Intizomiy chora ko‘rilsin.
|
A
|
Buyruq
|
|
1-savol
|
Ifoda maqsadiga ko‘ra turini toping.
|
B
|
Istak
|
|
Misol
|
Qasos qaytishini kim ham bilmaydi?
|
A
|
Javob talab etiladigan gap
|
|
2-savol
|
To‘g‘ri hukmni toping.
|
B
|
Javob talab etilmaydigan gap
|
|
Misol
|
Ertaga hamma saylovga!.. Tushunarlimi?
|
A
|
So‘roq
|
|
3-savol
|
Ifoda maqsadiga ko‘ra turini toping.
(Belgilangan gap bo‘yicha)
|
B
|
Buyruq
|
|
Misol
|
Peshonasi sho‘r ekan.
|
A
|
So‘z birikmali darak gap
|
|
4-savol
|
Noto‘g‘ri hukmni toping.
|
B
|
So‘z birikmasiz darak gap
|
|
Misol
|
Vatan tashqarisida turib olib, uni yomon ko‘rsatmang.
|
A
|
Darak va buyruq gaplardan iborat.
|
|
5-savol
|
To‘g‘ri hukmni toping.
|
B
|
Faqat buyruq gapdan iborat.
|
|
Misol
|
Boshida hammaga qiyin bo‘ladi, bilmaysanmi?
|
A
|
Faqat so‘roq gapdan iborat.
|
|
6-savol
|
Noto‘g‘ri hukmni toping.
|
B
|
Darak va so‘roq gaplardan iborat.
|
|
Misol
|
Bozordan nechuk erta qaytding?
|
A
|
Olmosh
|
|
7-savol
|
So‘roq gap qanday vosita orqali hosil bo‘lgan?
|
B
|
Ohang
|
|
Misol
|
– Pasportimni yo‘qotib qo‘ydim.
– Pasportimni yo‘qotib qo‘ydim?
|
A
|
Olmosh
|
|
|
|
8-savol
|
So‘roq gap qanday vosita orqali hosil bo‘lgan?
|
B
|
Ohang
|
|
|
|
Misol
|
Tezlash, quymaysanmi choyingni?!
|
A
|
… buyruq mazmun anglashilmoqda.
|
|
9-savol
|
So‘roq gap orqali…
|
B
|
… xabar mazmun anglashilmoqda.
|
|
Misol
|
Jannat onalar oyog‘i ostidadur.
|
A
|
2 ta
|
|
10-savol
|
Nechta so‘z birikmasi bor?
|
B
|
3 ta
|
|
Misol
|
So‘roq gaplar…
|
A
|
… yuklama orqali hosil bo‘lishi mumkin.
|
|
11-savol
|
Gapni davom ettiring.
|
B
|
… his-hayaon bilan aytilmaydi.
|
|
Misol
|
Tovuq oldin paydo bo‘lganmi, yo tuxum?..
|
A
|
2 ta
|
|
12-savol
|
Nechta so‘roq gap bor?
|
B
|
1 ta
|
|
Misol
|
Darak gaplar…
|
A
|
… ot kesimdangina hosil bo‘ladi.
|
|
13-savol
|
Gapni davom ettiring.
|
B
|
…ot va fe’l kesimdan hosil bo‘ladi.
|
|
Misol
|
Ahmoq oyog‘idan qariydi.
|
A
|
“Ahmoq” so‘zidan keyin vergul qo‘yish kerak.
|
|
14-savol
|
“Ahmoq” emas, boshqa birov oyog‘idan qarishi uchun qilinadigan ishni toping.
|
B
|
Nuqta undovga almashtirilishi kerak.
|
|
Misol
|
Onam tezroq tuzalib ketsa edi.
|
A
|
Darak gap
|
|
15-savol
|
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi?
|
B
|
Istak gap
|
|
Misol
|
Ertaga yonimizga kelsa kerak.
|
A
|
Darak gap
|
|
16-savol
|
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi?
|
B
|
Istak gap
|
|
Misol
|
Ertaga yonimizga kelsa ekan.
|
A
|
Darak gap
|
|
17-savol
|
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi?
|
B
|
Istak gap
|
|
Misol
|
1. Prezident qayta saylanishiga kimdir shubha qilyaptimi?
2. Prezident qayta saylanishiga kim ham shubha qilardi?
|
A
|
1-gap oddiy so‘roq gap, 2-gap ritorik so‘roq gap sanaladi.
|
|
18-savol
|
To‘g‘ri fikrni toping.
|
B
|
Har ikkala gap ritorik so‘roq gaplardir.
|
|
Misol
|
1. Menga desa, otib tashlamaydimi?
2. Uni otishga jur’at qila olarmidim?
|
A
|
Har ikkala gap darak mazmunli so‘roq gapdir.
|
|
19-savol
|
Noto‘g‘ri fikrni toping.
|
B
|
1-gap buyruq mazmunidagi, 2-gap esa darak mazmunidagi so‘roq gaplardir.
|
|
Misol
|
Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi.
|
A
|
Tekinga oftob mushukka chiqmaydi.
|
|
20-savol
|
Qaysi qatorda maqol mazmuni saqlangan?
|
B
|
Tekinga oftobga chiqmaydigani – mushuk.
|
|
Misol
|
Tezroq yarasha qol-ey!
|
A
|
… his-hayajon gapdir.
|
|
21-savol
|
Ushbu gap…
|
B
|
… istak gapdir.
|
|
Misol
|
Avaz Oxunni eshitib turasanmi?
|
A
|
Buyruq gapga
|
|
22-savol
|
So‘roq yuklamasi olib tashlansa, ushbu gap qanday gapga aylanadi?
|
B
|
Darak gapga
|
|
GAP BO‘LAKLARI
GAP BO‘LAKLARI TARTIBI, URG‘USI VA TO‘LIQSIZ GAP
1-test
1. Atov gap … bilan ham kengayib kelishi mumkin.
Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.
A) to‘ldiruvchi B) ibora
C) aniqlovchi D) hol
2. Ular besh kishidan iborat edi. Ushbu gap kesimini toping.
A) iborat B) iborat edi C) besh kishidan iborat edi D) edi
3. Atov gapni ko‘rsating.
A) Bahor. Kunlar iliqlashgan. Bodom qiyg‘os gullagan. Yerdan binafsha-yu maysalar bosh ko‘tarmoqda.
B) Tovuqning ola-bula palaponi lapanglab kelardi.
C) – Nima-nima? – dedi ko‘zini katta ochib.
D) – Yana xokkey! Hovlida ham xokkey, darsda hammi?
4. Bir tabib qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi. Uning shogirdlari yig‘ilib ustodlarini davolashga kirishdilar. Kasal ustod ularga debdi:
— Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, tuzalishdan umid uzganman.
Nechta gap egali gap sanaladi?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
5. Sodda atov gap berilgan qatorni belgilang.
A) Qip-qizil saraton quyoshi.Muloyim iljayib saxovat bilan nur socha boshladi. (O‘.H.)
B) Subhidam. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi (P.Q.)
C) Yangi shahar ko‘chalari. Ilk bahor shabadasi yoqimli esadi (H.G‘.)
D) Sentabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi. Men, qishloqi yigit uchun Samarqandning gavjum ko‘chalari bayram kunlaridagi sayilni eslatadi.
6. – Qani, ayt-chi, darsni tinglamay nimani o‘ylayotgan eding?
– Xokkeyni.
– Yana xokkey! Hovlida ham xokkey, darsda ham...
Ushbu gapdagi soʻroq gap nima yordamida hosil qilingan?
A) ohang B) yuklama C) olmosh D) ritorika
7. Hollar qanday? nimadir? qanday qilib? qay tarzda? kim? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? qayer? nega? nima uchun? qancha?..kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
Berilganlardan nechtasi hol soʻrogʻi emas?
A) 3 tasi B) 4 tasi C) 2 tasi D) 5 tasi
8. Sodda va murakkab hol bir qatorda kelgan gapni toping.
A) Shamol g‘ir-g‘ir esardi.
B) Nodonga yuz aytsang ham, befoyda.
C) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat. (G‘.G‘)
D) Hozir maktab o‘quvchisiman, bir yildan keyin talaba bo‘laman.
9. Qaysi qoʻshma gapning hamma qismlarida (sodda gaplarida) murakkab hol qatnashgan?
A) Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko‘chaga otildi (S.Karomatov)
B) Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi.
C) Urush boshlanganda u hali ko‘krakdan ajralmagan go‘dak edi.
D) Tiniq suvdan hovuch-hovuch olib qonib-qonib ichdi.
10. Murakkab holni yuzaga keltiruvchi birliklarni aniqlang.
1) Takror so‘zlar bilan; 2) So‘z birikmasi bilan; 3) Iboralar bilan; 4)Uyushiq hollar orqali; 5) Kengaygan birikmalar bilan; 6) Sodda gap orqali
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,6
C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,5
11. Miqdor-daraja holi qaysi qatorda mavjud?
A) Uy ichida odam ko‘p edi. (O‘.H.)
B) Sal ozibsanmi?
C) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to‘xtovsiz chirqillashadi. (O.)
D) Po‘latjon barvaqt, hammadan oldin uyg‘ondi. (Oydin)
12. Shavvol, ya’ni saraton avjga mingan, havoning nihoyatda qizigan bir kuni. Tallimarjondan chiqqan uch arava Dasht karvonsaroyida andak to‘xtadi. (Mirmuhsin)
Belgilangan so‘z(lar)–?
A) Atov gap B) So‘z-gap
C) Egasi umumlashgan gap D) Kesimsiz gap
13. Qaysi qatorda toʻldiruvchi fonetik hodisaga uchragan?
A) Omon menga qaradi, men unga qaradim. (G‘.G‘.)
B) Sizga nima bo‘ldi o‘zi? (O.Yo.)
C) Birni birov beradi, ko‘pni – mehnat. (Maqol)
D) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. (Maqol)
14. Ravish holi qatnashgan gapni belgilang.
A) ... (Uyga)(qayerga?) mehmon kelganda, butun oila a’zolari issiq kutib olishlari lozim.
B) 1- sinf o‘quvchisi ... (soat yettida) (qachon?) uyqudan turishga odatlansin.
C) ... (Ofisdan)(qayerdan?) chiqayotib, avval kattalarga yo‘l bering.
D) Siz ... (kechqurun)(qachon?) yotish oldidan ... (bog‘ bo‘ylab)(qayerda?) sayr qilib keling.
15. Yo’lda keta turib, non yoki meva-cheva yeb bo‘lmaydi.
Gapning markaziga (kesimiga degani) nechta tobe boʻlak bevosita bogʻlangan?
A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta
16. Qaysi gap bosh bo‘laklar, payt va oʻrin hollaridan iborat?
A) Bunda qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.)
B) Ota yuz-qo‘llarini yuvgandan so‘ng biroz nariga borib o‘tirdi.
C) Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh.
D) Siz har doim o‘ng tomondan yuring.
17. Ravish holini hosil qilmaydigan terminni aniqlang.
A) ravish soʻz turkumi B) fe᾽l
C) koʻmakchili otlar D) “marta” soʻzi
18.Miqdor-daraja va ravish holi qoʻllangan gapni toping?
A) U o‘ychan ko‘zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi. (S.Nazar)
B) Ko‘p so‘zlama, oz so‘zla, oz so‘zlasang ham, soz so‘zla. (Maqol)
C) Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig‘laganicha narigi uyga kirib ketdi. (A.Q.)
D) Hozirgacha g‘o‘za uch marta chopiq qilindi. (Gazetadan)
19. Tire qo‘yilmaydigan gapni ko‘rsating.
A) Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch. Ularga iltifot va ikromda bo‘l... Shunday yo‘1 tutginki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va olimlar ko‘paysin. (U.G‘oziy)
B) Barchaning pirovard maqsadi mukammallik. (Fixte)
C) Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib, burchni unutmoqlik o‘taketgan pastkashlik. (Syun-Szi)
D) Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo‘qligini o‘ylash kerak. (Lixtenberg)
20. Bir kishi qushga qarab o‘q uzgan ekan. 0‘qi xato ketibdi. Yonida turgan o‘rtog‘i buni ko‘rib:
— Ofarin! — deb yuboribdi.
Belgilangan so‘z(lar)–?
A) Atov gap B) So‘z-gap
C) Egasi umumlashgan gap D) Kesimsiz gap
21. Kesimga bilvosita tobe boʻlgan toʻldiruvchini toping.
A) Otdan baland, itdan past.
B) Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq rang.
C) Och-ko‘z – molga qul, saxiy – elga hokim.
D) Yutuq kutganimizdan ziyodroq bo‘ldi.
22. Otlashgan toʻldiruvchiga ega ot kesimli gapni aniqlang.
A) Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi. (M.)
B) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. (Maqol)
C) Beshni beshga qo‘shsak, o‘n hosil bo‘ladi.
D) Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi. (Maqol)
23. Qaysi gap kesimi ikki tovushli majhul nisbat shakli bilan shakllangan?
A) Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan xatarsiz o‘tkazib qo‘yganini aytdi. (O.)
B) Uning qilmishlari bir zum ham unutilmaydi.
C) Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘raman. (M.
Qoriyev)
D) O‘qituvchining pedagogik mahorati u tarbiyalagan shogirdlarining bilimdonligi bilan o‘lchanadi.
24. 1. Bu kitobni ukamga oldim.
2. Kutubxonachi yangi kitoblardan gapira boshladi.
3. Kechada o‘tmish voqealaridan bahs ketdi.
4. Xat qizil qalamda yozilgan edi.
5. Mufassal hisobotni pochtadan yuboraman.
6. Qishloqqa avtobusda ketadigan bo‘ldim.
7. Sayohat vaqtida ko‘rganlarimdan batafsil gapirdim.
Nechta gapdagi kelishikli boshqaruv koʻmakchili boshqaruv bilan sinonim boʻla oladi?
A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
25. Qaysi gapdagi to‘ldiruvchi(lar) otlashmagan?
A) Qiy-chuv bilan ularni yengib bo‘lmaydi.
B) Ko‘rganni eshitgan yengibdi. (Maqol)
C) Yana atadim she’r, azizim ustoz
D) Ahmoqqa gapirgandan ne foyda?
26. Qaysi gap 2 xil gap bo‘lagidan tashkil topgan?
A) Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo‘rqdi.
B) Bekorchidan xudo bezor. (Maqol)
C) Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi. (Cho‘lpon)
D) Chizmani kitobdan daftarga ko‘chirdim.
27. Hol qatnashmagan gapni toping.
A) Zebi onasining bergan javobi uchun boya quvondi. (Cho‘lpon)
B) Qarilari kutadi mehmon, pazandasi yopadi shirmon. Kelinlari aytadi alla, qo‘shiqchisi kuylaydi yalla. (H.O.)
C) O‘tirganlar otning dupur-dupurini baralla eshitishdi.
D) Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
28. Sodda gapdagi otlashgan toʻldiruvchini toping.
A) Yashashni istasang, ishlashni o‘rgan.
B) Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud qiling.
C) Birni kessang, o‘nni ek. (Maqol)
D) Yaxshini yomondan farqlang.
29. Sodda yoyiq gapni ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |