Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

 
Nazorat savollari: 
1. Assotsiatsiyali montaj nima va uning imkoniyatlari qanday? 
2. 
Assotsiatsiyali 
montajdan 
qanday 
filmlarda 
ko‘proq 
foydalaniladi? 
3.  Assotsiatsiyali  montajga  misol  bo‘la  oladigan  voqeani  aytib 
bering. 
 
 
 
 
                                                      
36
  istiora  –  adabiyotda  va  ekran  san’atlarida  biror  narsani  boshqa  biror  narsaga 
o‘xshatish orqali ta’riflash. Masalan: qiz labini – atirgul g‘unchasiga va h.k. 


181
 
 
2.4. Mavzuli montaj 
 
Adabiyotda  bunday  termin  yo‘q.  Lekin  shunga  o‘xshash 
usul mavjud. Keling, eski qizg‘in qo‘shiqni eslaylik.  
 
Biz uzoq yurtlarga ketib boryapmiz,  
Qadrdon qo‘shnilar va quvnoq do‘stlar.  
Yaxshi yashayapmiz, qo‘shiq kuylaymiz,  
Qo‘shiqda hayotni jo‘shib kuylaymiz.  
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta,  
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta. 
O‘zimiz bilan bizlar mushukni oldik,  
Urishqoq Petka-yu, maymun-u qushni,  
Itni ham olvoldik va yana Sa’va, 
Shunaqa g‘aroyib bizning jamoa! 
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta,  
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta. 
 
Biz  oldimizda  oddiygina  she’riy  matn  bor  va  unda 
qandaydir  odamlar  qo‘shiq  aytib  oltita  hayvonni  ko‘tarib 
qayoqqadir  ketayotganliklari  bayon  etilgan.  Safarga  kamida 
sakkiz  kishi  yo‘l  olgan,  chunki  “biz”  –  kamida  ikki  kishi 
bo‘ladi.  Ularning  barchasi  bir  maqsad  bilan  –  uzoq  yurtlarga 
borish  uchun  yo‘lga  otlanishgan.  Qo‘shiqda  do‘stlik  ularni  bitta 
jamoaga  birlashtirganligi,  so‘ngra  bu  guruhda  bo‘lganlar  birma-
bir sanab chiqiladi. 
Agar biz bu qo‘shiq asosida film yaratishga qaror qilsak, u 
holda  qo‘shiqning  naqorat  joyi  mavzuli  montajdan  tuzilgan 
bo‘lar edi. Biz qahramonlar soniga mos kadrlarni tasvirga olgan 
bo‘lar  edik.  Ekrandagi    kadrlarga  qarab  va  shu  bilan  birga, 
qahramonlarning  bir  xil  tezlikda  va  bitta  avtomobilda 
ketayotganliklarini  ko‘rgan  tomoshabin  ularning  bir  xil 


182
 
 
yo‘nalishda manzillari tomon ketayotganligini fahmlashardi. Bu 
esa  montajning  asosiy  ob’ekt  harakat  yo‘nalishi  va  asosiy 
ob’ektning  harakat  tezligi  bo‘yicha  montaj  tamoyillari 
talablarining  bajarilganligini  anglatardi.  Aynan  shu  talablarning 
bajarilganligi  tomoshabinlarni  film  qahramonlarining  barchasi 
birgalikda ketayotganliklariga ishontirgan bo‘lardi. 
Mavzuli  montaj  uslubi  deganda  4  ta  va  undan  ortiq 
kadrlarni  yagona  bir  mavzu  doirasida  birlashtirish  tushuniladi. 
Kadrlarning  soni  muallifning  qanday  mavzuni  tanlaganiga  va 
uni  qay  tartibda  yoritib  berishni  maqsad  qilib  olganligiga 
bog‘liq  bo‘ladi. Ularning soni 5 ta, 10 ta, 15 ta yoki undan ham 
ko‘p bo‘lishi mumkin.  
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  mavzuli  montaj  uslubida 
filmlar 
yaratishda 
kadrlarning 
qanday 
vaqtda 
tasvirga 
olinganligi,  kim  tomonidan  va  qanday  usullardan  foydalanib 
tasvirga  olinganligining  zarracha  ahamiyati  yo‘q.  Rejissyor 
huddi turli rangli toshlardan munchoq yasovchi zargar kabi turli 
usullarda  tasvirga  olingan  lekin  mazmun  jixatdan  yagona 
mavzuda oid kadrlardan bir butun film yaratadi. To‘g‘ri, olingan 
kadrlarning  sifati,  ularning  formati,  texnik  ko‘rsatkichlari  bir-
biriga yaqin bo‘lishi lozim, lekin ba’zi filmlarda bu talablarning 
ham ahamiyati qolmaydi.  
Ba’zan  montajning  bu  usulida  butun  boshli  filmlar 
yaratiladi.  Lekin,  odatda  bu  usulda  filmlar  yaratishda  faqatgina 
olingan  kadrlarning  mavzu  jihatdan  birligi  yetarli  emas.  Har 
doim  bir  mavzudagi  kadrlar  ketma-ketligiga  o‘zgacha  kayfiyat 
beruvchi,  unga  mazmundorlik  baxsh  etuvchi  qandaydir 
elementlarga  ehtiyoj  tug‘iladi.  Xujjatli  filmlarda,  ijtimoiy 
roliklarda, kinoetyudlarda ko‘pincha shu usuldan foydalaniladi. 
Misol  uchun,  rejissyor  zavod  qurilishida  ishchilar  qanday 
g‘ayrat bilan ishlayotganliklarini ko‘rsatishni maqsad qilib oldi. 
U avvalo operator bilan “Ish avjida” degan ana shu mavzuga oid 


183
 
 
kadrlarni  tasvirga  olishni  boshlaydi:  ishchi  toshli  yerga  kirkani 
zarb  bilan  urdi,  g‘isht  teruvchi  usta  g‘isht  termoqda,  duradgor 
bolta  bilan  yog‘ochni  chopyapti,  ishchi  yer  qazimoqda, 
elektromontyor 
kabellarni 
simyog‘ochga  ulamoqda,  ish 
boshqaruvchi  ishchiga  chizmani  tushuntirmoqda,  samosval 
kuzovidan shag‘al to‘kilmoqda, kran suyuq beton solingan katta 
chelakni shundoqqina kamera ustiga olib keladi, buldozer qumni 
yuklamoqda, hamma yoqqa chang  ko‘tarilgan va hokazo.  
Operator  albatta  kadrlarni  tasvirga  olishda  eng  yaxshi 
nuqtalardan,  rakurslardan  ma’lum  ijodiy  yondashuv  bilan 
tasvirga  tushiradi.  Kadrlar  asosan  o‘rta  va  yirik  planlarda,  ish 
qurollari,  inson  qo‘llari,  gavdasining  harakati  iloji  boricha 
ekranning  katta  maydonini  egallaydigan  qilib  tasvirga  olinadi. 
Rejissyor ham montaj qilishda harakatlarning eng faol va yorqin 
ifodalangan  lahzalarni  tanlaydi.  Lekin  bunday  usulda  montaj 
qilishda  odatda  bir  xil  yo‘nalishdagi  yoki  bir-biriga  yo‘nalish 
jihatdan  yaqinroq  bo‘lgan  harakatlar,  hatto  birinchi  kadrdagi 
harakatni  ikkinchisi  davom  ettirayotgandek  taassurot  beruvchi 
harakatlar  aks  etgan  kadrlarni  o‘zaro  montaj  qilish  yaxshi 
samara beradi.  
Buni  so‘zlar  bilan  tushuntirish  bir  oz  mushkul,  yaxshisi 
buni ko‘rish va sinab ko‘rish kerak. 
Olingan  kadrlarni  rejissyor  dinamik  va  g‘ayratli  musiqa 
bilan montaj qiladi va natijada, tomoshabinda qurilishda rostdan 
ham “ish avjida” ekan degan umumiy tasavvur hosil bo‘ladi. 
Kinematografchilar 
jargonida 
bu 
uslubni 
ba’zan 
kadrlarning  qisqa  muddatlarda  tez-tez  o‘zgarib  turganligi  uchun 
“bobsley”  deb  ham  atashadi.  Bobsley  bu  –  bir  necha  o‘rinli 
boshqariladigan 
sport 
chanasida 
o‘tkaziladigan 
sport 
musobaqasidir.  Bunday  chanalar  2  va  4  o‘rinli  bo‘lib,  ularning 
tezligi 
ba’zida  135-150  km/soatgacha  yetadi.  Bunday 
musobaqalarni  televidenie  orqali  translyatsiya  qilish  jarayonida 


184
 
 
chanalarning  juda  tez  harakatlanishi  tufayli  translyatsiya 
rejissyorlari  efirga  uzatilayotgan  kadrlarni  har  soniyada 
almashtirib  turishadi.  Bu  jargon  so‘z  aynan  shu  musobaqalarni 
efirga  uzatuvchi  rejissyorlar  va  operatorlar  orasida  birinchi 
bo‘lib tarqalgan bo‘lsa ajab emas. 
Mavzuli  montajga  yana  bir  misol  qilib  “sanash  usuli”ni 
keltirishimiz mumkin. 
Misol  uchun:  “Bugun,  Chukchalar  va  Belarussiyaliklar, 
Hitoyliklar  va  Avstraliya  aborigenlari,  amerikaliklar  va  arablar, 
yahudiylar 
va 
yaponiyaliklar 
asr 
uchrashuvi 
–  jahon 
chempionatining final bahsini tomosha qilmoqdalar”. Albatta bu 
matnga mos ravishda televizorlari oldida qiziqarli sport o‘yinini 
kuzatib  o‘tirgan  turli  millatga  mansub  futbol  muxlislari  ketma-
ketlik bilan har xil rakursli kadrlarda ko‘rsatiladi. Bunda har bir 
millat  vakillarining  tashqi  ko‘rinishlari,  liboslari,  futbol 
ko‘rayotgan  sharoitlari  bir-biridan  tubdan  farq  qilishi  kerak. 
Xuddi  shunday  usuldan  filmlarning  treylerlarida
37
  va  televizion 
anonslarda foydalaniladi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish