taqqoslash
usuliga
asoslanadi.
“Taqqoslash”
usulidan
foydalanish jarayonini esa biz har doim montaj deb ataganmiz.
Montaj – bu kadrning ham kinoning ham “xususiyat”i
emas,
balki
ongimizning
idrok
etishga
oid
amallarni
bajarishning bir usulidir. Bu usuldan kino va televidenie
o‘zining badiiy va axborot yetkazish bilan bog‘liq maqsadlarida
keng foydalanadi.
Kadrlar montaji esa montajning kino va televidenieda
foydalaniladigan va o‘zaro taqqoslash mexanizmi asosiy o‘rinni
egallovchi bir kichik qismi xolos.
Biz montaj haqidagi o‘zimiz uchun juda muhim
ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo‘ldik. Lekin hammasi
kundek ravshan va tushunarli deb aytishimizga hali bor!
Biror jiddiy va mas’uliyatli mavzuda suhbat boshlashdan
avval suhbatdoshlar biri birlarini tushunishlari uchun muayyan
atamalar va iboralarni bilib olishlari kerak bo‘ladi.
19
Kino, televidenie, video, animatsiya, multiplikatsiya, vir-
tual reallik, kliplar va televizion reklama – bularning hammasini
ekran ijodiyoti tushunchasi qamrab oladi. Yuqorida sanab
o‘tilgan sohalarda ishlovchi mutaxassislar tomoshabinlar bilan
ekran va tasvirlar tili vositasida aloqaga kirishishga, tomoshabin
e’tiborini o‘ziga jalb etishga urinadilar. Shuning uchun ham
barcha
media
sohalari
mutaxassislari
uchun
terminlar,
so‘zlashuv tili yagona bo‘lishi zarur. Bugungi kunda rejissyor
biror
bir
filmni
suratga
olsa,
ertaga
uni
qandaydir
teleko‘rsatuvni suratga olishga taklif etishadi, yana bir oydan
keyin esa mashhur xonandalardan biri bu rejissyorga yangi
musiqiy kompozitsiyasi uchun videoklip oldirish istagini
bildiradi.
Kecha u bir ijodiy jamoa bilan ishlagan bo‘lsa, bugun
tamomila notanish insonlar bilan ijodiy hamkorlik qilishiga
to‘g‘ri keladi.
Tasviriy til bu nafaqat ekranda obrazlar bilan so‘zlash tili,
balki, rejissyorga – operatorni, uning kasbiga oid terminlarini
tushunishiga imkon beruvchi, operatorning – teleboshlovchini
tushunishiga
imkoniyat
yaratuvchi,
boshlovchining
–
ssenariynavisni, ssenariynavisning – rassomni, rassomning –
montajchini, montajchining esa assistentlarni o‘zaro tushunarli
tilda so‘zlashishlari uchun zarur bo‘lgan tildir.
Bugungi kunda, masalan, “yirik plan” atamasini hamma
biladi! Lekin ko‘p hollarda talabalar yoki sohani chuqur
bilmaydigan insonlar “yirik plan” deganda negadir “yirik”
so‘ziga chalg‘ib bu bir kattaroq narsaning tasviri bo‘lsa kerak
deb o‘ylaydilar va hatto o‘zlarining bu noto‘g‘ri fikrlari zo‘r
berib isbotlashga urinadilar. Keling, shuning uchun bir oddiy
masalani hal qilib ko‘ramiz. Quyida nomlari keltirilgan narsalar
orasida yirik plan atamasiga mos keladiganini ko‘rsatishga
urinib ko‘ramiz!
20
1.Chumoli.
2.Inson ko‘zi.
3.Yengil avtomashina.
4.Bolalar maydonchasi.
5.Keng ummon.
Afsuski, berilgan misollar orasida yirik plan yo‘q.
Lekin bu beozor chalg‘itishning izohi hali oldinda.
Avvalo «kadr» tushunchasidan boshlaymiz. Kadr – uning
o‘zi nima! Kadrni ba’zan plan deb ham atashadimi?
Bu tushunchalar qaysidir ma’noda sinonim so‘zlardir va bir
ma’noni anglatadi. Kadr yoki plan deb odatda kameraning
“REC” tugmasi bosilishidan to “PAUSE” tugmasi bosilgunga
qadar negativ yoki pozitiv kinotasmaga, yo bo‘lmasa magnit
lenta yoki raqamli hotira chipiga tushirilgan uzluksiz, yaxlit
tasvirga aytiladi.
Kamerani yoqib qizil tugmachani bosdingiz – plan
boshlandi. Kamera ishlashda davom etyapti – plan uzunligi
ortmoqda. “PAUSE” tugmasi bosildi – kadr tugadi. U tasvirga
olindi. Olingan bu tasvir bilan ishlash jarayonida uni aniq bir
tartib raqamli kadr (masalan, 32 kadr) yoki aniq bir kattalikdagi
plan (o‘rta, umumiy va h.k.) deb yuritiladi: «Iltimos, bundan
oldingi kadrni ko‘rsating!» yoki bo‘lmasa «Aktyorning yirik
planini umumiy plan bilan almashtiring» va hokazo.
Ba’zida ayrim kinofilmlarda kombinatsiyalangan kadrlar
ham yaratiladi. Bunda kinotasma kinokamera ichidan bir necha
marta qayta va qayta o‘tkaziladi va xuddi shuncha marta
tasvirga olish amalga oshiriladi yoki maxsus effektlar yaratish
dasturlarida bir necha o‘nlab qatlamlardan iborat vizual effektlar
yaratiladi. Bunda bir tasvirning ustiga ikkinchi tasvir, ba’zan
uchinchi, to‘rtinchi tasvirlar ham tushiriladi va buning uchun
bugungi kunda kompyuterlar va maxsus qatlamli montaj
dasturlaridan foydalaniladi. Lekin bunday kadrning ham boshi
21
va oxiri bor. Aynan anashu ko‘rsatkichlar kadrning o‘lchovini –
uzunligini aniqlashga yordam beradi. Kadr yoki plan – yaxlit bir
film yoki epizod “bino”sini qo‘rishdagi o‘ziga hos “g‘isht”. U
ham xuddi qurilishda bo‘lgani kabi kichraytirilishi yoki kerakli
shaklgacha qirqilishi mumkin. Lekin shunday o‘zgartirishlarga,
kesishlarga yuz tutsa ham tasvirga olingan yaxlit tasvir plan
yoki kadr deb atalaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |