Кино ва телевидениеда монтаж


ichi  montaji  bu  –  davomiyligi  jihatidan  uzun  bo‘lgan,  ya’ni



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

ichi  montaji  bu  –  davomiyligi  jihatidan  uzun  bo‘lgan,  ya’ni 
o‘zida  ko‘pgina  voqealarni  qamrab  olgan  va  uzoq  davom 
etadigan  bitta  kadrdir
32
.  Umuman  olganda  kadr  ichi  montajiga 
aniq  va  tugal  berilgan  izoh  yoki  ta’rif  yo‘q.  Lekin,  bizning 
bergan ta’rifimiz ham to‘g‘ri.  
Kadr  ichi  montajidan  ovozsiz  kino  davridayoq,  kino 
endigina  ihtiro  qilingan  paytdayoq  faol  foydalanila  boshlangan. 
Aka-uka  Lyumerlarning    “Stansiyaga  poezdning  kirib  kelishi” 
va boshqa kadrlari kadr ichi montajiga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Bugungi kunda esa kino san’ati va televidenieda undan faol 
foydalaniladi.  Kadr  ichi  montaji  usullaridan  foydalanib  baddiy 
va hujjatli  filmlar, teleseriallar, videofilmlar,  musiqiy kliplar va 
reklamalar yaratilmoqda.  
                                                      
32
 
Ken Dancyger. The Technique of Film and Video Editing: History, Theory, and Practice.2007. 49-b.
 


165
 
 
Mavzu tushunarli bo‘lishi uchun kichik bir ko‘rinishni kadr 
ichi montaji yuzasidan taxlil qilib ko‘ramiz. 
Qiz  o‘z  tengdoshi  bo‘lgan  bir  yigitni  yoqtiradi.  Qizning 
ota-onasi  esa  bunga  tamomila  qarshi.  Ularning  o‘z  rejalari, 
orzu-xavaslari bor. 
Qizning ota-onasi farzandlariga boy va obruli xonadondan 
bo‘lgan  kuyovni  munosib  ko‘radilar.  Ularning  fikricha,  sevgi 
bilan  qorin  to‘ydirib  bo‘lmaydi  va  og‘zidan  ona  suti  ketmagan 
mishqi  “Romeo”  oila  boqishdek  jiddiy  vazifaga  hali  tayyor 
emas. 
Qiz  esa,  ota-onasining  bunaqa  fikrlashlaridan  norozi.  U 
faqat  sevgi  bor  bo‘lgan  joyda  baht  ham  bo‘ladi  deb  hisoblaydi, 
lekin  buni  ota-onasiga  jiddiy  turib  uqtira  olmaydi,  andisha 
qiladi. 
E’tibor  bering:  bir  vaziyatni  shunchaki  taxlil  qilish  uchun 
qancha  izoh  yozishga  to‘g‘ri  keldi.  Lekin,  bunisi  holva!  Bizni 
oldinda uzoq va mashaqqatli izohlar bo‘roni kutib turibdi. 
 
86-rasm. 
 
Voqea qizning xonasida kechki payt ro‘y beradi. Qiz onasi 
bilan  bo‘lib  o‘tgan  nohush  tortishuvdan  keyin  o‘z  xonasida, 
deraza  oldida  turib  ko‘kda  katta  barkashday  bo‘lib  ko‘rinib 
turgan  Oyga  termulib  yig‘lab  turibdi.  Shu  payt  kutilmaganda 
oshiq  yigit  paydo  bo‘ladi.  U  epchillik  bilan  bir  sakrab  qizning 


166
 
 
xonasiga  derazadan  kirib  oladi.  Qiz  bu  vaziyatda  biroz  o‘zini 
yo‘qotib qo‘yadi. Ota-onasi ko‘rib qolsa, yoki qo‘shnilardan biri 
ko‘rsa  nima  degan  gap  bo‘ladi,  ahir.  Yigit  qizni  bu  adolatsiz 
dunyoda  o‘z  sevgilari  uchun  kurashishga,  bu  yerlardan  qochib 
ketishga  undaydi.  Qiz  yigitni  ko‘chadagi  biror  odam  ko‘rib 
qolishidan  xavfsirab  xonaning  o‘rtarog‘iga  tortadi.  Ular  oyoq 
dupurlari  eshitirlmasligi  uchun  qizning  kravatiga  o‘tirib  olishdi 
va qochib ketish haqida baxslashishni davom ettiradilar.  
Kutilmaganda  xonaga  qizning  onasi  kirib  keladi.  U  yigitni 
ko‘rib  bir  muddat  karaxt  bo‘lib  qoladi.  Yigit  esa  tashqariga 
sakramoqchi bo‘lib deraza oldiga boradi. 
Onaning  ketidan  ota  ham  kirib  keladi.  U  ham  yigitni 
ko‘radi. Jaxl otiga minadi. 
Qiz esa nima qilishini bilmay dovdirab qolgan, aslida hech 
qanday  yomon  ish  qilmaganini  tushuntirish  ilinjida  bir  onasiga, 
bir otasiga mo‘ltiraydi. 
Yigit ham bu vaziyatda biror narsani tushuntirishga urinish 
besamar  ekanligini  anglab  biror  so‘z  aytmasdan  deraza  tomon 
yaqinlashadi. 
Qiz otasiga yuzlanadi. 
Yigit esa derazadan pastga sakraydi.  
Bu kadrni bitta kadrda va bitta harakatsiz nuqtadan tasvirga 
olish kerak. 
Odatdagidek,  mizanssena  chizmasini  chizib  olamiz.  Lekin 
avval  har  bir  kadrni  ekranda  qanday  aks  etishini  aniq  tasavvur 
qilib  olishimiz  va  mizanssenani  chizishda  ham  ana  shularni 
hisobga olishimiz zarur.  
Ekranda  bu  voqea  qanday  aks  etishini  tasavvur  qilib 
ko‘raylik. Shu ondayoq bir qator savollar yuzaga keladi: deraza 
qaerda  joylashgan,  eshik  qaerda,  kravat  qaerda  joylashgan, 
asosiysi esa, kamerani qaerga joylashtirish keragu, unga qanaqa 
ob’ektiv o‘rnatgan ma’qul? 


167
 
 
Avvaliga  xona  burchagini,  deraza  va  eshikni  joylashgan 
joyini    chizib  olamiz.  Kravatni  ham  xonaning  o‘rtarog‘iga 
chizamiz  (86-rasm).  Kamera  uchun  shunday  nuqta  tanlash 
kerakkki,  bu  nuqtadan  xona  kaftdek  ko‘rinib  tursin.  Ob’ektiv  – 
qisqa  fokus  masofali,  ya’ni  keng  burchakli.  Bunday  ob’ektiv 
birinchidan,  xonani  ekranda  to‘liq  aks  ettira  oladi,  ikkinchidan 
esa  xonada  harakatlanayotgan  barcha  aktyorlarni  tiniq,  ya’ni 
fokusda  aks  ettirishga  imkon  beradi.  Eshik  esa  kameraga 
yaqinroq  nuqtada  joylashadi.  Ana  shunda  eshikdan  kirib  kelgan 
odam  yirik-o‘rta  planda  kamera  oldida  paydo  bo‘ladi  va  bu 
bizga  kerak  bo‘lgan  “kutilmaganda  kirib  kelish”  effektini 
yaratishga  ham  imkon  beradi.  Bu  esa  tomoshabinga  ruhiy  ta’sir 
ko‘rsatib filmdan olayotgan taassurotini yanada kuchaytiradi. 
Mizanssenani  ko‘rib  chiqamiz  (87-rasm).  Qizning  ismini 
shartli  ravishda  Dildora  deb  ataymiz  va  uni  “D”  xarfi  bilan 
belgilaymiz.  Yigit  esa  Po‘lat  –  uni  “P”  xarfi  bilan  belgiladik. 
Chizmada  1  raqami  bilan  belgilangan  nuqta  esa  kamera 
joylashgan joy.  
Kadrning  uzoq  o‘ng  burchagida  deraza  yonida  Dildora 
turibdi.  U  oq  libosda.  Derazadan  Po‘latning  avval  boshi,  keyin 
tanasi  ko‘rinadi.  Yigit  derazadan  sakrab  xonaga  kiradi. 
Gaplashishadi. Hamma voqea umumiy planda sodir bo‘ladi. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish