2-test
1. Qaysi so‘zlar talaffuzidagi unlilar orasida ”y” undoshi orttirilib aytiladi va yoziladi?
A) said, milliard B) million,soat
C) yozilmaydi D) okean,oila
2. Qaysi sonlarga jamlovchi son hosil qiluvchi qo'shimcha qo'shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro'y beradi?
A) yetti B) ikki
C) olti D) barchasiga
3. metall, kilovatt, kongress kabi so'zlardagi bir xil udoshining yonma-yon kelishi… deyiladi?
A) qo‘sh undosh B) qator undosh
C) yon undosh D) ikkilangan undosh
4. Imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zni toping.
A) saroybon B) peshayvon
C) darvozavon D) dorboz
5. To‘g‘ri fikrni toping.
A) G‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish qo‘shimchasi qo‘shilsa,tovush almashishi yuz beradi.
B) G‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga sifatdosh qo‘shimchasi qo‘shilsa,tovush almashishi yuz beradi.
C) G‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga ravishdosh qo‘shimchasi qo‘shilsa,tovush almashishi yuz beradi.
D) Uchala holda ham tovush o‘zgarishi yuz bermaydi.
6. Inson Oy yuzasini sinchiklab tatqiq qilgach, u haqida ko‘pgina qizigʻ narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda hayot yo‘qligini u yerga qadami yetmasdan oldin ham bilar edi. Oyda atmosfera yo‘q. Munajjimlar buni Oyda Quyoshning botish payti yoki kechqurun va tonggi g‘ira shira payt bo‘lmasligiga qarab aniqlashgan. Yerga tun asta-sekin cho‘ka boradi, chunki havo Quyosh botgandan keyin ham uning nurlarini aks ettirib turadi. Oyda esa butunlay boshqa manzarani ko‘rish mumkin: birpasda qorong‘ulik tushadi.
Matnda nechta soʻz imloviy jihatdan xato yozilgan?
A ) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
7. Ko‘chirish qoidalariga mos kelmagan so‘zni toping.
A) tong-i B) tong-gi C) stan-dart D) vaku-um
8. Chiziqcha bilan yozilmaydigan birlikni toping.
A) O'rtasida -ma yoki -ba qo'shimchalari kelgan takror so'zlar
B) -mi, -gina (-kina,-qina), -oq (-yoq) yuklamalari
C) Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilgan so‘zlar
D) kuchaytirma sifatlar
9. To‘g‘ri yozilgan so‘z birikmasini aniqlang.
A) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining raisi
B) Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab quvvatlash jamg'armasi
C) O'zbekiston Qahramoni unvoni
D) Qizilqum fosforit kombinati
10. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qaysi javobda?
A) vizullamoq,vishullamoq B) gurillamoq,shuvillamoq
C) vaqillamoq,voshillamoq D) chirullamoq,taqullamoq
11.Imlo qoidasiga ko‘ra(2003) noto‘g‘ri yozilgan so‘z berilgan javobni toping.
A) ko‘pdan ko‘p B) oz-ozdan
C) dar-badar D) dam-badam
12. Chiziqcha bilan yoziladigan qo‘shimcha yuklamalarni toping.
1) –gina; 2) ─chi; 3) ─oq; 4) ─a; 5) ─ku; 6) ─mi; 7) ─da; 8) ─dir
A) 2,4,5,7 B) 1,3,6,8 C) 1,2,4,7 D) 2,3,6,8
13. Imlo qoidasiga ko‘ra(2003) noto‘g‘ri yozilgan so‘z berilgan javobni toping.
A) eshkakka B) bugʻga
C) toqqa (tepalik) D) bargga
14. Imlo qoidasiga ko‘ra(2003) to‘g‘ri yozilgan so‘z berilgan javobni toping.
A) hushbichim B) bo‘schi C) eshikgacha D) orzum
15. Imlo qoidasiga ko‘ra(2003) to‘g‘ri yozilgan so‘z berilgan javobni toping.
A) Shuhrat medali
B) ”O‘zbekiston qahramoni”
C) ”O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni
D) Davlat Test markazi
16. Imlo jihatdan xato yozilgan soʻzni toping.
1 ) sogʻga; 2) siqquncha; 3) toqqa(miqdor); 4) soqqan.
A ) 2,3 B) 4 C) 3,4 D) 2,3,4
17. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) rektor, poyafzal B) traktir, tonib
C) tanib, aytti D) tamanno, dasturulamal
18. Qaysi qatordagi soʻz imlo jihatdan xato?
A ) appelatsiya B) baletmeyster
C) voqeiy D) gangir-gungur
19. Qaysi qatorda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z mavjud?
A) Anor butasimon mevali daraxtlar oilasiga kiradi.
B) Qaqrab yotgan qirlar bag'ri bir yil ichida mevazor boqqa aylandi-qoldi.
C) Mevasiz daraxt faqat o'tinlikka yaraydi.
D) O'zbekistonni mo'jizalar diyori, jannatdek mamlakat deydilar.
20. Imlo qoidasiga koʻra notoʻgʻri yozilgan soʻz qoʻllangan qatorni aniqlang.
A ) Ko'zing sog'ida ezgulik qil, mol-dunyoying borida ulash, yedir. (Yusuf Xos Hojib)
B) Beva-bechora, mayib-majruh, xor-u zor insonlarga ko'ngildan chiqarib berilgan moddiy yordam: pul-non, mayiz-yong'oq, kiyim-bosh va hokazolarga xayr-sadaqa deyiladi. (M. Sattor)
C) Go'zallik shunday narsaki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va shunga o'xshash tuyg'ularni uyg'ota olishi shart. (A. Oripov)
D) G'o'zalarim tiniqib-tiniqib suv icha berdi. G'o'zalarim
21. Qo‘shma ot, qo‘shma olmosh, qo‘shma sifat, qo‘shma ravish, qo‘shma fe’l, qo‘shma son
Berilganlarning nechtasi doimo ajratib yoziladi?
A) 1 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
22. Qishloq yuz boshilar, ponsodlar, mahsus zindonlar, ko‘chalar, nash᾽a chekib olgan yarog‘li yigitlar bilan to‘la edi.
(Sh. Mirzo.)
Nechta soʻz imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) 3 ta B) 1 ta C) 5 ta D) 4 ta
23. Yer uzra qo‘ndi oqshom, oy shulasi bir mayin.
Kel, oppoqim, kel erkam men seni allalayin.
Dudoqing guldan xushbo‘y, yuzlaring undan xoʻshro‘y.
Kel, oppoqim, bag'rimga jajji boshginangni qo‘y. (S. Zunnunova)
She᾽riy parchada nechta soʻz imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) 4 ta B) 3 C) 6 ta D) 5
24. Qismidan biri imlo jihatdan xato yozilgan juftlik qaysi qatorda berilgan?
A) dor-tor B) tov-tog‘
C) bo‘r-ber D) tom-tol
25. Imloviy xatolik berilgan gapni aniqlang.
A ) Hokim xalqqa ming alfozda o‘kirib, hammani haqorat qilib ketganidan keyingina u uyiga qaytdi. (M.Ismoiliy)
B) — Siz, — dedi Qulmurod kulimsirab, — amir odamlariga juda ham o‘chakishib qolibsizda, Shokir aka. (S. Ayniy)
C) Majlisni hayratda qoldirgan bu xatni anonim deb bo‘lmasdi. (P. Qodirov.)
D) Havas bo‘lsa, anqoning tuxumi ham topiladi. (Oybek)
26. Imloviy jihatdan xato yozilmagan fe’l qaysi gapda ishtirok etgan?
A) U vaqtida qarzini qaytarib beribti.
B) O'rik daraxti ostidagi supada yotgan Murotali, mana, odatdagidek, tong saharda uyg'onayapti. (Sh. Rashidov)
C) Vatan oldidagi, o'tganlar ruhi oldidagi, el-yurt oldidagi burchingizni yana bir bor eslatoldi.
D) Darhaqiqat, insoniyat yaratilibdiki, oddiygina, jo'ngina, soddagina tuyulgan shu jumboq yechimini topvolib ovora.
27. Salomlashish – qadimiy odat. Dunyodagi barcha ma’daniy xalqlar o'zaro insoniy muloqot – muomala-munosabatni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog'liq o'z urfu odatlari bor. Hindlar qo'l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, avg'onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil tazim qilishadi.
Berilgan matnda nechta so‘z imloviy jihatdan xato yozilgan?
A ) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
28. Qaysi qatorda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan?
A ) Biz, o'zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir birimizni ko'rganimizda «assalomu alaykum» deya, qo'l olishib ko'rishamiz.
B) Xalqimizning o'ziga xos tabiatini, lutfkorligini, urf-u odatlarini hammamizga jonday aziz, qadrdon bo'lib qolgan «Salom» so'zisiz tasavvur qilolmaymiz.
C) Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o'zaro insoniy muloqot – muomala-munosabatni salomdan boshlashadi.
D) Hindlar qo'l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg'onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta'zim qilishadi.
29. Qaysi qatorda bosh harflar imlosi qoidaga ko‘ra buzilgan ?
A ) Markaziy Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya
B) «Mahalla» jamg'armasi, «Matiz» avtomobili, «Turon» ishlab chiqarish birlashmasi
C) O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Don Mahsulotlari davlat-aksionerlik korporatsiyasi «O'zdonmahsulot», YUNESKO tashkiloti.
D) Tohirjon, Shuhratbek, Sayfi Saroyi, Habib Abdullayev
30. Imloviy jihatdan xatolikka uchramagan soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) Yerga engashganning qomati oliftaning bo'yidan balantroq.
B) Arraning qipiqi mayda, ammo chinorni qulatadi.
C) Hayitgacha qarz olsang, ertaga hayit deyaver.
D) Dastlabki maylni yengish undan keyin keladiganlarini qondirishdan osonrogʻ.
3-test
1. Aytilishidan qat’i nazar, asliday yoziladigan so‘zlarni ko‘rsating.
A) bargga,osmon B) sig‘guncha, suv
C) og‘gan, pedagogga D) bog‘ga, tog‘i
2. Kitobxon, sinov, bo'yoq, og'riq, tilak, kubogi, yo‘g‘i, oltov, chirilla, shovulla.
Nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchramagan?
A) 4 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 5 ta
3. Qaysi gapda fonetik tamoyil asosida yozilgan so‘z ishtiroki kuzatilmaydi?
A) Bilagi zo‘r birni yiqar, Bilimi zo‘r mingni yiqar.
B) Ona yurting - oltin beshiging.
C) Xalqqa ergashgan haqqa yetishadi.
D) Vataning tinch - sen tinch!
4. So'zlarida tovush o‘zgarishi uchramagan gapni ko'rsating.
A) Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi.
B) Xalqimizning tilagi bitta - tinchlik.
C) Yurtimizning xalqaro miqyosdagi obro'yi kundan kunga oshib bormoqda.
D) Dam olish kuni bog'ga ko'chat ekish uchun bordik.
5. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga qaysi egalik shakli qo‘shilganda tovush ortishi yuz beradi?
A) I shaxs B) barcha shaxsdagi egalik
C) II shaxs D) III shaxs
6. -da, -dan, -di qo‘shimchalari qachon -ta, -tan, -ti shaklida aytilishi mumkin?
A) Qachonki imlo bo‘yicha -da, -dan, -di qo‘shimchalari -ta, -tan, -ti shaklida yozilganda.
B) Qachonki imlo bo‘yicha jarangsiz undoshlarga qo‘shilganda.
C) Qachonki imlo bo‘yicha jarangli undoshlarga qo‘shilganda.
D) Qachonki imlo bo‘yicha “k” yoki “q” tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda
7. Ko‘k (-ga), olti (- ovlon), o‘g‘il (-im), so‘ra (-q), mavqe (-im), og‘iz (-ing), avzo (-i), parvo (-i), qazi (-vchi)
Nechta so‘zga qo‘shilayotgan qavsli qo‘shimchalar so‘z yasovchi morfemalar sanaladi?
A) 2 tasi B) 1 tasi
C) 3 tasi D) 4 tasi
8. -gum1, -gach2, -gina3, -gudek4, -goh5, -guncha6, -gan7, -gani8, -ga9, -gashta10
Qaysi qo'shimchalar uch xil aytiladi va yoziladi?
A) 1,2,3,4,6,9 B) 2,3,4,5,6,7,8,9
C) 1,2,3,4,6,7,8,9 D) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
9. Qaysi qatorda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan?
A) shavqatsiz, na’muna, tadbiq, me’zon
B) qayiril, buruning, qo'llamma, ketti, mammanlik,
C) Ahsikenttan, shuday, kesdir, ravnag'i, tambal
D) mavzuying, inshoot, tadqiq, inshom, ittifoqi
10. Qaysi gapda qator undoshli so‘z qatnashgan?
A) Yakshanba har kuni kelavermaydi. (Ingliz xalq maqoli)
B) Uxlayotgan qisqichbaqani oqim olib ketadi. (Meksika xalq maqoli)
C) Bir daqiqa kechdan ko'ra bir soat erta boshlangani ma’qul. (Nemis xalq maqoli)
D) Tog‘ qanchalik baland bo‘lmasin, ortga qaytma: odimlasang, zabt etasan; ish qanchalik ulkan bo‘lsa-da, chekinma: bajara boshladingmi — ado etasan. (Mo‘g‘ul xalq maqoli)
11. Yozda men Uch tog‘ bag'ridagi Oltinsoy qishlog'ida buvamlarnikida mehmonda bo‘ldim. U yerdagi shifobaxsh buloq, orombaxsh dam olish maskanlari, tog‘ hayvonlari va o‘simliklari jamlangan ajoyibxona menda katta taassurot qoldirdi. Tog'rayhon, kiyiko't, gulxayri, uchbarg, Omonqora, qushqo‘nmas kabi o'simliklardan gerbariy tayyorladim. Yurtimizning boy va takrorlanmas tabiati meni lol qoldirdi. Uni yanada yaxshiroq o‘rganishga ahd qildim. (“Gulxan” jurnalidan)
Matndagi qaysi so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) Uch tog‘, Omonqora B) Oltinsoy, ajoyibxona
C) shifobaxsh, qushqo‘nmas D) gulxayri, Tog‘rayhon
12. Qaysi qoidada xato fikr mavjud?
A) Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro kabi so'zlar yordamida yasalgan so‘zlar qo'shma so‘zlar deyiladi va qo‘shib yoziladi.
B) -ar, -mas qo‘shimchali qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi.
C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.
D) Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo‘shib yoziladi.
13. Ruscha(1), baynalmilal(2) yoki tarjima qilingan(3) qo'shma so'zlar…
Uchta izohga ham mos kelmaydigan so‘zni toping.
A) fotoapparat B) G'arbiy Yevropa
C) radioto‘lqin D) elektrarra
14. Otboqar, xushmanzara, hurmattalab, qabulxona, gultojixo'roz, otquloq, oybolta, suvilon, cho'lyalpiz, Yangiyo‘l, Mirzacho‘1, fotoapparat.
Nechta so‘z tarkibida sifat bor? (Berilgan so‘zlarni asoslarga ajrating)
A) 1 ta B) 3 ta
C) 4 ta D) 2 ta
15. Bizning uydan tor ko'cha bo'ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko'chaga - «Oqmachit» mahallasiga birzumda chiqiladi. Buyerda uchta do'kon bor: bin qassoblik, ikkinchisi baqqollik. Musa baqqolning do'koni ko‘zimga harvaqt quruq ko'rina- di. U hammavaqt faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo muloyim, shirinso'z Sobir baqqolda esa pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshik kulcha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, toshko'mirgacha ─ harnarsa topiladi. (Oybek)
Matndan xato yozilgan so‘zlar sonini toping.
A) 5 ta B) 3 ta
C) 4 ta D) 2 ta
16. Ajratib yozish qoidasiga mos so‘zni aniqlang.
A) kundan kunga B) shaharlar aro
C) Alisher Navoiy D) uyma uy
17. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zlarni aniqlang.
A) nuqtayi nazar, tarjimayi hol
B) O'rta Osiyo, Janubiy Koreya
C) kun bo'yi, soat sayin
D) timqora, yildan-yilga
18. Quyida mashqqa e’tibor bering.
Qo‘shib yoziladigan so‘zlarni “x”, ajratib yoziladigan so‘zlarni “y” harfi tarzida ko‘rsating.
A) x─17 ta, y─4 ta B) x─16 ta, y─5 ta
C) x─17 ta, y─5 ta D) x─15 ta, y─6 ta
19. Qaysi qatorda imloviy xatolik mavjud?
A) Yangi Yil B) Ramazon hayiti
C) Xotira kuni D) Mustaqillik kuni
20. Imloviy jihatdan xato bo‘lmagan so‘zni toping.
A) Ustoz va Murabbiylar kuni
B) Bolajon telekanali
C) Oqtoshsoy
D) “Tong Yulduzi” gazetasi
21. Ko‘l//tog'lik, bog‘//rog'lik o'zbek//elim.
Momo yurti, bobo yurti Chambil//belim.
Zar//gavhar ─ yaltiroq tosh, nedir//olmos,
Sen biz uchun ham non, ham osh, mangu//meros. (Mirtemir)
Necha o‘rindagi // belgisi o‘rnida chiziqcha qo‘yiladi?
A) 2 B) 4
C) 3 D) 5
22. Bilinar-bilinmas, Yangiyo'l, andijon, Uch tepa, mirrix, mubina, erta-indin, asta sekin, don-dun, ikir chikir, ko'pdan-ko'p, ko'chama ko'cha, senchi?, ertaga-ya?,
bir-gina, do'stu-dushman, baland-baland.
Xato yozilgan(x) yoki to‘g‘ri yozilgan(y) so‘zlar haqida to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) x─bosh harflar imlosi bilan bog‘liq, ko‘chirish qoidalari bilan bog‘liq, chiziqcha bilan yozish qoidalariga ko‘ra xato yozilgan misollar keltirilgan.
B) y─bosh harflar imlosi bilan bog‘liq, chiziqcha bilan yozish qoidalariga ko‘ra, ko‘chirish qoidalari bilan bog‘liq, qo‘shib yozish qoidalari bilan bog‘liq qoidalarga to‘g‘ri yozilgan misollar keltirilgan.
C) x─faqat ajratib yozish va bosh harflar imlosi bilan bog‘liq xato yozilgan misollar keltirilgan.
D) y─faqat bosh harflar imlosi bilan bog‘liq va chiziqcha bilan yozish qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan misollar keltirilgan.
23. Qaysi turkumga oid so‘z xato yozilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |