Kun nurida yonib, yaraqlab
Chopib kirar sovuq shaharga
Yalangoyoq yashil daraxtlar. (Shavkat Rahmon)
Sifatga oid tahlilning to‘g‘risini toping.
A) Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yasama sifat asosida tovush tushishi hodisasi kuzatilgan.
B) Qo‘shma sifat qolipi fe’l+ot tipida.
C) She’riy parchada ikkita xususiyat bildiruvchi sifat mavjud.
D) Ikkita sodda tub sifat qatnashgan
7. Boshqa darajalar uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘rinish sifatning qaysi shakli hisoblanadi?
A) oddiy B) orttirma
C) qiyosiy D) ozaytirma
8. Sifatning qaysi ma’no turi darajalanmaydi?
A) rang-tus B) makon-zamon
C) hid D) hajm-o‘lchov
9. «Ota-o'g'il yig'ladilar. Ota o'g'il aytganlarini bajardi. Ibrohim o'tkir pichoq uchini Ismoilning bo'g'ziga tiradi. Pichoq o'tmadi. Halil pichoqni qattiq toshga urdi. Tosh kesildi... Shu payt hazrat Jabroil bir katta qo'chqor keltirdi va Ismoilga tahsin aytib, shu qo'chqorni qurbonlik qilishni buyurdi...»
Matndagi yasama sifat(lar) haqida berilgan toʻgʻri hukm qaysi qatorda berilgan?
1) asosida jarangli undosh mavjud;
2) qoʻsh undoshga ega;
3) asosi omonim morfemali;
4) yasama sifat birdan ortiq;
A) 3 B) 2 C) 4 D) 1
10. Quyida berilgan javoblardan qay birida yasama so‘z asosi sifat so‘z turkumiga doir?
A) Mafkura falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy-estetik tafakkurning nazariy asoslariga suyanadi.
B) Prezidentimizning «Kuch – bilim va tafakkurda» degan dono hikmati mafkura haqidagi mulohazalarimizga tag'in ham oydinlik kiritdi.
C) Milliy mafkura nazariy faoliyat bilan bog'liq bo'lib, u yashashning tarkibiy qismini tashkil etadi.
D) Shunday bo'lgan chog'da ham ularning ezgu-umidlari faqat farazligicha qolib ketishi tayin edi.
11. Ana shu shiordek eng yangroq, eng teran mushohadalar haqida o'ylarkanman, beixtiyor olis moziy esga tushadi...
Javoblardan sifatga oid tahlilning noto‘g‘risini toping.
A) Sifatlarning barchasi sodda yasama so‘zlar hisoblanadi.
B) Orttirma darajadagi sifatlar mavjud emas.
C) Oddiy darajadagi sifat “tarix” ma’nosidagi so‘zga tobelangan.
D) Sifatlarning barchasida fonetik hodisa kuzatilmaydi.
12. Qaysi javobda yasalish asosi sifat bo‘lgan so‘z qatnashmagan?
A) Bular oq rangning bir jihati, biroq boshqa jihatiga ko'ra u motam, o'lim, qo'rqoqlikni ifodalaydi.
B) Oq rang tozalik, musaffolik, iffat, yorug'lik, donishmandlik, haqiqat va ezgu – iroda ramzidir.
C) Qora rangli kiyim kiyishni yoqtiruvchi odam hamma narsalarga qarshi, o'jar.
D) Shuningdek, qizil tartibsizlik, inqilob, mavjud tartib-qoidalarga bo'ysunmaslik, ularni rad etish alomati hamdir.
13. Ikki oʻrinda otlashgan sifat berilgan gapni aniqlang?
A) Baxil boyga borguncha, Karamli tog'ga borar.
B) Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma.
C) Aqlsiz do'stga kular, Aqlli do'stini suyar.
D) Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar.
14. Auditoriyaga qomatini tik tutgan, xushbichim, o'ziga yarashgan kastum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to'n kiygan, oyog'ida zamonaviy tufli, bo'ynida chiroyli galstugi, ko'zida tilla gardishli ko'zoynagi bor, kalta mo'ylov qo'ygan, moshrang do'ppili kishi viqor bilan kirib keldi. (B. Do'stqorayev)
Ravish oʻrnida kelgan sifatlar(fe’lga bog‘langan sifat) sonini aniqlang?
A) 5 ta B) 2 ta C) 9 ta D) 4 ta
15. Tuzilishiga ko‘ra sifatning qaysi turi belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi?
A) sodda B) qo‘shma
C) juft D) takroriy
16. Kechqurun ishdan qaytayotganimda odam bo‘yi keladigan Qorboboning ko‘m-ko‘k ko‘zlariga rango-rang lampochkalarga mahliyo bo‘lib turgan bolalarni ko‘raman... …Dum-dumaloq lo‘ppi yuzi kichkina burni yodimda qoldi. Tim qora ko‘zlari Qorboboda, ammo nazarimda, u Qorboboni ko‘rmas, nimanidir o‘ylardi. (O‘.Umarbekov)
Matnda ottirma sifat darajalarining soni nechta?
A) uchta B) to’rtta
C) ikkita D) beshta
17. Orttirma darajadagi sifat berilmagan javobni toping.
A) Ko'z g‘oyat ravshan koʻrsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir.
B) Sening gaping g‘irt yolg‘on ekan-ku!
C) Bog‘imizda sershira mevalar g‘ij-g‘ij.
D) M.Shayxzoda Navoiyga nihoyatda go‘zal ta’rif berdi.
18. Ikkita sodda yasama sifat qatnashgan gapni toping.
A) Kechki payt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi
B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi.
C) Ilk kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi.
D) Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashaydi.
19. –li, no-, -dor, -kor, -chi, ba- qo'shimchalari oʻzaro sinonim munosabatda bo'ladi.
Qoidaga mos kelmaydigan soʻz yasovchi morfemalar sonini aniqlang.
A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta
20. To‘g‘ri yozilgan so‘zni toping.
A) yurakdor B) noaql
C) noahil D) kuchdor
21. Qaysi javobda fonetik hodisa bor?
A) Insoniyat yangi XXI asrga qadam qo'yganida bizning o'rnimiz qayerda va qanday bo'ladi?
B) Uning yuzida qizillik sezilib turardi: u yolg‘on gapiryapti
C) Bizga dunyong torlik qilayotgani yo‘q, zolimlar borlik qilyapti.
D) Bu ertalablik ozuqalarimizdir.
22. Ot+fe’l qolipidagi qo‘shma sifat berilgan javobni ko‘rsating.
A) Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam (E.Usmonov).
B) O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. (K.Xolmuhammedov)
C) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg‘itib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. (Y.G‘oziyev)
D) Hammabop koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. (Otayor)
A) 4 B) 3 C) 6 D) 5
23. Otlashgan sifatni toping.
A) Hozir dunyo ilmli odamlarniki. (N. Tilavov)
B) Endi senlar o‘qib, oq-qorani taninglar, – deydi Xoliyor amaki.
C) Yomon-u yaxshi odamlarni xulqidin anglag‘il.
D) Achchiq narsani achchiq narsa kesar.
24. Qo‘shma sifat berilgan qatorni toping.
A) Naddoflar ko'chasining o'ng tomonida kattakon karvonsaroy bo'lib Jome' va Ark ko'chasining boshida qad ko'targan serhasham madrasa bilan ajoyib bir uchlikdan iborat silsila tashkil qilar, bir-biriga mutanosib husn qo'shardi.
B) Bir necha diltortar bo'lmalarda yoshgina cho'rilar, hurliqo singari kanizaklar turardi.
C) Poshshoying shulmi? – so'radi nopisandlik bilan Ahiy Jabbor.
D) Tolibi ilmlarga shul narsa ayon bo'lsinkim, bir bebaho risola, risolayi majmua bordir, ilmga dil berganlar o'shani topmaklari lozim.
25. U o'limdan qo'rqmas, yoshi saksonga yetgan bo'lsa-da, iztirobsiz, vazmin, badani to'la va pishiq, xuddi zich tosh misoli qattiq edi.
Yasama sifatlar soni?
A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta
26. Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam. Qorni ham haddan tashqari katta bo‘lganligi uchun o‘tirganda xuddi bir qop go‘shtdek bo‘lib qoladi. O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. Bir qarasangiz, qiziq-qiziq gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o‘tiradi; bir qarasangiz, gung bo‘lib boshini egib oladi. (X. To‘xtaboyev)
Necha oʻrinda sifat kesim vazifasida kelgan?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
27. Yo‘lga tushishdi. Kech kirib, ajib bir so‘lim payt boshlandi. Yonbag‘irlar ko‘m-ko‘k. Bu taraflarda mashinalar ko‘p qatnamaganidan chang-to‘zon bo‘lmas, tez-tez yomg‘ir quyib turganidan daraxtlarning shundog‘am beg‘ubor barglari yuvilib, shirin pista mag‘zidek och yashil tusda ko‘rinar edi. Yo‘lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbag‘irlik, bir tomoni soy. Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. (Said Ahmad)
Sifat bo‘yicha qilingan to‘g‘ri javobni topig.
A) Bitta sodda yasama sifat mavjud.
B) Tuzilishiga ko‘ra sifatning barcha turi ishtirok etgan.
C) Bitta ozaytirma sifat darajasi mavjud .
D) Sifatning ikkita orttirma darajasi bor.
28. Sifatlar tarkibiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?
A) ikkiga: tub va yasama
B) to‘rtga: sodda, qo‘shma, jufty, takror
C) uchga: qo‘shib yoziladigan, ajratib yoziladigan, chiziqcha bilan yoziladigan
D) To‘g‘ri javob berilmagan.
29. Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rrnon. Archa ham serob. O‘riklarning yaprog‘i qizil, qontalash. Xuddi birov ular shoxiga bir satil qizil bo‘yoqni sepib tashlaganday. Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin. Ko‘zga shunday jozibali ko‘rinadiki, uzib-uzib g‘arch-g‘urch tishlaging keladi(Sh.Xolmirzayev).
Yasama sifatlar sonini toping.
A) uchta B) to’rtta
C) ikkita D) beshta
30. Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning yashil barglari iliq nurdan marvariddek tovlanadi.
Yasama sifatning hokim qismi qanday sintaktik vazifa(lar)da kelgan?
A) aniqlovchi, ega B) toʹldiruvchi
C) kesim D) hol
Do'stlaringiz bilan baham: |