Eng maqbul yechim shundan iboratki, operator har
qanday panoramani yoki harakatdagi ob’ektlar aks etgan
kadrlarni doimo statik tasvirdan boshlab statik holatda
tugatishi kerak
27
.
Panoramaning boshida ham 2-3 soniya va so‘ngida ham 2-
3 soniya statik tasvirni qoldirish kerak. Odatda har qanday
panoramani, uning turidan va kelajakda montajda qaysi kadr
bilan bog‘lanishidan qat’iy nazar, yuqorida aytilgan usulda
tasvirga olinadi.
Kadrdagi asosiy massa harakat yo‘nalishi bo‘yicha montaj
– ekran san’atlarida kadrlar montajining eng ko‘p tarqalgan
turidir. Uning bir nechta buzilmas qoidalari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |