Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

harakat  bilan  to‘lgan.  Tomoshabin  ham  o‘z  nigohini  kadr 
makonini  deyarli  to‘liq  egallab  olgan  vagonlar,  po‘lat  izlar  va 
temir  qildiraklardan  iborat  massa  harakatini  idrok  etish  uchun 
moslashtirdi.  Va  aynan  shu  onda,  tomoshabin  ko‘zlari 
harakatlanayotgan  poezdni  ko‘rish  uchun  moslashib  ulgurgan 
paytda, siz navbatdagi kadrni ko‘rsatasiz. 
Ikkinchi  kadr  –  qahramonimiz  darcha  ortida  aks  etgan 
o‘rmon  fonida  o‘tiribdi.  Ikkinchi  kadr  ham  harakat  bilan 
to‘lganbiroq endi harakat chapga yo‘nalgan. 
Xo‘sh,  nima  bo‘pti?  –  deya  yana  so‘rashingiz  mumkin. 
Biroq, kadrlar chizmasidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor bering (78-
rasm). 
Birinchi  kadrda  ham  harakat  ko‘p,  ikkinchi  kadrda  ham 
harakat  faol...  Biroq,  ulardagi  harakatlar  bir-biriga  qarama-
qarshi  tomonga  yo‘nalgan.  Kadrlarning  bunday  almashinuvi 
natijasida  tomoshabin  huddi  ko‘ziga  tarsaki  yegandek  bo‘ladi. 
Bunday  vaziyatida,  tomoshabinlarga  filmni  ko‘rish  qulayligi 
haqida,  hatto  gap  ham  bo‘lishi  mumkin  emas!  Strelkalar  bilan 


144
 
 
harakatlanayotgan  massa  ko‘rsatilgan,  nuqtalar  bilan  esa  ekran 
chegaralariga nisbatan harakatsiz bo‘lgan tasvirlar belgilangan.  
 
78-rasm. 
 
Mana  qanaqa  xatolikka  yo‘l  qo‘yilgani  ham  aniq  bo‘ldi... 
Endi nima qilish mumkin? 
Agar  o‘z  tasavvuringizni  bir  oz  ishga  solib  ko‘rsangiz  va 
xayolan  tasvirga  olish  va  montajning  bir  nechta  variantlarini 
ko‘rib  chiqsangiz,  butkul  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  siz 
albatta  ham  effektli,  ham  ifodali  va  shu  bilan  birga  tomoshabin 
uchun  ko‘rish  qulayligi  ta’minlangan  to‘g‘ri  variantni  topa 
olasiz. 
Birinchi  tasvirga  olish  nuqtasini  o‘zgartirmasa  ham 
bo‘ladi.  Faqat,    tasvirga  olishni  bir  oz  avvalroq  boshlash  kerak 
bo‘ladi  (79-rasm).  Bir  nechta  vagonlarni  tasvirga  olib 
bo‘lgandan  so‘ng  zudlik  bilan  poezd  harakatlanayotgan 
tomonga  panorama  qilishni    boshlash  kerak.  Panorama  tezligi 
shunday  bo‘lishi  kerakki,  vagonlardan  biri  ekran  markazini 
egallab turishi kerak. Shpallar, yer va atrof peyzaji esa qarama-
qarshi  tomonga  harakatlanishi  kerak.  Odatda,    buning  uchun 
operator  poezddagi  biror-bir  detalni,  masalan  poezd  darchasini 
mo‘ljal qilib oladi va uni kadr markazida tutgan holda kamerani 
buradi,  ya’ni  panoramani  amalga  oshiradi.  Bu  usul  kuzatish 
panoramasi deb ataladi. 


145
 
 
 
79-rasm. 
 
Banday  usuldan  foydalanish  orqali  biz  o‘z  oldimizga 
qo‘ygan  vazifani  yarmini  hal  qildik  desak  ham  bo‘ladi.  Biz 
tasvirga  olayotgan  vagon  qandaydir  bir  muddatga  o‘zining 
ekran ko‘ndalangi bo‘ylab faol harakatini to‘xtatganday bo‘ladi. 
Bunga biz kamerani panorama qilishimiz jarayonida aynan bitta 
vagonni  tanlab  olib  uni  kadr  markazida  tutib  turishga 
urinishimiz  sababdir.  Bunda  ushbu  vagon  kadr  chegarasiga 
nisbatan  harakatsiz  bo‘ladi.  Endi  biz  harakatni  osmon  va 
relslarning 
vagonga 
nisbatan 
qarama 
qarshi 
tomonga 
harakatlanayotganligi  bilan  ilg‘ab  olamiz.  Lekin,  vagon  uzoqqa 
ketib  qolmasidan,  10-15  soniya  ichida  biz  navbatdagi  kadrga 
o‘tish  uchun  zamin  yaratishimiz  hamda  bu  montaj  o‘tishini 
tomshabinlarga  qulay  holda  amalga  oshirishimiz  kerak  (80-
rasm).  
Demak, 
birinchi 
kadrni 
quyidagi 
kompozitsiyadan 
boshlagan  ma’qul  –  statik  kadrda  kamera  tomonga  poezd 
yaqinlashib  kelmoqda  (1  “a”).  Keyin  biz  ixtiyoriy  bir  vagonni 
o‘zimiz  uchun  mo‘ljal  sifatida  belgilab  olamiz  va  uni  kadrdan 
chiqarib  yubormaslik  uchun  kuzatuv  panoramasini  amalga 
oshiramiz.  Panoramani  chizmada  1  “b”  bilan  ko‘rsatilgan 
holatga  yetib  kelgunga  qadar  davom  ettiramiz  va  shu  bilan 
birinchi kadrni tasvirga olishni tugatish mumkin.  


146
 
 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish