Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

 
UO’K:73.4 (7R) 
BBK: 85.32 
M15 
ISBN: 
978-9943-466-30-2
    
 “Aloqachi” nashriyoti, 2018. 


3
 
 
KIRISH 
“Montaj.  Videomateriallar  uchun  maxsus  effektlar”  fani 
5350200  –  “Televizion  texnologiyalar”  (“Telestudiya  tizimlari  va 
ilovalari”) bakalavr ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. 
Montaj  kino  san’atining  ilk  rivojlanish  bosqichlaridayoq 
paydo  bo‘lgan  va  yillar  davomida  yangidan-yangi  ko‘rinish  va 
qonun-qoidalar  bilan  boyib  kelgan.  Montaj  asoslari,  uning  badiiy 
shakllari bugungi kunga kelib ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q va 
kino  san’ati,  televidenie  mavjud  ekan,  ular  ham  mavjud 
bo‘laveradi.  Shu  bois,  kino  san’ati  va  televideniega  oid  ta’lim 
yo‘nalishi talabalari g‘oyaviy-badiiy madaniyat, yuqori darajadagi 
professional  malaka,  ko‘nikma  bilan  bir  katorda  montajning 
buzilmas  qonunlarini,  uning  shakllarini,  badiiy  va  g‘oyaviy 
imkoniyatlarini,  uning  texnikasi  va  texnologiyasini  mustahkam 
egallashlari kerak.                                                      
Bakalavrlarga  “Montaj.  Videomateriallar  uchun  maxsus 
effektlar”  fanini  o‘qitishda  birinchilardan  bo‘lib  turgan  vazifa 
talabalarga  montaj  asoslarini,  uning  atamalari  va  chizgilar  tilini, 
butun  dunyo  kinematografiyasi  tomonidan  tan  olingan  asosiy 
montaj  qoidalarini,  qolaversa,  uning  badiiy  shakllari  va  tasviriy 
ifoda  vositasi  sifatidagi  imkoniyatlarini  o‘rgatib  borishdan 
iboratdir.  Bundan  tashqari,  jaxon  kino  san’ati  va  televidenie 
soxasida,  montaj  san’atiga,  uning  usul  va  uslublariga  oid 
erishilgan  yutuqlar  va  yaratilgan  yangicha  yo‘nalishlaridan 
talabalarni  habardor  qilib  turish  ham  yuqori  malakali,  ijodkor 
mutaxassislarni  tayyorlashda,  bo‘lajak  mutaxassislarni  kelajakda 
kinematografiya  va  televidenie  sohalari  uchun  yuqori  darajadagi 
did  va  badiiy  tafakkurga  ega  bo‘lgan  kadrlar  etib  yetishtirishda 
asosiy vazifalardan biridir. 
Fan  doirasida  bakalavrlarni  o‘kitish  jarayonida  montajning 
texnik  va  ijodiy  tomonlari  hakida  mukammal  bilim  berish,  o‘qish 
jarayonida  bevosita  tasvirga  olish  ishlarini  o‘tkazish  va  bu  bilan 
olingan nazariy bilimlarni  mustahkamlash nazarda tutilgan bo‘lib, 
talabalar  mustaqil  ravishda  o‘zlarining  qo‘shimcha  ixtisoslik 
fanlaridan belgilangan ishlar bilan birga mazkur fan bo‘yicha ham 


4
 
 
amaliy ishlarini tayyorlab boradilar. 
“Montaj”  o‘quv  qo‘llanmasi  talabalarni  montajning  asosiy 
tamoyillari,  qonun-qoidalari,  badiiy  shakllari  va  uning  tasviriy 
ifoda  vositasi  sifatidagi  imkoniyatlari,  montaj  san’atining  eng 
zamonaviy texnologiyalari va usullari bilan tanishtiradi. 
O‘quv  qo‘llanma  talabalarda  ilmiy-ijodiy  dunyoqarash  va 
badiiy  tafakkurni,  televizion  ko‘rsatuv  yoki  kinoasarning  janridan 
kelib  chiqib  unga  mos  montaj  yechimini  mustaqil  belgilay  olish, 
asarni  filmning  umumiy  kompozitsiyasini  hisobga  olib  montajli 
epizodlarga  ajrata  olish,  to‘g‘ri  joylashtira  olish,  chiziqli  va 
nochiziqli 
montajning 
imkoni-yatlaridan 
foydalanish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan.
 
Mazkur 
o‘quv  qo‘llanmaning  birinchi  bobi  montaj 
san’atining  tarixi,  undagi  asosiy  atamalar,  grafik  til,  uning  asosiy 
qoidalarga, 
bag‘ishlangan 
bo‘lib, 
unda 
butun 
dunyo 
kinematografiyasi  tomonidan  tan  olingan  montaj  o‘nta  asosiy 
tamoyillari va ularning talablari haqida so‘z boradi. 
O‘quv  qo‘llanmaning  ikkinchi  bobi  esa  Montajning  badiiy 
shakllariga  bag‘ishlangan.  Unda  o‘quvchi  montajning  badiiy 
shakllari  va  tasviriy  ifoda  vositasi  sifatidagi  imkoniyatlarini, 
montaj  sohasida  zamonaviy  jahon  kino  san’atida  erishilgan 
yutuqlar,  yaratilgan  yangicha  uslublar,  kinematografiya  va 
televidenie  sohasida  montajdan  badiiy  ifoda  vositasi  sifatidagi 
o‘rni bilan yaqindan tanishadilar.  
Qolaversa,  ular  montajning  badiiy,  xujjatli,  ilmiy-ommabop 
kinematografiyada  mavzuni  yoritib  berishdagi  mavjud  tasviriy 
imkoniyatlaridan ham xabardor bo‘ladilar. 
Mazkur  o‘quv  qo‘llanmani  tayyorlashda  dunyoning  eng 
ilg‘or  va  zamonaviy  o‘quv  adabiyotlaridan  foydalanilgan. 
Ken 
Densijerning “
The Technique of Film and Video Editing: History, 
Theory  and  Practice”  (“Kino  va  video  montaj  texnikasi:  tarixi, 
nazariyasi  va  amaliyoti”),  Uolter  Marchning  “In  the  blink  of  an 
eye”  (“Bir  lahzada”),  Devid  Bordvellning  “The  Cinema  of 
Eisenstein”  (“Eyzenshteyn  kinosi”),  Aleksey  Sokolovning 
“Montaj”,  Mixail  Rommning  “Besedы  o  kinoiskusstve”  (“Kino 


5
 
 
san’ati  haqida  suhbat”)  kabi  o‘quv  adabiyotlar  shular 
jumlasidandir. 
Fanning  maqsadi  talabalarga  fanning  nazariy  asoslarini, 
televidenie  va  kino  sohasida  montajning  asosiy  tushunchalari  va 
tamoyillari,  badiiy  shakllari,  montaj  jarayonida  foydalaniladigan 
texnika  va  texnologiyalarni,  badiiy  va  texnik  qonuniyatlar  va 
tamoyillarini  o‘rgatish  hamda  ularni  amalda  tatbiq  etish 
ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.  
Fanni  vazifasi  esa  talabalarni  nazariy  bilimlar,  badiiy 
mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, kino va televidenie 
sohasida  texnologik  jarayonlar  mazmunini  mantiqiy  mushohada 
qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  uslubiy  yondashuvlarni  egallashiga 
ko‘maklashish,  ular  ongiga  milliy  istiqlol  g‘oyasini  va  milliy 
mafkuraning  asosiy  qoidalarini  singdirish,  zamonaviy  montaj  va 
undan foydalanish asosida hozirgi zamon rivojlangan televideniesi 
va  kino  san’atini  rivojlantirishning  dolzarb  muammolarini  ochib 
berish,  montaj  to‘g‘risida  amaliy  ko‘nikmalarni  hosil  qilishdek 
ishlarni o‘z ichiga oladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


6
 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish