SON SOʹZ TURKUMI
1-test
1. Qo‘shma son berilgan gapni ko‘rsating.
A) Ikki soatlar eshakda yurib, tog’dan-tog’ga o’tib, andak toliqqan edim. (I. G’afurov)
B) Yetimlik nimadir, bizlardan so’ra, O’ninchi yillarning sargardonligi... Isitma aralash qo’rqinch tush kabi Xayol ko’zgusidan o’chmaydi sira. (G’afur G’ulom)
C) Globusda bo’lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan, albatta. (G’afur G’ulom)
D) Beruniy Amerika qit’asining borligini Kolumbdan to‘rt yuz ellik yil avval taxminlagan. (Asqad Muxtor)
2. 156, 1005, 2700, 1745 sonlari harf bilan yozilganda qay biri so‘z hisobida eng kami?
A) 156 B) 1005 C) 2700 D) 1745
3. Kerakli sonlarni kerakli oʻrinlarga tiklang.
1. Shaharda ... doktorxona bor (Abdulla Qahhor)
2. Shu yaqinda o’tib ketayotgan ... ovchi ularni ko’rib, behad sevinishdi va urishqoqni aravaga ortib ketishibdi. (“Ikki bug’i” ertagidan)
3. Biz Turkiston tizma tog’ining etagida, shahardan ... chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. (Po’lat Mo’min)
4. Bu yerlarga egalik huquqini qo’lga kiritganimizning ... yili o’tib bormoqda edi. (Fenimor Kuper)
5. Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham ... og’iz so’zlab o’tsam. (X. To’xtaboyev)
6. ... eksang ... o’rasan. (Maqol)
a) Birni, o‘nni; b) yigirma besh d) ikki-uch; e) ikkala f) birinchi g) bitta.
A) 1-a, 2-b,3-d,4-e,5-f,6-g B) 1-g, 2-b,3-a,4-f,5-e,6-d
C) 1-g, 2-e,3-b,4-f,5-d,6-a D) 1-g, 2-b,3-e,4-f,5-d,6-a
4. Qaysi gapda son ishirok etmagan?
A) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uch-saksontagacha bo’lishi ham mumkin. (M.Nabiyev)
B) Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi. (Ertakdan)
C) Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,o’tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig‘in. (Sulton Jo’ra)
D) Birov kelib senga uy qurib bermaydi.
5. Chama ma’nosini bildirgan sonni toping.
A) Qishpolvon o’z vazifasin uch oy ichra o’tarkan, Xizmat qilish navbat bilan Bahoroyga o’tarkan. (Po’lat Mo’min)
B) Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gapning, taxminan, yetmish-sakson foizi ortiqcha ekan. (Asqad Muxtor)
C) Ular yana besh qadam bosishgach, o’ra labiga kelishdi. (Tohir Malik)
D) Bu sopol ko’za-chi, so’zimga ishon, Sodiq xizmat qildi ming yil odamga. (Qodir Dehqon)
6. Hisob so‘z qaysi gapda o‘zi aniqlaydigan so‘zsiz qo‘llangan?
A) Ikki tup xurmomiz bo‘lar edi.
B) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul, Viqorl-a o’shshaygan qoya labida. (Oybek)
C) Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo’lib gulladi. (Hamid Olimjon)
D) Bir tup kessang, o’n tup ek. (Maqol)
7. Qaysi gapda ikkita son ishtirok etgan?
A) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. (Abdulla Qodiriy)
B) Og’zini yumganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki kulib oldi u. (X. To’xtaboyev)
C) Uch-to’rt pud g’alla ketsa ketar. Bir qop g’alla deb, hammasidan ayrilib qolmaylik tag’in! (O. Yoqubov)
D) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman (Asqad Muxtor)
8. Otlashgan sonlar qaysi gaplardagi nuqtalar oʻrniga qoʻllanila oladi? (Sonlar: Ikkalamiz, uchala, ikkala, uchovlari, bir, bitta)
1. ... tepalik orqasiga o’tib qarasak, bir chuqurga tushib qolgan To’rtko’z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. (G’ayratiy)
2. Umidjon jonholatda ... qo’li bilan boshini ushlab: “Yo’q, kerak emas, podshoh bo’lmayman” deya qichqirib yubordi. (N. Aminov)
3. Har ... mehmon: - “Biz farosatsizlarni kechiring, otaxon”,- deya mezbonning oyog’iga yiqilishdi. (N. Aminov).
4. Hotamjon ... oyog’ini qimirlatolmay yotardi. (O’. Umarbekov)
5. ... dalaning poynagiga qarab yurdilar. (G’afur G’ulom)
A) 1,3,5 B) 1,3,4 C) 1,5 D) faqat 5
9. Hisob so‘z berilgan gapni ko‘rsating.
A) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. (Oybek)
B) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! (P. Qodirov)
C) Har birining oldiga bir siqimdan mayiz, ikkitadan non, bir choynakdan choy qo’yib chiqdim. (M.Abdullayev)
D) Pakana buvi tuxum olib hammamizga ikkitadan ulashib chiqdi. (X. To’xtaboyev)
10. Fonetik hodisaga uchragan sonni toping.
A) Bulbulning maqomlari, kuylari to’qqiz yuz to’qson to’qqiz emish... (Oybek)
B) Hamma yerim o’ttiz yetti gektar. (G’afur G’ulom)
C) Bitta qovun kamida o’n so’m turadi. (X. To’xtaboyev)
D) Go’yo quyoshning botishini birinchi marta ko’rayotgandek ko’zlarida hayrat aks etdi. (N.Arslonov)
11. Kasr sonni aniqlang.
A) Navro’z juda qadimiy bayramlardan, ya’ni salkam 3000 yillik tarixga ega. (“Gulxan”dan)
B) Tanlariga sal qon yugurgan bolalar qoplarni ortib, ikki yuz qadam yurar-yurmas, uchinchi kechuvga duch kelishdi. (O. Yoqubov)
C) U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo’lga tushibdi. (O’.Umarbekov)
D) Ularning to’rttasi o’z ahamiyatini yo’qotdi.
12. Qaysi qatordagi gapda dona son shakli bilan sinonim bo‘la oladigan so‘z ishtirok etgan?
A) Cho’ponlar har kuni tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. (Ertakdan)
B) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. (O. Yoqubov)
C) Qani, bolam, yur! Nariroqda yana bittasini yoqib qo’yaylik. (O. Yoqubov)
D) Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga 4 tup yong’oq ekyapman, –deb javob beribdi. (“El desa, Navoiyni” kitobidan)
13. Burda, para, varrak (sahifa), gala, to'p, guruh, og'iz, luqma, siqim, tilim (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, quchoq, tonna, chaqmoq, nimta, to'g'ram, poy, bo'lak, shingil, to'da, dasta, bog' (bog'lam)
Butunning yoki toʻdaning qismini qismlab koʻrsatuvchi hisob soʻzlar soni nechta?
A) 16 ta B) 17 ta C) 18 ta D) 19 ta
14. Qaysi gapga nuqtalar o‘rniga undoshlari faqat jarangsiz bo‘lgan hisob so‘z tiklanadi?
A) Mehnat-u mashaqqat bilan bir ... oltin yiqqanman (“Ma’rifat darg’alari” kitobidan)
B) Bir ... o’zimni yo’qotib qo’ydim (P.Qodirov)
C) Bundan kuniga burunga 3-4... tomizib tursangiz bormi, darddan butkul forig’ bo’lasiz. (“Saoadat” jurnalidan)
D) Qol, sen uchun ikki ... paxta terib beraman, - dedi (Sh. Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |