RAVISH SOʹZ TURKUMI
1-test
1. Tuzilishiga koʻra faqat qoʻshma ravish qatnashgan gapni aniqlang.
A) Tinib – tinchimas, shaxdam yuruvchi bu chol umr bo‘yi o‘z loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapirib keldi,aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo tushunmasdi. (Mirmuhsin)
B) Ertaga o‘rtoqlarimga toza maqtanadigan bo‘ldim-da.(G‘afur G‘ulom)
C) Shu vaqt nima uchundir, hamma sharaqlab kulib yubordi (Abdulla Qodiriy)
D) Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o‘g‘li ishini qabul qilib olganiga bir hafta bo‘lgan bo‘lsa ham uni darrov tergovga chaqirmadi. (X. To‘xtaboyev)
2. Hamisha, galma-gal, doim, ataylab, aslo, sira, oldin-ketin, qishin-yozin, ustma-ust, do‘stona, sekin-sekin, oz-oz, yoppasiga, noilojlikdan.
Ikki asosli ravishlarning nechtasi yasama ravishlar sanaladi?
A) 2 tasi B) 4 tasi C) 3 tasi D) 5 tasi
3. Payt ravishini ko‘rsating.
A) mardlarcha B) noiloj
C) qishin-yozin D) asta-asta
4. Kelishik shakli asosda yaxlitlanib qolgan ravish berilgan gapni toping.
A) Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo‘q. (L.Mahmudov)
B) Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darhol javob bera qoldim. (N. Safarov)
C) Bu gaplarni eshitib turgan mushuk birdan kelib Zaynabning tizzasiga boshini qo‘ydi. (Shuhrat)
D) Xo‘roz arang qochib qutulibdi. (M. Murodov)
5. Qaysi gapda ikki turdagi ravish mavjud?
A) Shunda bechora sayyor Iltimos Qilmish darrov. Iltimosim aytay, Agar bo‘lsa bemalol. (Shukrullo)
B) Elchi hozir o’z podshohining topshirig’ini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyog’lamalik qilib, To’marisni maqtab, ko’klarga ko’tarar edi. (Mirkarim Osim)
C) O’g’illari suyunib, safar tayyorgarligini ko’rishib, erta saharda otlanib yo’lga tushibdilar.(Ertakdan)
D) Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. (O.Husanov)
6. U bexosdan keldi, yigitning belidan oldi-da chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab qoldi. (Mirkarim Osim)
Nechta ravish qatnashgan?
A) 1 ta B) 0 ta C) 2 ta D) 3 ta
7. Qaysi gapda eng ko‘p ravish qo‘llangan?
A) Uzoqdan – kun botish tomondan, g‘ira-shira uchqun ko‘rinib qoldi. (Ertakdan)
B) O‘rtancha botir qo‘rqmadi, jim turdi. (Ertakdan)
C) Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. (Sh.Xolmirzayev)
D) Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar. (Ertakdan)
8. Nechta gapda ikkita ravish qatnashgan?
A) Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib jim. (H.Olimjon)
B) Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo’lga tushishdi. (O’.Umarbekov)
C) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. (O’.Hoshimov)
D) Jo’raboyev ham jimgina o’tirib, hammaga razm solardi. (Sh. Rashidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |