Namangan Davlat Universiteti Arxeologiya yo`nalishi 3-kurs talabasi Olimov Sanjarbekning Markaziy Osiyo Etnologiyasi fanidan Markaziy osiyo yahudiylari mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
Mustaqil ish mavzusi: Markaziy Osiyo yahudiylari
Reja:
I . Kirish
II. Asosiy qism:
Yahudiylarning Markaziy Osiyoga kirib kelish tarixi
Markaziy Osiyo yahudiylarining xo`jaligi
Ularning turmush tarzi: turar joylari, kiyimlari hamda taomlari
Yahudiylarning diniy qarashlari
yahudiylar O‘rta Osiyoga qadim zamonlardan ko‘chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Miloddan avvalgi 722 yilda Isroil podshohligi Ossuriya tomonidan, miloddan avvalgi 586 yilda esa Bobil davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan haydab chiqarildi. Bu esa yahudiylarning Osiyo o‘lkalari bo‘ylab tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. Hatto miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana topganliklari haqida ham ma’lumotlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O‘rta Osiyoni o‘z hukmi ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib kelishi boshlangan. Yahudiylar O‘rta Osiyoda So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib, so‘ng u yerdan Buxoro, Samarqand, SHahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar.
Yahudiylarning O‘rta Osiyoda paydo bo‘lishi tarixi juda murakkabdir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar ularning bu yerda paydo bo‘lishlarini milodning birinchi asrida vujudga kelgan «Buyuk ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘laydilar. Buyuk ipak yo‘li, darhaqiqat, bo‘yoqchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan yahudiylarning xom ashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga tarqalishiga sabab bo‘lgan. Yahudiylarning Balx shahrida paydo bo‘lishlari esa faqatgina milodning IV asriga to‘g‘ri keladi. Milodiy IX-X asrlarda yahudiy jamoalari ancha ko‘psonli va erkin bo‘lganlar. Ulardan faqat urushga yaroqli bo‘lgan erkaklargina soliq (jizya) to‘laganlar. Yig‘ilgan soliqlarning faqatgina yarmi davlat xazinasiga topshirilgan. Qolgan qismi esa jamoa boshlig‘i ixtiyorida qolgan.
Yahudiylarning O‘rta Osiyoda yashaganliklariga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor 1954 yili olimlar tomonidan Turkmanistonning Marv va Bayramali shaharlarida aniqlangan. Bular qadimgi sinagoga qoldiklari, yahudiy yozuvlari va nomalari bitilgan sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II - milodiy I asrlarga tegishli bo‘lgan.
XIII asr boshiga kelib, Chingizxon qo‘shinlari Movarounnahr shaharlarini birma-bir qo‘lga kiritgach, yerli aholini shafqatsiz ravishda qirg‘in qildilar. Qadimgi yahudiy jamoalari ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam sonli yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. XIII asrda boshlangan yahudiylar inqirozi, ba’zi istisnolardan tashqari, XVIII asrga qadar davom etdi.
XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bir qismi bosib olinishi yahudiylarning yana Turkiston va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi. O‘rta Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo‘lsalar-da, ularning asosiy qismi ko‘proq Samarqandda yashagan.
O‘rta Osiyoda 1940 yilgacha yahudiylarning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari mavjud bo‘lgan. 1932 yilda Samarqandda yahudiylar teatri tashkil qilingan. Keyinchalik yahudiy tilida o‘qitish va madaniy faoliyat yuritish to‘xtatilgan. SSSR parchalanib ketguniga qadar Buxoro yahudiylari asosan (28396 kishi) O‘zbekiston hududida istiqomat qilganlar.
Yahudiylarning turmush tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy madaniy an’analarning qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha, susayishi kuzatilgan.
Yahudiylikda ovqatlanishda qat’iy cheklovlar (kosher qoidalari) mavjud. Iste’molda foydalaniladigan mol, qo‘y, echki kabi hayvon go‘shtlarini muayyan diniy qoidalar asosida so‘yilishi lozim hisoblangan. «Shoxet»lar (qassoblar) hayvonni so‘yishdan avval uning terisi, o‘pkasi, jigari sog‘lom bo‘lishi, qorni yorib ko‘rilganda uning ichida o‘limiga sabab bo‘luvchi jismlar (tosh, temir, oynak) bo‘lmasligini tekshirib ko‘radilar. Shuningdek, so‘yilgan hayvon go‘shti tarkibidan qoni butunlay chiqarib yuborilishi kerak bo‘ladi. Baliq go‘shtini tanovul qilganda, uning tangali va suzkichli bo‘lishiga e’tibor qaratilgan.
Buxoro yahudiylari orasida islom dinini qabul qilganlar ham bo‘lib, bundaylar chala deb yuritilgan. Islomni qabul qilgan yahudiylar musulmonlar orasida yashaganlar. Biroq ko‘p hollarda ular o‘zlarining eski urf-odatlarini yashirincha saqlab qolganlar. Buxoroda Eshoni Pir mavzeida 100 tacha, Chor karvonsaroy mavzeida esa bir nechta mana shunday chala yahudiy oilalari yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti hunarmandlik, paxta savdosi bo‘lgan. Jamoa oqsoqoli kalontar deb atalib, u o‘z qavmidan soliq va o‘lponlar yig‘gan. U jamoaning rasmiy vakili hisoblangan.
Buxoro yahudiylari atamasi birinchi boʻlib 16
-
asrda
paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq
maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri
(1826
—
60)da Buxoroda 10 ming yahudiy y
ashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini
roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1926 yilda Oʻzbekistonda 18172, 1989 yilda
esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan.
Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon,
Xatirchi,
Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Toshkent shahri lari da yashaydilar. Buxoro
yahudiylari tili yahudiy
-
tojik tili boʻlib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi.
Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyoda qachon paydo boʻlganlari munozarali.
Baʼzi olimlar
(M. Zand)ning fikricha, yahudiylar Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi
6
-
asrda paydo boʻlganlar. Yahudiylar ensiklopediyasida Buxoro hududi
Bibliyadagi Xabar bilan, iyeroilliklarning oʻn pushti surgun qilingan joylardan biri
sifatida tenglashtirilgan (miloddan
avvalgi 722). Arxeologax tadqiqotlarga koʻra,
yahudiylar Oʻrta Osiyo (Marv, Samarqand)ga 2
—
4
—
5
-
asr va 8
-
asrlarda kelganlar.
Yozma manbalarga koʻra esa miloddan avvalgi 1
-
asr
—
milodiy 1
-
asrda Marvga,
6
—
80
-
asrlarda Xorazmga kelganlar. V. V. Bartoldning yozi
shicha, 10
-
asrda
Movarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan kupchilikni tashkil qilgan.
Tudellik sayyoh Veniamin (12
-
asr)ning maʼlumoticha, Samarqand shahrida 30
ming yahudiy yashagan. Yahudiylarning Buxoroda boʻlishlari toʻgʻrisida ilk
maʼlumot 13
-
a
srga toʻgʻri keladi. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga
koʻra, 14
-
asr oxiri
—
15
-
asr boshlarida yahudiy toʻquvchilar Amir Temur
tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagʻdodsan Movarounnaxrga olib kelingan. Ular
keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari bila
n aralashib ketishgan. 16
-
asrda Buxoro
yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu ayerda shaharda yahudiylar
mahallasi
—
"Mahallai koʻhna" tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga
eʼtiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yash
agan mahallalarda
sinagogalar boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |