Klip montaji.
Klip so‘zi (ingl. clip) – bir-birini vaqt jixatdan davom
ettirishi
shart
bo‘lmagan
badiiy
usulda
ketma-ket
joylashtirilgan kadrlar jamlanmasi degan ma’noni anglatadi
Klip montaji – bu usul emas, aksincha, ko‘proq montaj
uslubi, ekranda hikoya qilish uslubidir. Agar 20-asr oxiriga
kelib klip montaji modaga aylanib ketmaganida va bu hol
195
ayrim “aqlli”larni miyasi aynitib qo‘ymaganida, klip montaji
haqida balki umuman gapirmagan ham bo‘lardik. Bu uslubni,
bundan avval sanab o‘tilgan deyarli barcha usullardan
foydalanish paytida qo‘llash mumkin.
Klip montajining mohiyati o‘zi nimada?
“Clip”so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda kesish,
qisqartirish, kaltalash, kesib tashlash, qirqib olish va hatto tez
yurish degan ma’nolarni ham beradi.
Klip – bu qisqa ekran asari bo‘lib, u o‘z mazmunini
ko‘pincha obrazlar orqali va uziq-yuliq ko‘rinishda bayon
qilishi bilan xaraktyorlanadi. Odatda, bu montaj uslubidan turli
reklama roliklarini yaratishda, estrada qo‘shiqlariga ishlangan
musiqiy videokliplarda foydalaniladi. Sahnaning parcha-parcha,
uzuq-yuliq ko‘rinishdagi, professionallik nuqtai nazaridan
yomon qilingan montaji– montajning klip uslubi bo‘lib,
jargonda uni “kadrlarni cho‘qilash” deb ataladi.
Badiiy
filmlarda
sahnalarni
montaj
qilishda
rejissyorlartomoshabinlar
ongidaekrandagi
voqealar
huddi
hayotdagidek uzluksiz ravishda sodir bo‘layotganligi haqida
illyuziyani hosil qilishga intiladilar. Bu illyuziyani yaratish
uchun esa kadrdan kadrga o‘tishlar montajning o‘nta tamoyillari
talablariga to‘liq amal qilgan holda bajarilishi kerak.
Taxlil qilish uchun bir sahnani ko‘rib chiqamiz va bir
yo‘la uni turli qismlarga bo‘lib olamiz.
1.Qahramon uydan chiqib qayoqqadir borib kelishga qaror
qildi. Paltosini kiydi. Kiyim ilgich yoniga keldi. Undan
yomg‘irpo‘sh va sumkasini oldi. Eshik yoniga bordi. Ichki
qulfni ochdi.
2.U eshikdan pod’ezdga chiqdi. Eshikni qulfladi.
Qo‘shnisi bilan salomlashdi.
3.Zina bo‘ylab 1-2 qavat pastga tushdi.O‘rtog‘ini ko‘rib
196
qoldi. Unga kvartirasining kalitini berdi.
4.U pod’ezddan chiqdi. Trotuar bo‘ylab bir necha o‘n
qadam yurdi. Yo‘lida gazeta o‘qib kelayotgan yo‘lovchi bilan
to‘qnashib ketdi.
5.Mashina oldiga bordi. Eshigini ochdi. Jomadonini otdi.
Mashinaga o‘tirdi. Mashinani o‘t oldirdi. Ketdi.
Agar bu qismlarning hammasi film mohiyatini va
qahramon ruhiyatini ochib berishda muhim o‘rin tutsa, u holda
biz beshta kadrni tasvirga oldik deb hisoblashimiz mumkin.
Kadrda-kadrga o‘tishda ravonlikni saqlab qolish uchun
montajchilar, odatda, bir kadrning oxiridan va boshqasining
boshidan bir yoki bir nechta kadrchalarni kesib tashlashadi
xolos. Bunda ham “zaxlest” bilan olingan kadriklarni, yana
aktyor harakati boshlangunga qadar va tugagandan keyin
tasvirga olingan ortiqcha qismlarnigina olib tashlanadi.
Huddi shu epizodni klip montaji uslubida montaj
qiladigan bo‘lsak bu voqea tamomila o‘zg‘acha ko‘rinish oladi.
Birinchidan, rejissyor aktyordan kadrda hamma harakatlarni tez
va g‘ayrat bilan bajarishni so‘raydi. Kadrlar sezilarli darajada
qisqa yoki juda qisqa bo‘lib qoladi. Rejissyorga kadrlarni
shunday yiriklikda tasvirga olish kerak bo‘ladiki, toki ekranning
katta qismi aktyorning faol harakati bilan to‘lib tursin, ya’ni
kadrlarni odatdagidan yirikroq tasvirga olish kerak bo‘ladi.
Birinchi variantda ekran vaqtining qanchadir qismini egallagan
bir harakatdan ikkinchisiga o‘tishlar tamomila olib tashnalandi.
Montajning o‘zi esa quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
1.Yigit tezgina o‘z paltosini kiydi, o‘girildi. (uning kiyim
ilgich yoniga kelishi kesib tashlangan).
2.Yomg‘irpo‘sh va sumkani oldi, eshik tomon yurdi.
(Eshikni ochish va tashqariga chiqish harakatlari kesib
tashlangan).
197
3. Kvartira eshigi yopiladi, yigit qo‘shni ayolga yuzlanadi,
“Salom” deydi, o‘giriladi, bir qadam tashlaydi. (Zina
tutgichlari, yigitning zina bo‘ylab tushib kelishi ko‘rinishlari
kesib tashlangan).
4.Oyoqlar zinida 3 qadam tashlaydi va kamera yigitning
qo‘llariga panorama qiladi, yigit boshqa bir odamning qo‘liga
kalitlarni tutqazadi. (Zinadan tushish va pod’ezd eshiklariga
yaqinlashish ham kesib tashlanadi).
5.Yigit pod’ezddan tashqariga chiqadi. Gazeta o‘qib
kelayotgan yo‘lovchiga urilib ketadi. (Uning mashina oldiga
yaqinlashishi, eshikni kalit bilan ochishi va sumkani mashina
o‘rindig‘iga tashlashi ham hammasi kesib tashlanadi).
6.Mashinaning ochiq turganeshigidan ichkariga o‘tiradi.
(Uning rulga o‘tirishi va mashinani kalit bilan o‘t oldirishi ham
ko‘rsatilmaydi).
7.Mashina tezlikda o‘rnidan qo‘zg‘aladi.
Bunaqa montajda faqat ikkita montaj tamoyillarini
bajarish kerak xolos: kadrdan kadrga o‘tishda kadrdagi ob’ekt
harakat yo‘nalishini saqlab qolishhamdaekrandagi asosiy
massalar harakat yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash. Muhimi faqat
tomoshabin uchun voqeaning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri
rivojlanishini ta’minlash. Musiqa esa kadrdan kadrga o‘tishda
yuzaga kelgan sakrashlarni tekislashga yordam beradi.
Biz hozircha klip montajining faqat birinchi variantini
ko‘rib chiqdik. U reklama roliklarini, musiqiy videokliplarni,
badiiy filmlarni yaratishda ham qo‘laniladi. O‘z xususiyatiga
ko‘ra, bu montaj uslubi harakatli plastik obrazlarning o‘ziga hos
ketma-ketligini ifodalaydi. Ochig‘ini aytganda, badiiy kino
uchun bu uslub unchalik yangi narsa emas. Alohida
epizodlarning
bu
usuldagi
montajini,
hatto
ovozsiz
kinofilmlarda ham kuzatish mumkinedi.
198
Ekran san’atidagi klip montajiga o‘xshash usul adabiyotda
ham mavjud bo‘lib, u M.Jvaneskiyning novellalarida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Agar uzoq tarixga nazar tashlasak, Aleksandr
Makedonskiyning “Keldim, ko‘rdim va g‘alaba qozondim!” deb
aytgan mashxur so‘zlari ham klip montajining o‘zginasidir.
Lekin bir tomondan, o‘ta zamonaviy uslubda ijod qiluvchi
ijodkor degan nomga da’vogarlik qilayotgan ayrim o‘zbilarmon
rejissyorlar ba’zida butun boshli filmlarni ham shu uslubda
tasvirga olishga va montaj qilishga intilishadi. Bunday “buyuk
rejissyor”lar
haqida
o‘tgan
asrning
30-yillaridayoq
N.D.Anoщenko o‘zining kino san’atiga oid darsliklaridan birida
shunday
yozgandi:
“...Montajdan faqat montaj uchun
foydalanish, huddi bizning ayrim “o‘ta zamonaviy fikrlovchi”
kinoijodkorlarimiz kabi, odatda juda mayda kadrlardan tashkil
topganko‘rinishda namoyon bo‘ladigan “titrovchi montaj”
uslubidan foydalanishga berilib ketish aslo mumkin emas! Bu
kabi “g‘ayrioddiy montaj” uslubi, tomoshabinning g‘ashiga
tegish, boshini achitishdan boshqa hech narsa bermaydi”
40
.
Klip montaji uslubining ikkinchi varianti –navbatdagi har
bir kadrda asosiy tasvirga olish ob’ektining, fon va atrof
muhitning o‘zgarishiga, personajlar kiyimlari va pariklarining,
tasvirga olishda planlar yirikligi va rakurslarning o‘zgarishiga
asoslanadi. Hech qanday qoida va ta’qiqlashlar yo‘q! Qo‘shni
kadrlardagi ob’ektlar tamomila turlicha bo‘lishi mumkin –
qanday istasang shunday montaj qilaver! Biroq bunday ekran
asari ijodkorlardan yuqori darajadagi sezgi va badiiy didni,
kadrlarning tasviriy yechimini belgilashda katta maxorat
ko‘rsatishni talab qiladi. Afsuski, hozirgi kunda ijod qilayotgan
ko‘pgina “klipmeykerlar” bunday mahorat va didga ega
emaslar.
40
Anoshenko N.D. Obshiy kurs kinematografii. T.3.- Moskva, 1930. S 43/29. R 229/114.
199
Bundan tashqari, yana S.M.Eyzenshteyn tomonidan ihtiro
etilgan montaj turlari ham mavjud quyida ulardan ikkitasi
haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |