Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

Kadr  ichi  montaji  deb  –  harakatdagi  plastik  obrazlarni  statik 
plastik  obrazlar  bilan  kadrda  ob’ektlarni  harakatlantirish 
(mizanssena) usulidan hamda kameraning kadrdagi axborotni 
yangilanishini  va  voqeaning  rivojlanishini  ta’minab  beruvchi 
turli 
yo‘nalishlardagi  harakatidan  foydalangan  holda  
taqqoslashga aytiladi
33
.    
Kadr ichi montajining vositalari  
Umuman  olganda  kadr  ichi  montajini  amalga  oshirishga 
imkon  beruvchi  beshta  asosiy  usullari  mavjud  deyish  mumkin. 
Bular, 
1.  Mizanssena  –  kadr  ichida  ob’ektlar  va  qahramonlarning 
harakatlanishi. 
2.  Panorama  –  kameraning  bevosita  tasvirga  olish  vaqtida 
bir nuqtada turib o‘z o‘qi bo‘ylab burilishi, boshqacha aytganda 
bir tomondan boshqa tomonga sekin asta qaratilishi. 
3.  Harakatda  tasvirga  olish  yoki  harakatdagi  panorama 
(trevelling)  –  kameraning  bevosita  tasvirga  olish  vaqtida  biror 
harakatlanuvchi  vosita  ustida  (masalan,  mashina,  operatorlik 
rels-aravasi,  operatorlik  krani,  stedikamda,  dronda  yoki  qo‘lda) 
bir  nuqtadan  boshqa  nuqtaga  ko‘chishi,  ya’ni  harakatlanishi  va 
                                                      
33
 Bordwell, David (2005). The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge. 73-b. 


173
 
 
tasvirga olishi. 
4.  Panoramaning  trevelling  bilan  birga  olib  borilishi  – 
kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida biror harakatlanuvchi 
vosita ustida bir  nuqtadan boshqa nuqtaga harakatlanishi va shu 
bilan  birga  bir  ob’ektdan  sekin-asta  boshqa  bir  ob’ektga 
qaratilishi. 
5. 
Mizanssenaning 
kameraning 
istalgan 
turdagi 
harakatlarini  bilan  birga  olib  borilishi  –  bunda  kadrni  tasvirga 
olishda  yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha  usullar  birvarakayiga 
foydalaniladi.  
Oddiy panoramaning ham 4 ta asosiy turlari bor: 
1.  Gorizontal  panorama.  Bunda  kamera  bir  joyda  shtativda 
yoki  operatorning  yelkasida  turganicha  o‘z  o‘qi  atrofida  aylana 
harakat qilib bir ob’ektdan boshqasiga buriladi, qaratiladi.  
2.  Vertikal  panorama.  Bunda  kamera  bir  joyda  shtativ 
kallagida  yoki  operatorning  yelkasida  turgan  holatda  yuqoridan 
pastga yoki pastdan yuqoriga  qaratiladi.  
3.  Diagonalnaya  panorama.  Bunda  gorizontal  va  vertikal 
panoramalar  birga  olib  boriladi.  Natijada  kamera  nigohi  bir 
vaqtning  o‘zida  pastdan-yuqoriga  va  chapdan-o‘ngga  buriladi. 
Bunga  misol  qilib  samolyotning  xavoga  ko‘tarilishini  tasvirga 
olish jarayonini keltirish mumkin.  
4.  Aylanma  panorama  –  bunda  kamera  tasvirga  olish 
paytida  bir  nuqtadan  turib  o‘z  o‘qi  atrofida  360  gradus  to‘liq 
aylanib tasvirga oladi. 
Shu  bilan  birga  oddiy  talaba,  kinohavaskor  bilishi  kerak 
bo‘lgan  ayrim  qoidalar  borki,  ularni  bilib  qo‘yish  aslo  zarar 
qilmaydi. 
Masalan,  uzun  fokus  masofali  ob’ektiv  bilan  tasvirga  olish 
paytida  kamera  bilan  tez  panorama  qilish  mumkin  emas.  Bunda 
ekrandagi  tasvirlar  chaplanib  ketadi  (tomoshabin  faqat  kadrda 
gorizontal    bo‘ylab    miltillayotgan  chiziqlardan  boshqa  hech 


174
 
 
narsani  ko‘rmaydi)  va  stroboskop  (kadrning  sakrashi)  effekti 
hosil  bo‘ladi.  Shuning  uchun  hatto  eng  oddiy  gorizontal 
panorama  ham  biror  aniq  maqsadni  ko‘zlagan  holda  amalga 
oshirilishi kerak. 
Tasvirga  olishni  panorama  bilan  boshlab  panorama  bilan 
tugatish  ham  mumkin  emas.  Professional  ijodkor  har  doim 
olayotgan  kadrini  boshqa  kadrlar  bilan  montajda  qanday 
ko‘rinishini  aniq  bilishi  shart.    Uzluksiz  panoramada  olingan 
kadrlarni statik ya’ni turg‘un holatdagi kadr bilan montaj qilinsa 
bu tomoshabinning ko‘ziga  yomon ta’sir qiladi. (Montajning 10 
ta  asosiy  tamoyillarini  eslang).  Doimo  panoramali  kadrni 
tasvirga  olishda  panorama  qilishdan  avval  kamida  4-5  soniya 
statik holatda turib keyin panorama boshlash kerak va panorama 
tugaganidan  keyin  ham  yana  4-5  soniya  statik  holatda  turish  va 
ana undan keyin kadrni to‘xtatish mumkin bo‘ladi.  
Gorizontal  yo‘nalishdagi  panorama  qilib  turib  birdaniga 
vertikal  yo‘nalishdagi  panoramaga  o‘tib  ketish  mumkin  emas. 
Chunki  inson  ko‘zi  biror  yo‘nalishdan  boshqasiga  moslashishi 
uchun  kamida  3-4  soniya  vaqt  kerak  bo‘ladi.  Bu  inson  psixo-
fiziologiyasi bilan bog‘liq.    
Panorama  unga  qo‘yiladigan  maqsadga  qarab  ham  turlarga 
ajratilishi  mumkin.  Ekran  ijodiyoti  amaliyotida  panoramaning 
uchta asosiy turi mavjud: 
Ko‘rinish  panoramasi  –  panoramaning  eng  sodda  usuli 
bo‘lib,  biror  joy,  tabiat  manzarasi,  xona,  maydonning  umumiy 
ko‘rinishini ko‘rsatib berish uchun foydalaniladi. Bunda kadrda 
biror  asosiy  ob’ekt  bo‘lmaydi,  aksincha  o‘sha  joyning  umumiy 
holati,  ko‘rinishi  yoki  atmosferasini  ko‘rsatib  berish  asosiy 
vazifa  bo‘ladi.  Misol  qilib  futbol  o‘yini  boshlanishidan  oldin 
ko‘rsatiladigan  stadionning  umumiy  ko‘rinishi  kadrlarini 
keltirish mumkin. 
Kuzatuv  panoramasi  –  panoramaning  ikkinchi  turi  bo‘lib, 


175
 
 
bunda  kameraning  harakati  biror  ob’ektni,  ob’ektlar  guruhini 
yoki  biror  voqeani  yaxshiroq  ko‘rsatib  berishga  yo‘naltirilgan 
bo‘ladi.  Misol  qilib  futbol  o‘yini  jarayonidagi  jarima  to‘pi 
tepilishining umumiy plandagi kadrlarini keltirish mumkin. 
Ta’qib  panoramasi  –  panoramaning  uchinchi  turi.  Bunda 
kamera  muayyan  aniq  bir  ob’ektni  kuzatadi  va  asosiy  maqsad 
uni  doimo  kadrda  ushlab  turishdan  iborat  bo‘ladi.  Misol  qilib 
futbol  o‘yini  translyatsiyasi  paytida  operatorning  to‘p  bilan 
harakatlanayotgan  biror  futbolchini    doim  kadrda  tutib  turishga 
urinishini keltirishimiz mumkin. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish