Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

Mizanssena rejasi deb tasvirga olish maydonchasi, undagi 
dekoratsiyalar  va  ularning  qismlari,  aktyorlar  va  ularning 
joylashishi,  harakat  yo‘nalishlari,  tasvirga  olish  nuqtalari  va 
kamera  harakat  traektoriyalari    aks  etgan  chizmaga  aytiladi. 
Undagi har bir tasvirga olish nuqtasi raskadrovka va rejissyorlik 
ssenariysidagi  kadrning  tartib  raqamiga  ega  mos  keluvchi  o‘z 
raqamiga ega.  
Har  bir  rejissyor  va  operator  o‘z  hamkasblariga  va  ijodiy 
guruhning  boshqa  a’zolariga  kadrda  nimalar  aks  etishi 
kerakligini,  qanday  yiriklikda,  qanday  rakursda  aks  etishi 
kerakligini  grafik  jihatdan  aniq  ko‘rsatib,  tushuntirib  bera 
olishlari,  kompozitsiyaning  asosiy  elementlarini  chizib  ko‘rsata 
olishlari  lozim.  Kino  ijodkorlarining  professional  aloqa  tili  ana 
shunaqa  g‘aroyib.  Qarangki,  bu  «til»  kino  tasvirga  olish 
guruhining  ikkinchi  tarkibi,  ya’ni  assistentlar  guruhi  bilan 
ishlashda  juda  qulay  ekan.  Rejissyor  assistenti  raskadrovkaga 
bir  nazar  tashlaydiyu  hammasini  shu  zahotiyoq  tushunadi  va 
navbatdagi kadrni tasvirga olishga tayyorlash uchun undan talab 
qilinadigan  barcha  ishlarni  boshlab  yuboradi.  Bu  til  yana  bir 
tomondan yalqov yordamchilarning “...men bilmagan edim buni 
qilish 
kerakligini...”, 
“...men 
tushunmagandim 
nima 
kerakligini...”  yoki  “...menga  hech  kim  aytgani  yo‘q...” 
qabilidagi  baxonalarni  to‘qib  chiqarishlariga  hech  ham  imkon 
qoldirmaydi. 
Xa!... Hamma  rejissyorlar ham Kuleshov emas, Repin ham 
va  Eyzenshteyn  ham  emas,  rejissyorlarning  hammasi  ham  hatto 
oddiy aylanani ko‘ngildagidek chiza olishmaydi. Shuning uchun 
ham  raskadrovka  ishlanmasini  tayyorlash  ba’zida  ikkita 
bosqichda  olib  boriladi.  Birinchi  bosqich:  rejissyorning  o‘zi 


26
 
 
hamma  kadrlar  va  mizanssena  rejalarini  rejissyorlik  ssenariysi 
bilan bog‘lagan holda birma-bir chizib chiqadi. Bu tasvirga olish 
ishlariga  tayyorgarlik  jarayoni  bo‘lib  chizilgan  kadrlar  juda 
unchalik  mukammal  bo‘lmasa  ham  filmning  asosiy  mazmun 
mohiyatini  ijodiy  guruhning  asosiy  a’zolari  tushunadigan 
holatda  bo‘ladi.  Bu  jarayonni  palov  pishirishdagi  osh  zirvagini 
tayyorlash  jarayoniga  o‘xshatish  mumkin.  Agar,  chizilgan 
raskadrovkadagi  rasmlarning  sifatida  juda  yomon  axvolda 
bo‘lsa, u holda kadrlarni chiroyli qilib boshqatdan chizib berish 
uchun  maxsus  “chizuvchi”  jalb  etiladi.  Rassom  rejissyorlik 
postanovka  loyihasiga  va  rejissyorning  chizmalariga  asoslanib 
raskadrovkaning  “toza”  variantini  chizib  chiqadi.  To‘g‘rida, 
“Onangni  otangga  bepardoz  ko‘rsatma”  deydi  dono  halqimiz. 
Postanovka  loyihasi  va  raskadrovkani  film  buyurtmachilariga, 
homiy yoki davlat organlari hodimlariga qing‘ir-qiyshiq holatda 
ko‘rsatilsa,  bu  film  uchun  ular  pul  ajratishdan  aynib  qolishlari 
hech  gap  emas.  Biroq  baribir  tasvirga  olish  jarayonida  rejissyor 
“bezalgan”  emas  balki  o‘zining  odmigina  raskadrovkasi  va 
postanovka  loyihasiga  asoslanib  ish  olib  boradi.  Chunki, 
rejissyor  bu  loyihaga  o‘zi  uchun  ahamiyatli  juda  ko‘p  belgi  va 
ma’lumotlarni kiritgan bo‘ladi.  
Ba’zida  rejissyor  filmni  tasvirga  olish  jarayonining  o‘zida 
postanovka  loyihasi  va  raskadrovkalarga  o‘zgartirish  kiritib 
yuborishi mumkin. Axir bu ijod jarayoni, “Ishtaha ovqat paytida 
ochiladi”  deganlaridek,  rejissyor  ham  ba’zida  o‘zining  yangi 
g‘oyalari,  ba’zida  tasvirga  olish  joyining  go‘zalligi  tufayli, 
ba’zida aktyorlarning betakror ijrosi sabab o‘zlarining dastlabki 
postanovka 
rejalariga 
o‘zgartirishlar  kiritadilar.  Bunday 
vaziyatlarda  rejissyorning  o‘zi  raskadrovkani  ham  tezlikda 
chizib beradi.  
Sahnaning  ikki  o‘lchamdagi  tasvirlari,  raskadrovkalar  va 
mizanssena  rejasi  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikni  ta’minlash 
bilan  birga,  ekranda  ko‘rinadigan  bo‘lajak  kadrlar  haqida  aniq 


27
 
 
tasavvur  hosil  qilishga  imkon  beradi.  Raskadrovka  va  
mizanssena  rejasida  albatta  kadr  ramkasi  ichida  (kinokamera 
nuqtai  nazaridan)  shartli  tasvirlar  chiziladi.  Tasvirga  olish 
maydonchasining  ishchi  chizmasida  asosiy  ob’ektlar,  aktyorlar 
va ularning joylashgan o‘rinlari va harakat yo‘nalishlari, kamera 
va  uning  joylashgan  o‘rni  (tasvirga  olishi  nuqtasi)  va 
ob’ektivlarning kadr qamrov burchaklari maxsus shartli belgilar 
orqali aks ettiriladi. 
Masalan,  raskadrovka  chizilayotganda  kadrdagi  inson 
tanasining  yuqori  qismi  uning  qaysi  tomonga  qarab  turganidan 
kelib 
chiqib 
shartli 
ravishda 
quyidagicha 
tasvirlanadi.                    
(1-rasm). 
 
 
Kadrda insonning bosh qismi, yuz 
ko‘rinishi. (fas) 
 
 
 
Insonning bosh qismi, yon tomondan 
ko‘rinishi. (profil) 
 
 
 
Insonning bosh qismi, orqa tomondan, 
yelkadan  
ko‘rinishi.  
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish