80-rasm.
Ikkinchi
kadr.
Kadrdan
kadrga
o‘tish jarayonini
tomoshabin uchun yanada silliq va sezilmas bo‘lishi uchun
ikkinchi kadrga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘ladi.
Buning uchun qahramonni vagon oynasi yoniga o‘tirgizib
qo‘yish kerak va bunda vagon oynasi kadrda egallagan maydon
kadr umumiy maydonining uchdan bir qismidan ortib ketmasligi
kerak.
Agar bu kadrlar montajiga shiddat bilan harakatlanib
ketayotgan poezd va relslar ovozini montaj qilsak, u holda
tomoshabin poezdning tezligi va shiddatini rostmana his qilishi
mumkin.
Endi bu epizod montajini tomoshabinlar tomonidan
qanday qabul qilinishini ko‘rib chiqamiz. Kuzatuv panoramasini
147
amalga oshirish orqali biz tomoshabinga o‘z ko‘zini ekranni
qariyb
to‘liq egallab olgan “massa”ning ma’lum bir
yo‘nalishdagi harakatiga moslashtirib olishga imkon beramiz.
Aynan shu holat harakat aks etgan bir plandan ikkinchisiga
silliq va sezilarsiz o‘tishiga sharoit yaratdi.
Biz
tomoshabin
ko‘zini vagonning ma’lum bir
yo‘nalishdagi harakatiga moslashib olishiga sharoit yaratib
berdik va ikkinchi kadrda ana shu harakatni shu yo‘nalishda
davom ettirdik. Hatto, agar biz yuqorida ko‘rib chiqqan birinchi
misoldagi
ikkinchi
kadrni
(78-rasm)
o‘zgarishsiz
qoldirganimizda ham bu montaj tomoshabin uchun deyarli
sezilmas bo‘lardi va yaxshi idrok etiladi.
Balki, keltirgan bu misollarimiz kimdir uchun tushunarsiz
bo‘lgandir. Bu holatni yanada to‘g‘ri va to‘liqroq tushunib
yetish uchun albatta uni harakatda, ya’ni video shaklida ko‘rib
chiqish kerak. Keling, yana bil misolni ko‘rib chiqamiz.
Katta yo‘l bo‘ylab avtomobil harakatlanib ketmoqda. Uni
siz sevgan qahramon, aytaylik Jeyson Born boshqarib
ketmoqda. Muhokamani avval uning o‘rta planidan boshlaymiz.
Birinchi kadr – Born kabrioletda, ya’ni usti ochiq mashinada
o‘tiribdi. Kadr shunday tasvirga olinganki ekranda faqat
Bornning o‘zi ko‘rinadi, mashinaning hech bir qismi, aytaylik,
ruli, peshoynasi kadrda aks etmagan (81-rasm).
81-rasm.
148
Ikkinchi kadrni statik holatda, ya’ni harakatsiz tasvirga
olamiz. Olis plan – uzoqdan trassa bo‘ylab harakatlanib
yaqinlashib kelayotgan avtomashina (82-rasm). Bu holatda ham
kadrdagi ob’ektning harakat yo‘nalishi bo‘yicha montaj talablari
to‘liq bajarilgan.
82-rasm.
Har ikkala kadrni tasvirga oldik va montaj qildik. Ekranda
hosil bo‘lgan natijani ko‘rib chiqamiz. U esa nimagadir yaxshi
chiqmadi. Tomoshabinning bu epizod montajidan oladigan
taassurotini tahlil qilib ko‘ramiz. Yana kadrdagi harakatda
bo‘lgan va harakatsiz nuqtalarni strelkalar va nuqtalar bilan
belgilab olamiz.
Birinchi kadrda haydovchining gavdasi ekran maydonining
taxminan to‘rtdan bir qismini egallagan. Ekranning qolgan
qismi, ya’ni to‘rtdan uch qismini harakatlanayotgan massa
egallab olgan va u o‘ngdan chapga yo‘nalgan.
Ikkinchi kadrda harakatlanayotgan asosiy massa ekran
maydonining o‘ttizdan bir qisminigina egallagan, biroq u
aksincha, chapdan o‘ngga harakatlanmoqda. Umuman olganda,
ikkinchi kadrni harakatsiz tasvir deb hisoblash mumkin (83-
rasm).
Kadrlarning bu ko‘rinishdagi montajini, undan olingan
natijani ko‘rish jarayonida tomoshabin ko‘zi murakkab
masalaga duch keladi. Gap shundaki, birinchi kadr tugab
ekranda navbatdagi kadr paydo bo‘ladi va ikkinchi kadr ekranda
paydo bo‘lishi bilan “sakrash”ni his qiladi. U avvaliga
149
ekrandagi massaning, ya’ni ekranning katta qismini egallagan
ob’ektning o‘ngdan chapga harakatiga moslashadi, inersiya
oladi. Keyin esa tamomila statik bo‘lgan ikkinchi kadr paydo
bo‘ladi va tomoshabinning birinchi kadrdagi faol harakatga
moslashib olgan ko‘zi bu kutilmagan to‘htash sabab bir oz
idrokni yo‘qotadi.
83-rasm.
Ekrandagi harakat kutilmaganda nega to‘xtab qolgani,
aslida nima bo‘layotganini anglab yetishi va yangi harakatga
moslashishi uchun ko‘zimizga bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Agar,
bu harakat yo‘nalishi avvalgisiga tamomila teskari yo‘nalgan
bo‘lsa muammo yanada jiddiylashadi.
Inson ko‘zi o‘ziga hos inersiyaga ega bo‘lib, u ham huddi
fizik jismlar inersiyasiga o‘xshash xususiyatga ega. Faol harakat
aks etgan kadr bilan harakatsiz kadrni o‘zaro montaj qilinganda
huddi avtobus katta tezlikda borayotib birdaniga tormoz olgan
vaziyatdagidek jarayon yuz beradi. Avtobusning harakat
tezligiga moslashib olgan avtobus ichidagi yo‘lovchilar
birdaniga berilgan tormoz natijasida qay axvolga tushishlarini
hammamiz yaxshi bilamiz. Yo‘lovchilar bunda turli shikastlar
olishi turgan gap. Ko‘z bilan ham shunday, harakatdagi kadr
ketidan ulangan statik tasvir ham tomoshabin uchun noxush
150
yangilik bo‘ladi va ko‘ziga zarbdek tegadi.
Muammoni hal qilish va tomoshabinga filmni ko‘rishda
yetarlicha qulaylik yaratib berish uchun ikkinchi kadrning
tasvirga olishi nuqtasini, uning kompozitsiyasi va tasvirga olish
usulini bir oz o‘zgartirish mumkin. Avtomashina harakatini
yonroq tomondan ko‘rsatib berish uchun kamerani avtomobil
yo‘lidan bir oz uzoqroqqa joylashtirish kerak. Kadrlar montajini
esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomashinani kuzatuv panoramasidan
boshlash kerak. Bunda avtomashinaning ortida aks etgan fon
tasvirlarining harakat yo‘nalishi avtomashinaning o‘z harakat
yo‘nalishi bilan yaqin bo‘ladi. Faqat bunda kadrlardagi orqa fon
tasvirlarining harakat tezligi va tempi har ikkala kadrda ham bir
xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Agar kamerani mashinadan
uzoqroqqa joylashtiradigan bo‘lsak, unda asosiy massa harakati
pastroq ko‘rinishi mumkin va unda tomoshabin kadrlar ulangan
joyda baribir “qoqilish”ni boshdan kechiradi. Ortiqcha “bosh
og‘riqlar” kelib chiqmasligi uchun yaxshisi bu epizodni bir
nechta variantlarda va turli fokus masofali ob’ektivlardan
foydalangan holda tasvirga olish kerak.
Ikkinchi variant. Birinchi kadrda, aniqrog‘i uning oxirida
xaydovchi Jeyson Bornning yirik planidan avtomobilning 120
km/soat tezlikni ko‘rsatib turgan spidometriga panorama qilish
kerak. Shu yo‘l bilan biz kadrni statik tasvir bilan yakunlashga
erishamiz. Bu esa kadrdan-kadrga silliq va “qoqilish”larsiz
o‘tishga zamin yaratadi.
Va nihoyat, kadrdagi asosiy massa harakat yo‘nalishi
bo‘yicha montajning asl mohiyatini ochib beruvchi chizmani
ko‘rib chiqamiz. Unda bu tamoyilning mohiyati juda tushunarli
yoritib berilgan.
Yetarlicha bilimga ega bo‘lmaganliklari tufali ba’zida
yosh rejissyorlar bir-biriga qarama qarshi yo‘nalishda tasvirga
olingan ikkita panoramali kadrlarni ketma-ket montaj qilishga
urinadilar (84-rasm).
151
84-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |