3-test
1. –cha, -chasiga, -larcha
Ushbu qo‘shimchalar qaysi so‘zga qo‘shilib sinonimlik namoyon etadi va ravish yasaydi?
A) xom B) erkak
C) o‘zi D) ochiq
2. –lay, -ligicha, -layin
Ushbu qo‘shimchalar qaysi so‘zga qo‘shilib sinonimlik namoyon etadi va ravish yasaydi?
A) xom B) erkak
C) o‘zi D) ochiq
3. Tubdan, qishin-yozin, to‘satdan, qo‘qqisdan, rostdan, birdan, kechalari, saharlab, avvallari, so‘ngra, vijdonan, kechasi, jo‘rttaga
Berilgan so‘zlarning nechtasi asos va qo‘shimchaga ajraladi?
A) 3 tasi B) 2 tasi
C) 5 tasi D) 4 tasi
4. Qaysi gapda otga bog‘langan ravish qatnashgan?
A) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimga tasalli, o‘z-o‘zini aldash deysizmi —shularning biri edi. (Sh. Xolmirzayev)
B) Borib anhordan endi suv ichaman deb engashganimni bilaman, changalzor bilinar-bilinmas shitirlagandek bo‘ldi. (X. To‘xtaboyev)
C) Oldinda, hurmatli o‘rtoqlar, meni shon-u shuhrat kutardi. (X. To‘xtaboyev)
D) Terak bilan yong‘oq yonma-yon o‘sibdi. («G‘uncha»dan)
5. Kelishik shakli asosga yaxlitlanib qolgan ravishli gapni aniqlang.
A) Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo‘q.
B) Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darhol javob bera qoldim.
C) Xo‘roz arang qochib qutulibdi. (M. Murodov)
D) Bu gaplarni eshitib turgan mushuk birdan kelib Zaynabning tizzasiga boshini qo‘ydi. (Shuhrat)
6. Ravish mavjud bo‘lmagan gapni toping.
A) Sarvigulni podsho hammadan ko‘proq sevar ekan.
B) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan uzun duo qilib o‘rnidan turibdi.
C) Avval oyog‘imdan kishanlarni olib qo‘yishlariga buyruq bering, — istehzoli kulib qo‘ydi Namoz.
D) Bizga yaqinlashmadi, lekin ish o‘rgatib, bularga baqirib turdi.
7. Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi.
Ravishning ma’no turini toping.
A) miqdor-daraja B) payt
C) ravish qatnashmagan D) holat
(6-sinf. 2017. 468-mashq.)
8. O‘rin ravishili gapni toping.
A) Hozir mol-jon o‘rtada, inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog‘i bir gap bo‘lar. (Mirmuhsin)
B) Chol va kampir behad sevinishibdi. (Ertakdan)
C) Dehqon jo‘xorini quritibdi, to‘qmoqlab, donini ajratib olibdi. Keyin bozorga olib boribdi.
D) Jo‘raboyev ham jimgina o‘tirib, hammaga razm solardi. (Sh. Rashidov)
9. Miqdor-daraja ravishi qaysi gapda uchraydi?
A) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. (O‘. Hoshimov)
B) Yarim kechadan keyin Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi.
C) Tashqariga chiqib G‘ofurjon boydan ketishga izn so‘radi.
D) Kunduzi o‘ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. (Yo‘ldosh Sulaymon)
10. Qaysi gapda ikkita ravish qatnashgan?
A) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
B) Bo‘ying sal cho‘zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim.
C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
D) Ko‘p yaxshi o‘ylabsiz, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak.
11. Astoydil, birin-ketin, bafurja, qalban, ertalab, saharlab, ataylab, atayin, qat’iyan, qishin-yozin, qisman, bexosdan, ichkari, tashqari, olg‘a, ko‘p, oz.
Payt ravishlarining sonini toping.
A) 3 ta B) 4 ta
C) 2 ta D) 5 ta
12. 1) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi.
2) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan. («Susambil»)
3) Do‘stlarimga yetarlicha sadoqatlimanmi? (Konfutsiy)
4) O‘g‘illari suyunib, safar tayyorgarligini ko‘rishib, erta saharda otlanib yo‘lga tushibdilar. (Ertakdan)
Nechanchi gapda yasama ravish mavjud?
A) 2- B) 3-
C) 4- D) 1-
13. Tarkibiy qismlarga ajratish mumkin bo‘lgan ravishni toping.
A) tubdan B) to‘satdan
C) rostdan D) qardoshlarcha
14. Chindan, qo‘qqisdan, to‘satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang
Berilgan holat ravishlarining nechtasi tub so‘z?
A) 7 tasi B) 4 tasi
C) 3 tasi D) 6 tasi
15. Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar. (Ertakdan)
Tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zning turkumini aniqlang.
A) ot
B) ravish
C) matnga ko‘ra ham ot, ham ravish
D) ko‘makchi
16. Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so‘ng uning tarhini yaxshilab qog‘ozga chizajagini aytdi. (Mirmuhsin)
Tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zning turkumini aniqlang.
A) ot
B) ravish
C) matnga ko‘ra ham ot, ham ravish
D) ko‘makchi
17. Yasama ravish qatnashgan gapni toping.
A) Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda yashaydi.
B) Erta-indin ta’til boshlanadi.
C) Sherqo‘ziga ko‘zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo‘ydi.
D) Cholning yoniga kelib salom beribdi.
18. Holat ravishi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Komandir boshliq jangchilar olg‘a tashlanib bostirib boraverardilar. (Sh. Sa’dulla)
B) Salmon ota gapni uzoqdan boshladi.
C) Yolg‘on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman.
D) Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo‘lga tushishdi.
19. Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi.
Ravishning qaysi ma’no turiga oid so‘z qatnashgan?
A) o‘rin B) payt
C) miqdor D) holat
20. Ikkita tuxum topib olibdi. Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi.
Ushbu gapdagi ravishga mos bo‘lmagan “qisqa izoh”ni toping.
A) yasama B) ajratib yoziladi
C) qo‘shma D) miqdor
Do'stlaringiz bilan baham: |