqsim C) sanoq D) chama
16. To'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar, oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar.
Son(lar)ning qisqacha noto‘g‘ri izohini toping.
A) Otlashgan B) Fonetik hodisali
C) Jamlash ma’nosida D) Hisob so‘zli
17. Son otlashishi qaysi qaysi qatorda berilgan?
A) Oltala mehmon kutib olindi. B) Vokzalda oltovi qarshi olindi.
C) Oltilab mehmon keldi uyingga. D) Mehmonlar oltita ekan.
18. Otlashish sonning ikki ma᾽no turi doirasida sodir boʻlgan gapni toping.
A) Tayog'i yo'g'on birni urar, so'zi yo'g'on mingni urar.
B) To'qqizida bo'lmagan aql, to'qsonida ham bo'lmas.
C) To'rtovlon ancha suhbatlashdi, keyin ikkitasi uy ichida qoldi, yana ikkitasi esa otiga minib yo'lga ravona bo'ldi.
D) Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan.
19. Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra,
O‘ninchi yillarning sargardonligi...
Isitma aralash qo‘rqinch tush kabi
Xayol ko‘zgusidan o‘chmaydi sira.
Asosi bir boʻgʻinli soʻzlar necha xil turkum soʻzlari sanaladi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
20. Son qatnashgan qaysi qatorda imloviy jihatdan xatolikka uchragan soʻz mavjud?
A) Globusda bo‘lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan, albatta. (G‘afur G‘ulom)
B) Ikki soatlar eshakda yurib, tog‘dan toqqa o‘tib andak toliqqan edim. (I. G‘afurov)
C) Beruniy Amerika qit’asining borligini Kolumbdan 450 yil avval taxmin qilmagan. (Asqad Muxtor)
D) Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi.
21. Tyanshan tog’ining tagida Toshtemir tog’aning traktori to’qson tonna temirni tortolmay tirillab turibdi.
Hisob soʻz ikki tomonidagi soʻzlar bilan birgalikda qanday birlikni yuzaga chiqaradi?
A) soʻz birikmasini B) qoʻshma soʻzni
C) iborani D) toʻldiruvchini
22. Qaysi qatordagi sonda ikkita lugʻaviy shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashgan?
A) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uch-saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. (M.Nabiyev)
B) Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,o‘tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig‘in. (Sulton Jo‘ra)
C) Bu yerlarga egalik huquqini qo‘lga kiritganimizning birinchi yili o‘tib bormoqda edi. (Fenimor Kuper)
D) Shu yaqinda o‘tib ketayotgan ikki-uchta ovchi ularni ko‘rib, behad sevinishdi va urishqoqni aravaga ortib ketishibdi. («Ikki bug‘i» ertagidan)
23. Hol tarkibida boʻlgan tartib son qaysi qatorda berilgan?
A) Birinchi bor kelganimda, Yetti yoshdaydim u choq. Boshqalarga ochgan kabi, Ochding menga ham quchoq. (Po‘lat Mo‘min)
B) Birinchi badiiy asarim «To‘rt maktub» hikoyasi edi. (O‘. Hoshimov)
C) Rosa o‘n olti yil «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishladim. (O‘. Hoshimov)
D) Ikki she’r daftarning ikki betida, Bir yonda – aruziy, Bir yonda – barmoq. (E. Vohidov)
24. Yasalish asosi son boʻlgan yasalma berilgan qatorni aniqlang?
A) To‘nimning etaklarini yig‘ishtirib, Qashqamga bir-ikki qamchi bergan edim, jonivor shataloq otib ketdi. (Abdulla Qodiriy)
B) Ahmadjon chaqiriq qog‘ozini yana bir marta o‘qib chiqdi, keyin uni ikki buklab, ko‘krak cho‘ntagiga solib qo‘ydi. (Oydin)
C) Bolalar davrani ikki aylandi, qo‘l berib ko‘rishishdi. (Tog‘ay Murod)
D) Bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar juft olmoshlar sanaladi.
25. “Bir” soniga qoʻshila olmaydigan son shakli(-ov) qaysi gapdagi qavs oʻrniga tiklanadi?
A) Zulfiqorovning xotini bir (…) qiyiqchada uch-to’rt (…) anor olib keldi. (Abdulla Qahhor)
B) Pahlavonning ikki (…) kun madori qolmadi. (Navoiy)
C) Hilola qirq (…) uy, yigirma (…) xonadonda yashaydi.
D) Ota-onasining ikki (…)i, yoxud bittasi keksayib qolganda ularni rozi qilmagan kishi ikki dunyoda xor bo’ladi. (Hadis)
26. Omonim so‘z bo‘la olmaydigan son qaysi misolda berilgan?
A) Qirqiga chidadingmi, qirq biriga ham chida!
B) Qishpolvon o‘z vazifasin uch oy ichra o‘tarkan, Xizmat qilish navbat bilan Bahoroyga o‘tarkan. (Po‘lat Mo‘min)
C) Mozdok yaqinida yigirmata askar asirga tushdi.
D) Saidiy kelganda Murodxo‘ja domla, yettitagina sigirni sog‘ib eplamagan xotinining palpisligidan koyib urishmoqda edi. (Abdulla Qahhor)
27. Qaysi gapdagi belgilangan so‘z sondan yasalmagan?
A) Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini olib qo‘yganman, birgalashib choy ichamiz. (G‘.G‘ulom)
B) Ustozining oldiga borguncha rosa ikkilandi.
C) Shunday jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv va osoyishta yashashga, Vatanni har jihatdan yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylashga va ko‘ksini qalqon qilib himoya qilishga da’vat etadi. («Inson baxt uchun tug‘iladi» kitobidan)
D) Sen menga zinhor ikkilik qilma.
28. Qaysi qatordagi sonda fonetik hodisa mavjud?
A) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik. (X. To‘xtaboyev)
B) Mashrab bilan Akmal esa o‘n besh-yigirmatacha bolaga javobgar. (O. Yoqubov)
C) Ichkaridan yoshi yetmishlardan oshgan nuroniy bir chol chiqib kelibdi. (N.Aminov)
D) Yo‘q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi nimjon tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go‘zal hayot qo‘shig‘ini kuylardi. (O‘. Umarbekov)
29. Gapning markazi(kesimi) boʻlib kelgan son qaysi qatordaligini aniqlang.
A) Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Topishmoq)
B) Mening kitoblarim hammasi bo’lib yettita-ku!
C) Opam bizga uzgan olmalaridan to’rttadan berdi.
D) Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxida o’ttiz yaproq, yaprog’ining bir yog’i qora, bir yog’i oq. (Topishmoq)
30. Asosi fonetik hodisaga uchramagan(1), ammo otlashgan (2) son qaysi gapda berilgan?
A) Ikkalamiz tepalik orqasiga o‘tib qarasak, bir chuqurga tushib qolgan To‘rtko‘z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. (G‘ayratiy)
B) Har toʻrtala mehmon: – «Biz farosatsizlarni kechiring, otaxon»,– deya mezbonning oyog‘iga yiqilishdi. (N. Aminov)
C) Uchovi dalaning poynagiga qarab yurdilar.
D) “Oltovlon va yettinchi” “Qiyomat” romanidan olingan.
2-test
1. 1) sanoq son; 2) dona son; 3) taqsim son; 4) jamlovchi son; 5) tartib son; 6) chama son; Qo‘shimchalari soni bir donadan boʻlgan son turlarini aniqlang?
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 3,5,6
2. Qo‘shma son berilgan gapni ko‘rsating.
A) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. (Oybek)
B) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! (P. Qodirov)
C) Pakana buvi tuxum olib hammamizga ikkitadan ulashib chiqdi. (X. To‘xtaboyev)
D) Har birining oldiga bir siqimdan mayiz, ikkitadan non, bir choynakdan choy qo‘yib chiqdim. (M.Abdullayev)
3. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar qanday sonlar deyiladi?
A) dona son B) taqsim son C) kasr son D) chama son
4. Qaysi gapda son qatnashmagan?
A) Ko‘ngli birdan dardga toʻlganini sezdi.
B) U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo‘lga tushibdi.
C) Bolalar eshaklarga yem berib, o‘zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o‘tdi.(O. Yoqubov)
D) Har yarim oyda yoki bir oyda ellik yoshlar chamasidagi bir ayol keladi-da, qishloq chetidagi qabristonga yo‘l oladi.
5. Gap tarkibidagina hisob so‘z, alohida olinganda narsa tushunchasini bildiradigan so‘z qaysi gapdagi nuqtalar oʻrniga qoʻyiladi?
A) Bir ... o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim (P.Qodirov)
B) Oʻn … toʻshakka mixlanib yotgan ekanmi?
C) Koʻrsatkich barmogʻi bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 … mobaynida bosib turing, shunda tish ogʻrigʻi taqqa toʻxtaydi.
D) Mehnat-u mashaqqat bilan bir. ... oltin yiqqanman
6. Qaysi qatorda son berilmagan?
1 ) yarim; 2) lak; 3) nimchorak; 4) tuman; 5) chorak
A ) 2,4 B) 1,3,5 C) son berilmagan D) barchasi son
7. To’planib o’n o’g’il-qiz, - Mezbon-mehmon o’ynaymiz. Deyishar: -Sobir, sana, Adashib ketma yana. Toq sonlar bo’lar mezbon, Juft sonlar aziz mehmon. Sobir sanar: - Ko’ring-chi, Nodir bo’ldi birinchi. Ikki - singlim Durdona, Uchinchisan, Guldona.
To’rtsan, Dilshod, Lola-besh, Dildor-olti, yetti-Esh. Sakkizinchi, sen, Gulqiz, Ahmadullo-chi – to’qqiz. Iya, o’n yo’q-ku, qarang! Topmas Sobir, bosh garang. O’rtoqlari kulishar: -Boshqa sana, - deyishar. Yordam bering siz endi, Chiqmagan o’n kim edi!
Nechanchi raqam boʻlganlar undalma boʻlgan shaxs nomlari hisoblanadi?
A) 1-,4-,6-,10- B) 3-,4-,8- C) 2-,4-,5-,9- D) 3-,4-,8-,10-
8. 1) dona son; 2) jamlovchi son; 3) taqsim son;
Yuqoridagilarning birlashtiruvchi tomonini toping.
A) Barchasining shakli otlashish xarakteriga ega.
B) Barchasining birdan ortiq sintaktik shakl yasovchi morfemasi mavjud.
C) Barchasining qo‘shimchasi fonetik hodisaga sabab boʻla oladi.
D) Barchasi ham miqdorni ifodalay olmaydi.
9. Alisher Navoiy bir1 ming2 to’rt3 yuzi4 qirq5 birinchi6 yil to’qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug’ildi.
Qoʻshma son tarkibidagi grammatik xatolik nechanchi soʻzda sodir boʻlgan?
A) 1- B) 3- C) 4- D) 6-
10. Bir hovuch suv…, o’n chelak suv…, o’n litr benzin.
Son va ot oʻrtasidagi soʻzning son bilan birgalikda bajaradigan sintaktik vazifasini toping.
A) ogʻirlik oʻlchovi B) suyuqlik mazmunida
C) aniqlovchi D) sanoq son+ot
11. Ma’nosiga ko‘ra miqdor son qatnashgan so‘z yoki birikmani toping.
A) ikki yarim B) XXI asr
C) beshinchi bo‘lim D) 9-sinf
12. Nihoyat, butunlay holdan toyib ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay taxtaday qotib turaverishibdi.
Ushbu gapda ishtirok etgan son haqida qaysi qisqa fikr xato?
A) Jamlovchi son
B) Otlashgan
C) Turlangan
D) Fonetik hodisasiz
13. Yeching!
Boshqotirmani yechib bo‘ldingizmi? Unda savol: 3-katakka oid so‘zning omonim shakli qaysi gapda kesim vazifasida kelgan?
A) Qirqiga chidadingmi, biriga ham chida.
B) O‘n uchdan katta son o‘n to‘rtdir.
C) Nega ipni qirqding?
D) Sakson so‘zi sakkiz va o‘n, to‘qson so‘zi to‘qqiz va o‘n so‘zlaridan kelib chiqqan emish.
14. To‘g‘ri fikrni toping.
A) Sanoq sonlar, asosan, Rim raqamlari bilan yoziladi.
B) Narsalarning turini ko‘rsatish uchun chama son shakli o‘rniga bosh, nafar, tup, dona so‘zlari ishlatiladi.
C) Chama sonning faqat –ta shakli mavjud.
D) Kasr son ham miqdor ma’nosiga ega(tartib emas).
15. Qaysi gapdagi son o‘zidan keyin “marta” so‘zini qabul qila oladi?
A) Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi.
B) Bolalar davrani ikki aylandi, qo‘l berib ko‘rishishdi.
C) To‘tiniso hovlini sotib ikki yetimni o‘z qishlog‘i Rafqonga olib ketibdi.
D) Qishpolvon o‘z vazifasin uch oy ichra o‘tarkan, Xizmat qilish navbat bilan Bahoroyga o‘tarkan.
16. Qaysi gapda hisob so‘z qatnashmagan?
A) Bu sopol ko‘za-chi, so‘zimga ishon, Sodiq xizmat qildi ming yil odamga.
B) Ular yana besh qadam bosishgach o‘ra labiga kelishdi.
C) Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gapning, taxminan, yetmish-sakson foizi ortiqcha ekan.
D) Ikki she’r daftarning ikki betida, bir yonda− aruziy, bir yonda−barmoq.
17. Qo‘shimchasi bilan nomi erkin o‘rin almashina oladigan (sinonimlik hosil qila oladigan) sonning ma’no turini toping.
A) dona B) tartib
C) jamlovchi D) sanoq
18. Jo‘jalardan ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam
o‘ttiztasi o‘sib tovuq bo‘ldi. Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-bola echki olib kelib, bularni ham boqa berdi. (Ertakdan)
Necha o‘rinda son qatnashgan?
A) 6 ta B) 4 ta
C) 5 ta D) 3 ta
19. Qavs ichidagi son –ta shakli orqali fonetik hodisaga uchraydi. Ushbu izoh isboti qaysi gapda ekanligini toping?
A) So‘ylasin Afrosiyob-u, So‘ylasin O‘rxun xati, Ko‘hna tarix shodasida (bir) marjon, o‘zbegim. (E. Vohidov)
B) Meni qo‘rqitayotgandir desam, (ikki)si chindan sudrab chiqib avtomobilga soldi. (Abdulla Qahhor)
C) Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan (uch) ot bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q. (Mirmuhsin)
D) (Yetti) o‘lchab, (bir) kes. (Maqol)
20. Qaysi so‘zga chama son shakli qo‘shilgan?
A) oylab B) bo‘g‘inlab
C) minglab D) tonnalab
21. Qaysi so‘zga chama son shakli qo‘shilmagan?
A) yuzlarcha B) bezbetlarcha
C) o‘nlarcha D) millionlarcha
22. Qaysi birikmada hisob so‘z to‘g‘ri qo‘llangan?
A) to‘rt bosh o‘quvchi B) ikki tup echki
C) bir litr shakar D) yuz gramm oltin
23. Sonlarni juftlash yo‘li bilan … ma’nosi ifodalanadi.
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) chama B) taqsim
C) dona D) kasr
24. Jamlovchi son qaysi gapda qatnashgan?
A) Sizlar mana shu to‘qqizta xivichni birga qo‘shib sindirib ko‘ringlar-chi! (Ertakdan)
B) U yig‘lab, to‘rt tomonga yuguribdi. (Ertakdan)
C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. (Ibrohim Rahim)
D) To‘rtko‘z bo‘lsa bizdan o‘n qadamcha ilgariroqda chopib borar, goh bizga yaqin kelib, atrofimizda o‘ynoqlar edi. (G‘ayratiy)
25. Sonning qaysi ma’no turiga oid qo‘shimchalar tovush tushishi hodisasiga sabab bo‘ladi?
A) dona B) jamlovchi
C) taqsim D) tartib
26. Qaysi gapda son qatnashmagan?
A) Mashrab bilan Akmal esa o‘n besh-yigirma
bolaga javobgar. (O. Yoqubov)
B) Ichkaridan yoshi yetmishlardan oshgan nuroniy bir chol chiqib kelibdi. (N. Aminov)
C) Shoikrom ancha kun ilgari ishga ketayotib, birrov kirib ukasidan hol so‘ragan edi. (O‘. Hoshimov)
D) Biroving futboldasan, biroving esa to‘yma-to‘y daydiysan. Qachon odam bo‘lasanlar-a?
27. Qaysi gapdagi son chama ma’nosini ifodalamagan?
A) Bayroq dastasida, stanokda, g‘ishtda ming-minglab
qo‘llar taftini sezaman. (Asqad Muxtor)
B) Bir-ikki tergagan bo‘ldi, keyin indamay qo‘ya qoldi.
C) Qirqtacha qo‘yi bore di.
D) Tunda ming-ming odam o‘lar, tug‘ilar shuncha.
28. Otlashgan sonni toping.
A) Har ikkala mehmon suzmani maza qilib ichib olishdi.
B) Ilon ikkala tipratikandan qochib iniga kirib ketdi.
C) Ikki ahmoq bir bo‘lib taraf-taraf bo‘lib olishdi.
D) Ikki birdan katta.
29. Hotamjon ... oyog‘ini qimirlatolmay yotardi. (O‘. Umarbekov)
Nuqtalar o‘rniga qaysi sonni qo‘yish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi?
A) bittadan B) ikkala
C) uchala D) ikkitacha
30. Narsalarning miqdorini taqsimlab ko‘rsatgan son mavjud gapni aniqlang.
A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. (Abdulla Qahhor)
B) Ikkovi dalaning poynagiga qarab yurdilar. (G‘afur G‘ulom)
C) Yo‘lning yarmini bosib o‘tdik.
D) O‘ntacha tuxumni qaynatib yeb oladigan polvon bormi?
3-test
1. Qaysi gapda dona son (-ta) va chiqish kelishigi (-dan) shakli bir so‘zga qo‘shilgan?
A) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan. (Ertakdan)
B) Anovi ikkitadan birovini yordamga chaqirib tur.
C) Eshakning ustiga ikkitadan bo‘lib mindik. (X. To‘xtaboyev)
D) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. (G‘afur G‘ulom)
2. Qaysi gapdagi bironta sonda qo‘sh undosh qatnashmagan?
A) Bulbulning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish... (Oybek)
B) Hamma yerim o‘ttiz yetti gektar. (G‘afur G‘ulom)
C) Bitta qovun kamida o‘n so‘m turadi. (X. To‘xtaboyev)
D) Go‘yo quyoshning botishini birinchi marta ko‘rayotgandek, ko‘zlarida hayrat aks etdi. (N. Arslonov)
3. ikkidan bir, to‘rtdan bir, sakkizdan bir
Ushbu sonlarga sinonim bo‘la olmaydigan so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) butun B) nimchorak
C) yarim D) chorak
4. Qaysi qatorda kasr son berilmagan?
A) Bolalar eshaklarga yem berib, o‘zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o‘tdi.
B) O‘zbekiston Respublikasi maydonining qariyb beshdan to‘rt qismi tekislik, oz qismi tog‘, adir va tog‘oldidan iborat.
C) Odamlar bitta-ikkitadan bo‘lib maydonga to‘plana boshlashdi. (A. Abdumalikov)
D) Yo‘lning kengligi 10,5 metrni tashkil qiladi.
5. Qaysi gapda sonlar soni (miqdor so‘ralmayapti) boshqa gaplardan ko‘ra ko‘proq?
A) Navro‘z juda qadimiy bayramlardan, ya’ni salkam 3000 yillik tarixga ega. («Gulxan»dan)
B) Tanlariga sal qon yugurgan bolalar qoplarni ortib, ikki yuz qadam yurar-yurmas, uchinchi kechuvga duñch kelishdi.
C) Birinchi kuni gazlamaning to‘rtdan bir qismi, ikkinchi kuni qolgan gazlamaning beshdan bir qismi sotildi.
D) Ularning to‘rtdan uch qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. (U. Normatov)
6. Qaysi birikmadagi hisob so‘z matndan alohida ajratib olinganda narsa (predmet) ma’nosini ifodalaydi?
A) besh litr sut B) yuz gramm sariyog‘
C) o‘n metr atlas D) bir savat non
7. Tovoq, ko‘za, etak, lahza, tomchi, hovuch hisob
so‘zlarining nechtasi butunning qismini ifodalaydi?
A) 2 tasi B) 3 tasi
C) 1 tasi D) barchasi butunni ifodalaydi
8. Qaysi gapda sanoq son qatnashgan?
A) Cho‘ponlar har kuni tunda bittadan qo‘y g‘oyib bo‘layotganini sezib qolishdi. (Ertakdan)
B) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. (O. Yoqubov)
C) Qani, bolam, yur! Nariroqda yana bittasini yoqib qo‘yaylik. (O. Yoqubov)
D) Qo‘limda bir metr keladigan irg‘ay tayoq…(P. Qodirov)
9. Qaysi turdagi son shakli o‘rniga chiziqcha qo‘llanilishi mumkin?
A) kasr B) jamlovchi
C) tartib D) dona
10. Qaysi gapda son otlashmagan?
A) Yarmini yeb qo‘ydi, chollarning ikkitasi esa og‘izlarini ochib qolishdi.
B) Birida bo‘lmagan o‘nida ham bo‘lmaydi.
C) Sanamay sakkiz sonini aytma.
D) Ikki o‘n besh − bir o‘ttiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |