Кино ва телевидениеда монтаж


 Izchil montaj va parallel montaj



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

2.1. Izchil montaj va parallel montaj 
Izchil montaj 
Montajning bu turi eng sodda va eng ko‘p tarqalganidir. 
Televizion  ko‘rsatuv  yoki  filmning  mazmuni  va  voqeasi 
tomoshabin  uchun  harakat  va  vaqt  jihatdan  hech  qanday 
uzilishlarsiz  bir  tekisda  rivojlanib  boruvchi  montaj  usuli 
davomli yoki izchil montaj deb ataladi.  
Bu  ta’rif  ekran  ijodining  barcha  turlari,  janrlariga  hox  u 
badiiy  film,  xujjatli  film,  televizion  ko‘rsatuv  yoki  o‘quv  filmi 
bo‘lsin birdek daxldor. 
 
Yashil eman dengiz bo‘yida; 
Oltin zanjir eman bo‘ynida; 
Olim mushuk kecha va kunduz 
Zanjir bo‘ylab yuradi xanuz; 
O‘ngga yursa – qo‘shiq boshlaydi, 
Chapga yursa – ertak so‘zlaydi. 
 
Pushkin hamma narsani juda oddiy ifodalagan. 
1). Dengiz bo‘yida, sohilda bir tup eman bor. 
2). Bu emanga oltin zanjir bog‘langan. 
3). Zanjirning uchiga esa mushuk bog‘langan. 
4). Mushuk u yoqdan bu yoqqa yuradi. 
5). O‘ngga yursa qo‘shiq kuylaydi. 
6). Chap tomonga yursa ertak aytishni boshlaydi. 
Bu  hikoyani  ekran  uchun  quyidagi  tartibda  tasvirga  olish 
mumkin.  Bu  ketma-ketlikda  birinchi  o‘rinda  dengiz  sohiliga 
yaqin  turgan  eman  daraxtining  murakkab  statik  tasviri  olinadi. 
Bu  olis  plan  bo‘ladi.  Voqeaning  qolgan  qismini  bunday  olis 
planda  ko‘rsatib  berishning  iloji  yo‘q.  Chunki  hamma  narsa 
juda  kichik  bo‘lib  ko‘rinadi  va  tomoshabin  ularni  ko‘rishi  va 
tushunib olishi qiyin bo‘lardi.  
Bizning  tasviriy  ketma-ketlikda  (A.S.Pushkinning  adabiy 
ssenariysiga  muvofiq)  ikkinchi  o‘rinda  eman  daraxtining  bir 


155
 
 
qismi  tasvirga  olinadi.  Lekin  bu  kadr  (montajning  to‘qqizinchi 
tamoyiliga  asosan)  tasvirga  olish  nuqtasi  o‘zgarilgan  holda 
tasvirga olinadi. Emanning qalin shoxiga zanjir bog‘langan. 
Diqqat  qiling,  ikkinchi  kadrda  o‘z  aksini  topgan  eman 
daraxtining  shoxi,  birinchi  kadrda  (olis  planda)  ko‘ringan 
daraxtning  bir  qismi  sifatida  tomoshabinlar  tomonidan  osonlik 
bilan idrok etiladi. 
Bu  vaziyatda,  birinchi  kadrda  uch  oddiy  unsurlardan, 
ya’ni  dengizning  bir  qismi,  sohil,  eman  va  yana  “nimadir”dan 
iborat  murakkab  obraz  o‘z  aksini  topgan.  Bu  “nimadir”  haqida 
biz  tomoshabinga  sekin  asta  ma’lumot  berib  borishimiz  lozim. 
Bu  yerda,  garchi  juda  jo‘n  va  primitiv  bo‘lsada  tomoshabinda 
hikoyaga  nisbatan  qiziqishni  yanada  ortishiga  sabab  bo‘ladigan 
intriga yashiringan. 
Tomoshabinlar  o‘zida  murakkab  obrazni    ifoda  etgan 
ikkinchi  kadrni  (eman  daraxtining  bir  qismi  va  zanjirning  bir 
uchini) ko‘rdi va bu zanjirning boshqa uchi qaerda ekanligi va u 
yerda 
nima 
borligi 
bilan 
qiziqib 
qoldi. 
Biz 
ham 
tomoshabinlarning  bu  qiziquvchanligini  qondirish  uchun 
tasviriy  ketma-ketlikka  uchinchi  kadrni  montaj  qilamiz  va 
zanjirga  bog‘langan  mushukni  ko‘rsatamiz.  Shu  payt  mushuk 
o‘rnidan  turib,  o‘ng  tomonga  yurib  qo‘shiq  kuylaydi.  Mushuk 
harakatlana  boshlaydi  va  biz  ham  uni  kadrda  maydonida  tutib 
turish uchun panorama qilamiz. 
Filmimiz  qahramoni  (mushuk)  birinchi  harakatni  amalga 
oshirdi,  keyin  ikkinchi, undan keyin uchinchi harakatni  bajardi, 
ya’ni  u  avval  o‘rnidan  turdi,  keyin  yurdi  va  nihoyat  qo‘shiq 
kuyladi.  Ekranda  uch  xil  harakat  obrazi  o‘z  aksini  topdi.  Kadr 
bo‘lsa  faqat  bitta.  Mushukning  harakatlarini  fonning  harakatsiz 
obrazi  bilan  taqqoslash  orqali  harakat  obrazlarining  kadr  ichi 
montaji yaratildi. 
Lekin  biz  mushukning  ertagini  oxirigacha  eshitishni 
istamaymiz. Bu juda uzoq vaqtni talab etadi. Bizning vazifamiz 
aniq,  ya’ni  A.S.Pushkinning  “ssenariysiga”  amal  qilish.  Biz 


156
 
 
keyingi  voqeaga,  navbatdagi  kadrga  o‘tishimiz  uchun  harakatni 
uzishimiz  kerak,  lekin  uni  shunday  qilishimiz  kerakki, 
tomoshabin  bir  kadrdan  boshqasiga  o‘tganimizni,  juda  qisqa 
vaqt ichida ro‘y bergan bu uzilishni sezmay qolishi kerak. 
Bu  holatlar  uchun  kinematograf  perebivka  (chalg‘itish) 
usulini  ixtiro qilgan (bu haqda keyin batafsilroq). Chalg‘ituvchi 
(perebivka)  kadri  uchun  yangi  ob’ekt  aks  etgan  yangi  kadrni 
suratga  olish  kerak  va  albatta  bu  kadrda  asosiy  tasvirga 
olinayotgan  ob’ekt  bo‘lmasligi  kerak.  Bizning  vaziyatda  bu 
Mushuk 
va 
biz 
chalg‘ituvchi 
kadrni 
tasvirga 
tushirayotganimizda  shu  joydagi  istalgan  narsani  tasvirga 
olishimiz  mumkin,  lekin  Mushukni  emas.  Bu,  masalan 
Mushukning  bo‘yniga  bog‘langan  oltin  zanjirning  bir  qismi, 
dengizning  chayqalishi,  eman  daraxti,  uning  shohidagi  qushlar 
bo‘lishi  mumkin.  Bu  yo‘l  bilan  biz  vaqtni  qisqartirish 
maqsadimizga  erisha  olamiz.  Mushuk  bir  qo‘shiqni  kuylay 
boshlaydi  va  siz  yangi  kadr,  yangi  ob’ektni  ko‘rasiz,  ya’ni 
zanjirni.  Zanjir  toshlar  uzra  sudralib  jiringlaydi.  Uning  harakati 
to‘xtashi  bilan  biz  yana  Mushukning  kadriga  qaytishimish 
mumkin. 
Montajning  birinchi  tamoyiliga  amal  qilishimiz  zarur. 
Aynan  bir  ob’ektni,  ya’ni  mushukni  tasvirga  olayotganimizda 
uning  o‘zn  tomonga  yurib  qo‘shiq  kuylashini  va  shu  zaxotiyoq 
keyingi  kadrda  uning  chap  tomonga  yurib  ertak  aytishini 
ko‘rsatib berishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi. To‘g‘ri yo‘l tutish uchun 
Mushukning  o‘ng  tomonga  yurib  qo‘shiq  aytishini,  uni  aytib 
tugatishi  va  ana  undan  keyin  chapga  o‘girilganini  suratga 
olishimiz  zarur  bo‘ladi.  Mana  shundan  keyingina  bir  uning 
chapga yurib ertak aytishini ko‘rsatishimiz mumkin. Bunga esa, 
yuqorida  aytganimizdek,  bizning  vaqtimiz  yo‘q.  Shunday  ekan, 
Mushukning  bu  ikki  harakati  aks  etgan  kadrlarning  o‘rtasiga 
chalg‘ituvchi  kadr  qo‘yish  bilan  bu  masalani  yechamiz. 
Chalg‘ituvchi  kadr  ketma-ketlikka  montaj  qilinganidan  so‘ng 


157
 
 
tomoshabinda  “Mushuk  ekranda  yo‘q  paytida  o‘z  yo‘nalishini 
o‘zgartirdi”  degan  fikrga  keladi.  Biz  beshinchi  kadrda 
Mushukning hikoya aytayotganini tasvirga tushiramiz. Ana endi 
biz  “adabiy  ssenariy”da  yozilgan  har  bir  narsani  tasvirga  oldik 
deb  ayta  olamiz  (85-rasm).  Biz  izchil  montaj  shartlariga  to‘liq 
amal  qildik  va  asar  voqeasini  tartibli  ketma-ketlikda,  izchil 
ravishda  to‘liq  yoritib  berdik.  Bu  ketma-ketlikdagi  har  bir  kadr 
o‘zidan  oldingi  kadrda  aks  etgan 
elementlarni  yoki  ularning  bir 
qismini  o‘zida  aks  ettirdi:  ikkinchi 
kadrda  –  bu  eman  daraxtining  bir 
qismi  edi,  uchinchi  kadrda  –  bu 
zanjir  edi,  to‘rtinchida  ham  zanjir, 
beshinchi  kadrda  ham  zanjir  va 
Mushukning  o‘zi.  Har  bir  kadrdan 
kadrga  o‘tishda  biz  tomoshabinga 
bundan  oldingi  kadrda  aks  etgan 
“eski” 
ob’ektni 
tanib 
olish 
imkoniyatini berdik. 
Siz  o‘zaro  solishtirish  orqali 
A.S.Pushkin  asaridagi  voqea  bilan 
biz  tuzgan  raskadrovka  orasidagi 
farqni 
topishingiz 
mumkin. 
Adabiyotda  ikkita  va  hatto  undan 
ortiq  alohida-alohida  harakatlarni 
ham  bir  paytning  o‘zida  so‘zlar 
orqali  ifoda  etish  mumkin,  lekin 
ekran  san’atida  bunday  “usul”ni 
qo‘llash  mumkin  emas.  Ekran 
san’ati  har  bir  harakatni,  voqeani 
birma-bir 
ko‘rsatib 
berishni, 
kadrdan  kadrga  o‘tishda  sekin-


158
 
 
astalik  bilan,  ob’ektning  harakatlarida  hech  qanday  sakrashlar 
va  uzilishlarsiz  o‘tishni  talab  etadi.  Bu  shartni  bajarish  uchun 
biz ham  raskadrovkada “perebivka”dan  foydalandik – to‘rtinchi 
kadr. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish