Perebivka
Perebivka so‘zi rus tilidagi perebit – bo‘lmoq,kesmoq
so‘zidan olingan bo‘lib, montajda bu so‘zni chalg‘itish, fikrni
bo‘lish ma’nosida ishlatiladi. Montajda perebivka .... uchun
ishlatiladi.
Bir epizod ichida qo‘shni kadrlardagi, ya’ni o‘zidan oldingi
va keyingi kadrlardagi ob’ektlarni o‘zida aks ettirmagan alohida
kadrga perebivka deyiladi.
«Perebivka» uchun kinematografchilar va televizion
ishchilar –deyarli mo‘jizaviy so‘z, sehri atam desak ham
bo‘ladi.Nazarimizda, bu so‘zning kuchini hatto maktabda
birinchi sinf o‘quvchilari va “ilg‘or” bog‘cha bolalari
hambilishadi.
Bu usulning kelib chiqishi ham ekranda vaqtning tabiiy
oqiminibuzish bilan bog‘liq. Perebivka usuli–tomoshabin
diqqatini
vaqtincha
boshqa
bir
ob’ektgayoki voqeaga
chalg‘itishga vatomoshabin chalg‘iganvaqtdan foydalanib
qahramonning mazkur epizoddagi bir ishni yakunlab boshqa bir
harakatniboshlab
olishini
ta’minlashga
qaratilgan.Albatta,rejissyor bu usuldan qahramonning biror
ishni oxiriga yetkazib bo‘lib keyin boshqa yana bir ishni
41
leytmotiv– asarning asosiy g‘oyasi, ilgari surilayotgan fikr.
202
boshlashini kutib o‘tirgisi va bu uzoq davom etadigan jarayon
bilan tomoshabin vaqtini o‘g‘irlashni istamagan paytda
foydalanadi.
Perebivka kadri montaj ketma-ketligida doimo ekranda
kechayotgan voqeaning tabiiy vaqt oqimida hosil bo‘lgan
uzilishni to‘ldirish uchun foydalaniladi.Bir tomondan qaralsa
perebivka –bu qahramonning aslida yuz berishi kerak bo‘lgan
uzluksiz harakatini atayin uzib qo‘yish demakdir.Lekin boshqa
tomondan,perebivka
usuli
tomoshabingaana
shu
vaqt
qisqarishini sezilmaydigan qilish uchunham ishlatiladi. Bu usul
– tomoshabinda, aslida uzilgan qismlardan iborat bo‘lgan
voqealarni xuddi uzluksiz, yaxlit va vaqt bo‘yicha tabiiy
rivojlanayotgandek taassurot uyg‘otishni nazarda tutadi.
Bu usulning asosida oddiy hayotiy o‘xshashlik yotadi.
Bezorilarbiror odam bilan atayin urush chiqarish uchun shunday
usuldan foydalanishadi. Sizning jig‘ingizga tegish uchun atayin
kichikroq vakillarini yuborishadi. U sizni boplab so‘kadi. Siz
asabiylashasiz, ana u surbet yigitchani ta’zirini berib qo‘yishga
shaylanasiz. Biroq, shu onda sizni kimdir chaqiradi. Siz
beixtiyor ovoz kelgan tomonga qaraysiz. “Bopla uni, ta’zirini
berib qo‘y”–deydi sizga g‘alamis. Siz o‘z nigohingizni yana
pakana yigit tomonga qaratasiz. Ne ko‘z bilan ko‘ribsizki uning
o‘rnida har bir mushti kalladay keladigan davangirday yigit
turibdi.
Siz ovoz kelgan tomonga angraygan paytingizda, yigitlar
almashib olishgan, vaziyat o‘zgargandi. Mana sizga perebivka
usuliga yaqqol misol.
Ekran
san’atida rejissuraning vazifalaridan biri –
chegaralangan ekran vaqti doirasida asarning eng yorqin va
ifodali qismlarni tanlab olish va ikkinchi darajalilarini chiqarib
tashlash yo‘li bilaniloji boricha ko‘proq ma’lumot berishdir.
Perebivka ijodkorlarga bu vazifani ko‘p hollarda aynan elegant
va oddiy usulda, sezilmaydigan qilib, badiiy omillarni
yo‘qotmagan holdabajarishga yordam beradi.
203
Yana bir oddiy misolga e’tibor qaratamiz. Televizion
tasvirga
olish
guruhi
mashxur
iqtisodchi-akademikning
kvartirasigakelishdi. Undan zamonaviy dolzarb bir masala
bo‘yicha intervyu olish kerak va intervyuningfaqat uch minutli
qismi ko‘rsatuvdan joy oladi.
Chiroqlar qo‘yilgan, kamera yoqilgan, birinchi savol ham
berildi. Tasvirga olish boshlandi.
Barcha savol va javoblarni tasvirga olish uchun 15 daqiqa
vaqt sarflandi va bu vaqt davomida kamera faqat akademikni
tasvirga olib turdi. Material montaj qilish uchun studiyaga olib
borildi. Tasvirga olingan materiallar rejissyor va montajchining
qo‘liga kelib tushdi. Akademik bildirgan fikrlar, uning nigohi,
qo‘l harakatlarijuda qiziqarli va original. Biroq 15 daqiqalik
videomaterialdan faqat 3 daqiqasini qoldirish mumkin xolos.
Montajchi rejissyorning rahbarligi ostida intervyuning eng
yaxshi va qiziqarli qismlarini tanlab oladi, ularni kesib oladi va
bu qismlarni shunchaki birin-ketin birlashtirib chiqadi. Natijada
3 daqiqa 10 soniyalik rolik paydo bo‘ldi. Vazifa bajarildi desak
ham bo‘ladi. Ekranga qaraymiz: daxshat!
Intervyu berish davomida akademik yetti marta huddi
elektr stolida tok urgandek sapchib ketdi. So‘zlarini esa juda
yaxshi gapirgan!
80-yillarda bu intervyu huddi shu ko‘rinishda efirga
uzatilivergan bo‘lardiyam. Biroq keyinchalik, 20-asr oxiriga
kelib kimdirbu holatga chek qo‘ydi. Zamonaviy elektronika
boshqa “mo‘jizalarni” yaratishga ham imkon bera boshladi.
Kadrlar ulangan choklarga, birinchi kadrdan ikkinchi kadrga
o‘tganda qahramon holati o‘zgarib qolgan vaziyatlarda, masalan
boshi bir oz egilib qolgan yoki qo‘lini bir oz ko‘targan va
hokazo holatlarda ana shu chok o‘rtasiga bir lahzalik oq ekran
tasvirini montaj qo‘yib efirga beraverishgan.
“Aqlli boshlar” akademik va tomoshabinni o‘zaro o‘rin
almashishga majbur qilishdi. Akademik endi ekranda juda a’lo
darajada gapirar, endi uning o‘rniga ekran qarshisida o‘tirgan
204
tomoshabin sakray boshladi. Yorqin oq ekran tasviri,
fotoapparatning chaqmoqli “vspыshka”si kabi tomoshabinni bir
lahzaga ko‘zini qamashtiradi. Ekranda oq ekran “chaqnagan”
paytda u beixtiyor ko‘zlarini berkitar, va tabiiyki, ekranda
akademikning holati o‘zgarib qolganini ko‘rolmay qolardi.
“Qoyilmaqom usul!”, bundan battari bo‘lmaydi!
Bundan qariyb yarim asr muqaddam, bizning buyuk
ustozimiz, rejissyor, kino nazariyotchisi L.V.Kuleshov o‘zining
“Rejissura asoslari” deb nomlangan ajoyib darsligini yozgandi.
“Perebivka” usuli haqida bu kitobda turli misollar bilan sodda
va tushunarli tilda yozib qo‘yilgan. Keling, ana shu kitobda
keltirilgan misollarni ko‘rib chiqamiz!
Akademikni tasvirga olish jarayonida bu xafsalasiz
televidenie rejissyorlari aslida nima qilishlari kerak edi?
O‘zini va boshqalarni hurmat qiladigan boshqa haqiqiy
professional rejissyorlar kabi, bor yo‘g‘i perebivka uchun
kadrlar tasvirga olishlari kerak edi!
Iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan va butunlay jurnalist
va
akademik
D.Lvovning
suhbatidan
iborat
bo‘lgan
ko‘rsatuvlarning birida rejissyor va operator perebivka kadrlari
sifatida olimni hurmat va diqqat bilan tinglayotgan jurnalistning
o‘zini tasvirga olishgan. Ular ko‘rsatuvni tayyorlashda olimning
salbiy
fikrlarini,
gapirish
chog‘ida
tutilishlari
yoki
takrorlashlarni chiqarib tashlash kerak edi. Montajda ular
akamedikning nutqi yozilgan kadrlar orasiga uning o‘ychan
holda o‘tirgan kadrlarini ham qo‘yishgan.
Perebivka usulidan foydalanib nimaga erishildi? Savolning
birinchi qismiga javob berib bo‘lganidan so‘ng olim jurnalist
bilan suhbatning davomi haqida fikrlashib olishga qaror qiladi.
Takliflarni olganidan so‘ng u yana gapirishda davom etdi.
Matnning birinchi qismi so‘ngida olim kursiga suyanib
o‘tirgandi, suhbatning ikkinchi qismi boshida esa u stolga
tirsaklarini tirab olgancha o‘tirgan. Montajchi avvaliga matnni,
ya’ni akademikning fikrlarini montaj qilib chiqdi, ana undan
205
keyin fonogrammaning uzunligi bo‘yicha akademik aks etgan
birinchi kadrning tugash qismini va ikkinchi qismning boshini
kesib tashladi, ularning ulangan joyiga esa suhbatdoshini diqqat
bilan tinglab o‘tirgan jurnalistning tasvirlarini montaj qilib
yubordi.
Ekranda o‘z suhbatdoshini diqqat bilan tinglab turgan aqlli
inson
haqidagi
bir
tekis
rivojlanuvchi
hikoya
hosil
bo‘ldi.Tomoshabinga
bunday
montajdan
keyin
ko‘rish
qo‘layligi
yaratilishi
aniq.Tomoshabinning
esa
hatto
akademikning
so‘zlaridan qandaydir qismlarining kesib
tashlanganligi hayoliga ham kelmaydi .
Perebivka –bu ko‘p tarqalgan va juda sodda usuldir. Badiiy
kinoda, multiplikatsiya va animatsiyada, hujjatli va ilmiy
ommabop kino sohasida, televideniedagi istalgan ko‘rsatuvlarda
uning imkoniyatlaridan faol foydalniladi. Bu usulning mohiyati
tomoshabinning diqqatini vaqtincha biror boshqa ob’ekt yoki
voqeaga chalg‘itib turishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |