GAP. GAPNING IFODA MAQSADI
GAPNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
SODDA GAP SINTAKSISI
1-test
1. Qaysi gapda sodda gap berilgan?
A) Goh kulib, goh yig‘lab o‘tmoqda umring.
B) Goh ingranadi, tebranadi goh.
C) Ilon Mask goh qonunga bo‘ysunadimi-yey, goh bo‘ysunmaydimi-yey…
D) Goh ko‘lmakda suzgan, goh qumloqda suzgan.
2. Qo‘shma gapni toping.
A) Halqalar oyog‘iga ilashib, yiqitishiga oz qoldi.
B) Ohuning bolasi ohuday yashaydi, sherning bolasi – sherday.
C) Tut pishgach, qoqib olamiz.
D) Qiynalyapsanmi ko‘zi ojizning yo‘lda ildam yurolmagani kabi?
3. Qaysi gapda faqat kesimga tobe bog‘lanadigan bo‘lak qatnashgan?
A) Xudo butlaganini bandasi yo‘q etolmas.
B) Birdaniga achchiqlanib qoshini chimirib oldi.
C) Televizor o‘chirmasam bo‘lmadi.
D) Tesha yo‘qolganini aytib berma tag‘in.
4. Qaysi qatorda ega ishtirok etgan sodda darak gap uchraydi?
A) Avtobus egasi qayerda?
B) Ko‘zim uzmadim aslo ertadan, davlat allaqachon uyimda ilhaq.
C) Qo‘li kalta odamlar dardini eshitadiganlardansan.
D) Tishing sug‘urib olinar, dodingni bergach.
5. Qaysi qatorda 2-darajali bo‘lak ikki o‘rinda teng bog‘lanishni hosil qilgan?
A) Odamlarga achchiq va dag‘al so‘zlamagin, dag‘allik misli olov, kuydirguvchi yolqindir.
B) Sokin, og‘ir, vazmin va muloyim bo‘l, faqat yaxshilik qilgin.
C) Qarindoshlarga, yaqinlarga yaqinlik bog‘la, katta va kichikka ochiq chehra bilan kulib boq.
D) Non-tuzingni keng tut, odamlarga yedir.
6. Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan ekan, kaklik: «Meni ozodlikka qo‘yib yubor, — deb yalinibdi. — Agar meni tirik qoldirsang, evaziga to‘ringga juda ko‘p kakliklarni ilintirib beraman», — debdi. Ovchi kaklikni qo‘yib yuborishga moyil bo‘lib turgan ekan, ammo uning gapini eshitgach g‘azablanib shartta o‘ldiribdi.
Hikoyadagi sodda gapning sintaktik tahlili quyidagi qaysi chizmalarga mos?
A) .
B) .
C) .
D) .
7. Anushervon Buzurgmehrdan:
Hilm nima? — deb so‘rabdi.
Hilm — axloq dasturxonining tuzi. Hilm so‘zini teskari o'qisang, arabchada milh, ya’ni «tuz» so‘zi hosil bo‘ladi. Hech bir ovqat tuzsiz ta’mga ega bo‘lmaydi, — deb javob berdi.
Anushervon yana undan:
Hilmning belgilari qanday bo‘ladi? — deb so‘radi.
Uning uch alomati bo‘ladi, - deb javob berdi Buzurgmehr, — birinchisi — birov senga qovog‘ini solsa yoki achchiq so‘zlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin so‘z aytasan, agar u o‘z fe’li bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga urinasan. Ikkinchisi — g‘azab o‘t olib osmonga o‘rlagan paytda ham sukut qilib, xomush bo‘lib turasan. Uchinchisi — biror kimsa kirdikori bilan g‘azabga loyiq bo‘lsa ham, g‘azabni ichga yutib, o‘zingni bosasan!
Ushbu matnda nechta so‘roq gap bor?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
8. – Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
-Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv (suzish) ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo'rqmasdan dengizga sakra, — dedi.
Ushbu dialogda gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turlari qatnashgan?
1) buyruq, 2) darak, 3) istak, 4) so‘roq
A) 1,2,3,4 B) 2,4
C) 1,2,3 D) 1,2,4
9. -Sen hech nahv (tilshunoslik bobi-sintaksis) o‘qiganmisan?
– Yo‘q, men johil bir qayiqchiman.
Olim: -E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring behuda o‘tibdi, — deya achinib qayiqchiga qaradi.
Ushbu parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turlari qatnashgan?
1) buyruq, 2) darak, 3) istak, 4) so‘roq
A) 1,2,3,4 B) 2,4
C) 1,2,3 D) 1,2,4
10. Qaysi qatorda buyruq gap yo‘q?
A) Berilgan so‘zlararning yozilishini imlo lug‘atidan aniqlang.
B) Matnni diqqat bilan o‘qing.
C) Berilgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirib, qo‘shma gaplarni esa sodda gaplarga ajratib ko‘ring.
D) Ushbu matnda sifatga oid so‘zlar soni?
11. Qaysi qatorda qismlari darak gap bo‘lgan qo‘shma gap mavjud?
A) Nasrda tarjimon - qul, nazmda tarjimon — raqib.
B) Vaqtni o‘ldirish uchun o‘qiydiganlarga hech qaysi asar uzun tuyulmaydi.
C) Kitob ko‘rmagan kalla — giyoh unmagan dala. (Maqol)
D) Onam deymi, singlim deymi, Hamdard-u hamxonam deymi?
12. juz’iy, jurat, kekaymoq, komedia, ko‘k sulton, lovillamoq, lokomotiv, mutoala
Nechta so‘z imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta
13. Ritorik so‘roq gapni toping.
A) Xo‘sh, ayon bo‘ldimi?
B) Bandaning umri boqiy emasligini bilmaysanmi?
C) Sodda gap deb qanday gapga aytiladi?
D) Vatanni sotganman?
14. Qaysi gapda inkor bog‘lovchisi qo‘shma gap qismlarini bog‘lamagan?
A) Na uyda turar, na ko‘chada yurar bola bo‘lding sen.
B) Bizdan na nari ketasan, bizga na yaqin kelasan.
C) Vaqt na ajinni tan olar, na halovatni tan olar.
D) Nasib etmas na Vatanim, nasib etmas na choponim.
15. Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qanday gap deyiladi?
A) sodda yoyiq gap B) qo‘shma gap
C) dialog D) matn
16. 0‘tmishda mashhur bir kishi yolg‘iz o‘g‘lini uylantirish taraddudiga tushibdi. Doshqozonlarda osh damlanib, uzoq-yaqindan mehmonlar kela boshlabdi. Yigit kuyov- navkarlar bilan kelinni olib kelish uchun karnay-surnay sadolari ostida yo‘lga tushibdi. U kelinning ostonasiga qadam qo‘yishi bilan nima(dir) bo‘libdi-yu, holsizlanib yiqilibdi.
Hikoyaviy parchada nechta qo‘shma gap qatnashgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta
17. Tabibga ko‘rsatmay kasal tomirin,
Tuzalmoq xayoli xomdur, hushyor bo‘l.
Bilmaganingni so‘ra, so‘rash nomusi,
Bilki, bilimdonlik va hurmatga yo‘l.
She’riy parchada nechta kesim bor?
A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta
18. Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko‘chada unga tegishib:
Hoy Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, — debdi.
So‘radim — berdi, — debdi ko‘r.
Nima berdi, xo‘sh?
Senga o‘xshagan ahmoqlarning basharasini ko‘rmaslikni!
Ushbu hikoya bo‘yicha xato hukmni toping.
A) Ikki o‘rinda buyruq gap qatnashgan.
B) Hikoya darak gap bilan boshlanadi.
C) To‘liqsiz gap (qaysidir gap bo‘lagining tushib qolishi) mavjud.
D) Ikki o‘rinda so‘roq gap qatnashgan.
19. Qaysi gapda ifoda maqsadga ko‘ra undash maqsadi mavjud?
A) Dardimga yechimni xudodan olaman.
B) Undash undovlari buruq-xitob ma’noda keladi.
C) Yoril, chaqmoqqa aylan sen! Vatan rozi emas bo‘lsa!
D) Dadangizni aytib yubora olasizmi?
20. Inkor shakl orqali tasdiq ma’no anglashiladigan gapni ko‘rsating.
A) Qo‘yib yuborma, birovga ham berma.
B) Ahdimni bajarmay qolmayman.
C) Men yolg‘on gapirayotganim yo‘q.
D) Do‘stim emas, dushmanimga ham ravo ko‘rmadim buni.
21. Tasdiq shakl orqali inkor ma’no anglashiladigan sodda gapni ko‘rsating.
A) Kim o‘z ixtiyori bilan otasiga qo‘l ko‘tarardi?
B) Bilaman, bilaman, boshimni qotirma.
C) Tezroq gapira qoling-da endi.
D) Na merosga ega chiqdi, na “Meros”ga ega chiqdi.
22. Qaysi gapda istak gap mavjud?
A) Do‘konni ochsangiz, iltimos, savdo qilmoqchi edik.
B) Istaymanki, doimo tinchlik bo‘lsin.
C) Tezroq shu mashmashalar tugay qolsaydi, jonimga tegdi.
D) Karantindan sog‘-omon chiqaylik, ilohim.
23. So‘zlovchining maqsadiga xoslangan gap turlari necha xil boʻladi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
24. Darak gap haqida berilgan hukmning qaysi biri xato?
1) Kesimi aniqlik maylidagi fe’llardan boʻladi.
2) Tasdiq yoki inkor ma’nosini bildiruvchi otlardan ifodalanadi.
3) Yozuvda darak gaplar oxiriga faqat nuqta qo‘yiladi.
4) Biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplardir.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
25. Ritorik soʻroq gapni toping.
A) Sening borishing shartmi?
B) Bu Vatanda nimalar yo‘q-a?!
C) Sen kimsan, nima ish bilan kelding?
D) Sening isming nima edi?
26. Soʻroq shakl orqali buyruq mazmun qaysi gapda hosil bo‘lgan?
A) Maqsad nima, maqsad?!
B) Indamaygina izimga qaytaymi?
C) Toʻlovni tezroq toʻlab, chetroqqa oʻtmaysanmi endi?
D) Suvni uzatib yubor? Oʻzing-chi?
27. Kesimni tushirib boʻlmaydigan gapni toping.
A) Ayol – achchiqni shirin qiluvchi yaratiq.
B) Hamma paxta yig‘im-terimiga chiqsin!
C) Jangchilar, olgʻa yuring.
D) Diqqat! Ertaga Sobir baqqolnikiga toʻyga oʻtiladi.
28. Buyruq gaplarning kesimi, odatda, nechanchi shaxsga qaratilgan boʻladi?
A) I B) II C) III D) I va II
29. Buyruq gaplarning kesimi qaysi sintaktik shakl bilan shakllangan boʻladi?
A) zamon B) shaxs-son
C) mayl D) bogʻlama
30. Ot kesimli gapni toping.
A) Chekilmasin bu yerda.
B) Uyga kirilsin, mayli.
C) Nega uyqusiragan bolasan?
D) Menga besh baho qoʻyding.
2-test
1. Tashqarida shamol uvullar,
Tun bo‘yi yummayman ko‘zim,
Tun bo‘yi bahs qilar ular,
Tun esa-chi, juda ham uzun.
Toʻldiruvchilar sonini aniqlang.
A) bitta B) ikkita
C) uchta D) toʻrtta
2. Qaysi qatorda ifoda maqsadiga koʻra gaplarning uch turi qatnashgan?
A) Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? Mening borishimdan nima foyda? Foyda bo‘lmasa ziyon ham yo‘q-ku!
B) Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r, deyishadi.
C) Nega? Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysanmi? Dadam ishdan kech keldi, oyim betob yotipti, degin!
D) Xudo ko‘rsatmasin, biron xunuk xabar kelganda ham sen yosh-yalanglarni bosishing kerak.
3.Olmosh vositasida hosil qilingan soʻroq gapni toping.
A) Yuz qop jiyda… Ikki kun ichida?
B) Sen shunaqa qilib o‘tirsang, yosh-yalanglar qanday uddalaydi?
C) Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysanmi?
D) Sen akademik litseyda o‘qiysanmi?
4. Soʻroq gaplar necha xil vosita yordamida hosil qilinadi?
A) 3 B) 2 C) 4 D) 5
Do'stlaringiz bilan baham: |