Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»


-test 1. Uslubiy xoslangan so'zlar



Download 3,89 Mb.
bet3/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

2-test

1. Uslubiy xoslangan so'zlar qaysi qatorda berilgan?


A ) dudoq, daftar, irin B) mazkur, uy, qalam
C) nigoh, bayonnoma D) so'zlamoq,ovqat

2. Uslubiy xoslanmagan soʻzni toping.


A) nigoh tashlamoq B) nota
C) qaroq D) kitob

3. Kundalik hayotda, uyda, ko'cha-ko'yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvidan hosil boʻladigan uslub qaysi?


A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

4. Bu uslub sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari orqali namoyon boʻladi.


Qaysi uslubga daxldor qoida keltirilgan?
A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

5. So‘z san’atkorlari – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishi–…dir.


Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.
A) ijodiy-tavsifiy matn B) adabiy til
C) badiiy soʻz D) ilmiy-ommabop til

6. Ilmiy uslubga misol qaysi qatorda berilmagan?


A ) Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir. (A. Hojiyev)
B) Ko’kdan quyosh mo’ralab qaraydi. (Uyg’un)
C) Bunga muvofiq, har qanday toza modda, olinish usulidan qat’i nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi.
D) Grammatik jihatdan teng aloqaga kiruvchi gaplar bog’langan qo’shma gapni tashkil etadi.

7. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33 m/sekundga teng bo’lsa, suvdagi tezligi 1500 sm/sekund, po’latda esa 6000 m/sekund ekanligi o’lchov asboblari yordamida isbotlangan.


(“Tilshunoslik va tabiiy fanlar”)
Parchaning qaysi uslubga doirligini toping.
A) publitsistik B) rasmiy
C) ilmiy D) badiiy

8. Qanday uslub oʻz ichida adabiy va oddiy kabi guruhlarga boʻlinadi?


A) publitsistik B) soʻzlashuv
C) rasmiy D) badiiy

9. ―Birontasini ko’rsatsangiz, o’lasizmi? Hammaning yuragini qon qildingiz-ku?


―Yaxshi xat yozsa ham yig’laysan, yomon xat yozsa ham yig’laysan, nima qilaman ko’rsatib.
Parcha qaysi uslubga xosligini aniqlang.
A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

10. Vatan, istiqlol, ma’naviyat... Bu so’zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so’zlardir. Agar insonda shu so’zlarning birontasi yo’q bo’lsa, hayotining qayeridir kemtik bo’lib turaveradi.


O’zbekning mungli ko’zlariga shodlik, qadoq qo’llariga qut-baraka, bezovta qalbiga orom, osmoniga tinchlik ulashgan shu so’zlar, eng avvalo, Istiqlol emasmi?! Istiqlol tufayli uning egik boshi baland ko’tarildi, mag’rur ovozi olam uzra jaranglay boshladi.
Endi istiqlol tug’ini zabardast qo’llarda mahkam ushlab, uni mustahkamlash, Vatan ravnaqi uchun kurashish eng oliy baxtdir.
Parcha qaysi uslubga xos?
A) publitsistik B) soʻzlashuv
C) rasmiy D) badiiy

11. Quyidagi parcha qaysi uslubga doir?


Shoshilish zo’riqishga olib keladi. Qadamingni o’rinsiz tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin. Qo’l harakatingga zo’r bersang, uni bunga urishtirib yuborishing, tilingni shoshiltirsang, nokerak gapni aytib qo’yishing, aqlingni shoshiltirsang xom xulosalarga kelib qolishing mumkin.
(T.Sodiqova)
A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

12. Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub parchasi qaysi qatorda berilmagan?


A) Tobe so’zning hokim so’z talabiga ko’ra ma’lum kelishik qo’shimchalari yoki ko’makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
B) Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo’ying, mana sizga asl yo’lning ostonasi.
C) Tovush to’lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog’liq hodisalar akustik hodisalar deb yurititadi.
D) Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo’lib, u genetik va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi.

13. – Voy-oy, o'lay, kimsan, yo'lovchimisan yoki... Kir, kir, bo'yginangdan tasadduq... Yoki – Bolam, kechagi ko'mochim bor. Oqshomda chavati qilgandim, tatigin, xo'pmi, o'zingga kelasan... kabi gaplarda qanday uslub koʻproq namoyon boʻladi?


A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

14. Axborot uzatish, da'vat etish, buyurish kabi holatlar qaysi uslubda mavjud?


A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

15. ―Turing, Nazira buvi! Turing. To’xtabuvinikiga chiqamiz.


―A? Nimaga?
―To’xtabuvinikiga chiqamiz. Rais kelibdi.
― Rais?..
―Endi, o’g’lim, dabdurustdan majlis deding... asli shu gapni avval jo’n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo’lardi.
―To’g’ri, avval jo’n gaplashib olaylik. Xo’p, majlis yopiq. Gapni bir joyga qo’yganimizdan keyin ochamiz.
(Abdulla Qahhor)
Parcha qaysi uslubga xosligini aniqlang.
A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy

16. – Hay, hay, yiqitvoray deding-ku... Oyog'ingda oyoq qolmabdi-ya? Kel, qo'lingni ber, jonim. Ko'taray desam jonim yarimta...


Parcha qaysi uslub parchasi sanaladi?
A) soʻzlashuv B) publitsistik
C) rasmiy D) badiiy


INSHO

1. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash kabi tushunchalar qanday birlikka xos?


A) ijodiy-tavsifiy matn B) uslubiyat
C) faqat murakkab rejali insho D) sinov insholari

2. Inshoga tegishli boʻlmagan soʻz yoki birikma qaysi qatorda berilgan?


A) epigraf B) reja
C) qoralama (xomaki nusxa)
D) ijtimoy masalalarga faollik

3. Ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishi qaysi qatorda berilmagan?


A) ilmiy asar B) ma᾽lumotnoma matni
C) badiiy asar D) insho

4. O‘quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo‘shib ifodalanadigan insholar nimasiga koʻra ilmiy, adabiy va erkin kabi guruhlarga boʻlinadi?


A ) rejasiga qarab B) mazmun-mohiyatiga ko‘ra
C) didaktik vazifasiga qarab D) epigrafliligiga koʻra

5. Inshoga epigraf boʻlolmaydigan jumla qaysi qatorda berilgan?


A) Vatan, ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘tabar, aziz. (Uyg‘un)
B) O‘zbekiston– Vatanim manim.
C) Ilova: Onamning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi.
D) Suv – zar, suvchi – zargar. (Maqol)

6. Epigraf, odatda, inshoda qay tarzda oʻrinlashishi grammatik jihatdan aniq koʻrsatib oʻtilgan. Shunga koʻra quyidagi javobdan qaysi biri xato hukm ekanligini toping.


A) insho matnidan oldin
B) sahifaning oʻng tomoniga
C) Insho mavzusidan soʻng oʻng tomonga
D) rejadan keyin

7. Ta´limiy inshoning 2-nomi?


A) sinov B) joriy C) muhokama D) tasviriy

8. Qaysi insho mantiqiy fikrlash, dalillarning mohiyatini tushunish, narsalarning xususiyatlarini yaxshi bilish aso­sida yoziladi va terminlar, dalillar ko´p ishlatiladi?


A) ilmiy B) adabiy C) rivoya D) erkin

9. 8-sinf o´quvchisi necha sahifalik insho yozsa yetarli hisoblanadi?


A) 5-6 B) 3-4 C) 6-7 D) 7-8

10. Insho yozishda nim talab etilmaydi?


A) muallifdan o´z fikrlarini zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to´g´ri izhor etishni
B) insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy yoki hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o´rganib chiqishni
C) rejani murakkab ko´rinishda tuzib olishni
D) dalillash uchun ko´chirmalarni yig´ish, xomaki rejani shakllantirib olishni

11. O´rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko´nikma va malakalarni sinash uchun yirik mavzular tugagandan so´ng, choraklar yoki o´quv yili oxirida olinadigan insholar qanday insholar deyiladi?


A) muhokama B) ta´limiy C) tasviriy D) sinov

12. Ijodiy matnni toping.


A) she´r B) doston C) qaror D) insho



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish