1.3 Ikkinchi tamoyil:
Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj
Bu mavzuda montajning ikkinchi tamoyili talablari va
qoidalari yoritib berilgan. Tomoshabin uchun film voqealari
sodir bo‘layotgan makon haqida to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish
bu tamoyilning asosiy talabi hisoblanadi.
Bu tamoyil, nazarimizda, montajning eng muhim
tamoyillaridan biri bo‘lib, u kadrda ikkita va undan ortiq
ob’ektlar, insonlar o‘zaro munosabatda bo‘lgan vaziyatlarda
voqeani tomoshabinga tushunarli qilib yetkazib berishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bunday sahnani, ya’ni ikkita inson o‘zaro suhbat
qurayotgan sahnani qanday qilib to‘g‘ri tasvirga olish mumkin?
Kameralarni
qaysi
nuqtalarga
qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
Ishtirokchilari soni 2 tadan 100 tagacha, hatto undan ko‘p
bo‘lgan vaziyatlarda kadrlarni qanday tasvirga olish lozim?
Biror makon yoki joyda sodir bo‘layotgan voqea haqida
tomoshabinga qanday qilib to‘g‘ri taassurot uyg‘otish mumkin?
Keling, bu savollarga javob topishni quyidagi eng sodda
vaziyatni
ko‘rib chiqishdan boshlaymiz: alohida-alohida
tasvirga olingan ikkita insonning yirik planlarini o‘zaro montaj
qilinganda ular huddi o‘zaro suhbatlashayotgandek bo‘lib
ko‘rinishlari uchun kameralarni qaysi nuqtalarga o‘rnatib
tasvirga olish kerak?
20-rasm.
56
Ishni bu sahnaning mizanssenasini (tasvirga olish
maydonchasi
chizmasini)
chizib
olishdan
boshlaymiz.
Kameralarni 1- va 2- tasvirga olish nuqtalariga o‘rnatamiz (20-
rasm).
Tasvirga olishdan so‘ng ekranda quyidagi natijani ko‘ramiz
(21-rasm).
21-rasm.
Bu vaziyatda ko‘rinib turibdiki, tomoshabin ekranda
o‘zaro suhbatlashayotgan insonlarni emas, balki ikkalasi ham
bir tomonga qarab turgan insonlarni ko‘rar ekan... Biroq bunday
bo‘lishi mumkin emas! Suhbatlashayotgan paytda odamlar bir-
birlariga qarab o‘tirishlari kerak-ku!
Keling, endi kameralarning nuqtalarini bir oz o‘zgartirib
ko‘ramiz. 1-kamerani shunday joylashtiramizki, kadrda janob
Aliev va bizga orqasi bilan turgan Begalieva xonimning
yelkasining bir qismi ko‘rinib turadi. Natijani yana bir bor
ko‘rib chiqamiz (22-rasm).
Ekranda hosil bo‘lgan natijani taxlil qilib ko‘ramiz.
Birinchi kadrda janob Aliev ro‘parasida turgan Begalieva
xonimga qarab turibdi. Bunga zarracha shubha yo‘q, albatta.
Biroq Begalieva xonim qayoqqa qarab turibdi? Shunisi aniqki, u
Alievga qarab turgani yo‘q! Unda u kimga qarab turibdi,
57
o‘zigami?
22-rasm.
Afsus! Biroq bu haqiqat, bizda u rostdan ham o‘ziga o‘zi
qarab turganday taassurot uyg‘onmoqda (23-rasm).
23-rasm.
Bir qarashda be’manilik... Biroq, agar siz xayolan 1-va 2-
tasvirga olish nuqtalariga o‘zingizni qo‘yib ko‘rsangiz bu
nuqtalardan olingan kadrlar ekranda rostdan ham huddi shu
ko‘rinishda bo‘lishiga ishonch hosil qilasiz!
Alievning ekranning chap tomonidan birdaniga o‘ng
tomonga o‘tib qolishi tomoshabin uchun tamomila kutilmagan
va tushunarsiz holat bo‘ladi. Bechora tomoshabinlar filmni
tomosha qilishni tashlab, qanday qilib bu vaziyat ro‘y berganlini
58
haqida o‘ylay boshlaydilar.
Bu muammoni yechish uchun, 2-tasvirga olish nuqtasini
keyingi mizanssenadagi kabi strelka bilan ko‘rsatilgan yangi
nuqtaga o‘tkazib ko‘ramiz (24-rasm).
24-rasm.
Tasvirga olish nuqtasini bu ko‘rinishga o‘zgartirish
ekranda ko‘rinadigan natijaga sezilarli o‘zgartirish kiritadi (25-
rasm).
25-rasm.
2-tasvirga olish nuqtasini o‘rnini o‘zgartirish orqali biz
janob Alievning makondagi o‘z qonuniy joyiga qaytardik. U
kadrning chap tomonidan joy oldi va o‘z nigohini suhbatdoshi
Begalieva xonimga qaratdi.
59
Montajning “Makonda bo‘ljal olish bo‘yicha montaj” deb
nom olgan 2-tamoyili quyidagi qoidaga asoslanadi: o‘zaro
Do'stlaringiz bilan baham: |