Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

 
Nazorat savollari: 
1. Nazmiy montaj nima va uning imkoniyatlari qanday? 
2. Nazmiy montajdan badiiy filmlarda ham foydalaniladimi? 
3. Nazmiy montajini biror misol bilan tushuntirib bering. 
 
2.7 Ritmli montaj va klip montaji 
 
Ritmli montaj. 
Ritm  so‘zi  lotincha  rhythmus  –  oqim,  tizilish  so‘zlaridan 
olingan.  Muntazam  ritm  tirik  bir  organizm  sifatida  inson  uchun 
ham  tabiiy  hisoblanadi.  U  inson  tomonidan  vaqt  va  makonni 
idrok etish davrida yurak urishi, nafas olish, kun va tunning, yil 
fasllarining almashib turishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi. 
Montajda  ritm  musiqa  bilan  bog‘liq  holda  namoyon 
bo‘ladi.  
Kino  endigina  san’at  turi  sifatida  shakllanishni  boshlagan 
ovozsiz  kino  davrida  kino  darg‘alari  tomonidan  montaj 
nazariyasi  naqadar  chuqur  va  puxta  ishlab  chiqilganligiga  faqat 
tan  berish  kerak.  Buni  yanada  yaqqolroq  tushunish  uchun  
tasavvurda o‘tmishga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. 
Ovozsiz filmlar uchun voqealarni qisqa kadrlarda tasvirga 
olish  va  montaj  qilish  xarakterlidir.  Rejissyorlar  odatda  ikki 
yoki  uchta  oddiyroq  qahramonlar  obrazlari  va  ob’ektlar 
harakatlarini bitta plan, bitta kadrga kiritishga harakat qilishgan. 
Kadrlar 
bir-biri 
bilan 
so‘zlar  yoki  ierogliflar  bilan 
birlashtirilardi.  O‘sha  davrda  “kadrlar  orqali  so‘zlash”  va 
“montaj iborasi” kabi tushunchalar paydo bo‘lgan. Uzunligi bir 
soniyadan  besh  soniyagacha  bo‘lgan  hamda  qandaydir 
voqeaning 
rivojlanishi 
ko‘rsatuvchi 
qisqa 
kadrlarning 
davomliligi,  haqiqatdan  ham  ma’lum  so‘zlardan  tarkib  topgan 


193
 
 
gapni yodga solgan.
 
Ritmli  montajga  misollarni  Dziga  Vertov,  Vsevolod 
Pudovkin,  Lev  Kuleshov  va  boshqa  ko‘plab  ijodkorlarning 
asarlarida  uchratish  mumkin.  Huddi  musiqa  asarida  qisqa  va 
uzun  bo‘laklar  almashinib  turganidek,  ritm  ham  planlar 
almashinuvining  davomliligi,  kadrlarning  o‘rin  almashinish 
tezligi sifatida qabul qilingan. 
Aytaylik,  bir  soniya  vaqtni  shartli  o‘lchov  birligi  sifatida 
oldik. Ritmli ko‘rinishda montaj qilingan kadrlarning ekrandagi 
uzunligini,yoki  boshqacha  aytganda,  bu  kadrning  ekranda 
namoyish  etilish  vaqtini  raqamlar  shaklida  yozib  chiqilsa 
quyidagicha ko‘rinishda namoyon bo‘lgan bo‘lardi:1-1-1-3-1-1-
1-3yoki 2-2-4-2-2-4- 2 – 2 - 4. 
Bu  mutlaqo,  eng  qisqa  kadrning  uzunligi  bir  soniya 
bo‘lishi  kerak  degan  ma’noni  anglatmaydi.  Bu  montaj  ketma-
ketligidagi  eng  qisqa  plan  istalgan  uzunlikda,  masalan  1,3 
soniya,  2,2  soniya  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  bu,  boshqa  kadrlar 
eng  qisqa  kadrga  nisbatan  ikki  yoki  uch  marta  kattaroq 
uzunlikkaega  bo‘lishi  mumkinligini  bildiradi,  masalan,  2,6 
soniya yoki 4,4 soniya va h.k. 
Aka-uka 
Vasilevlar 
hatto 
ekranda 
o‘q  otayotgan 
pulemyotning  ritmini  ko‘rsatib  berishga  urinib  ko‘rishgan. 
Buning  uchun  ular  bor  yo‘g‘i  ikki  kadrikli  uzunlikka  ega 
bo‘lgan  va  goh  chap  tomonga,  goh  o‘ng  tomonganavbatma-
navbat  o‘q  otayotgan  pulemyot  aks  etgan  kadrlarni  montaj 
qilishgan.  Bu  esa  har  bir  kadrning  uzunligi  sekundning  1/12 
qismichalik  yoki  0,038  sekund  uzunlikka  ega  ekanligini 
ko‘rsatadi.
 
Ritmli  montajda  kompozitsiyasi  jihatidan  turlicha  bo‘lgan 
kadrlarning  muayyan  musiqiy  kompozitsiya  ohangiga  mos 
ravishda  almashinib  turishi  albatta,  ekranda  effektli  ko‘rinadi. 
Biroq,  ko‘pincha  hamma  kadrlarni  bir  xil  davomiylikka  ega 


194
 
 
qilib  kesish  va  ularni  o‘zaro  ulashga  intilish  yaqqol 
formalizmdan  boshqa  narsa  bo‘lmay  qoladi.  Bu  holatni 
ko‘pincha zamonaviy musiqiy videokliplarda uchratish mumkin. 
Gap shundaki, har bir kadr uning yirikligidan kelib chiqib 
o‘zida  turlicha  obraz,  turlicha  detallarni  va  tabiiyki,  turli 
miqdordagi  ma’lumotni  aks  ettiradi.  O‘z-o‘zidan  ayonki  turli 
miqdordagi  axborotni  anglash  uchun  esa  tomoshabinga  shunga 
yarasha  vaqt  talab  etiladi.  Agar  siz  biror  musiqiy  klipni  montaj 
qilayotganingizda  ritmni  saqlab  turish  maqsadida  idrok  etish 
uchun ko‘proq vaqt talab qilinadigan kadrni qisqaroq qilib kesib 
qo‘ysangiz,  boshqacha  aytganda,  tomoshabinga  bu  kadrni 
tushunishi uchun  kerak bo‘lgan vaqtdan kamroq vaqt bersangiz, 
u  holda  tomoshabinda  sizning  bu  “asar”ingizga  nisbatan  ichki 
norozilik paydo bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, unda ekranning tezlikda 
miltillashidan boshqa taassurot qolmaydi. 
Kino san’atida ovozning paydo bo‘lishi bilan musiqiy ritm 
bilan  hisoblashmasdan  tasvirlarni  ritmli  montaj  qilish  butunlay 
imkonsiz bo‘lib qoldi.  
Bugun  musiqiy  va  reklama  kliplarni  yaratishda  mualliflar 
ritmli  yig‘ilgan  audio-vizual  montajdan  faol  foydalanishga 
intilmoqdalar.  Biroq  bu  usul  tasvirga  olishda  va  montaj 
jarayonida  ijodkordan  katta    mahoratni,  alohida  yondashuvchi 
talab qiladi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish