Raskadrovka – bu filmning qog‘ozdagi ko‘rinishidir.
Unda filmning barcha kadrlari, ularda joylashgan ob’ektlar,
rekvizitlar, dekoratsiyalar, umuman, kadrdan joy olishi lozim
bo‘lgan hamma narsalar aks etadi. Bundan tashqari,
raskadrovkani chizish paytida kameraning tasvirga olish nuqtasi
ham, planning dastlabki yirikligi ham e’tiborga olinadi. Bir so‘z
bilan aytganda bu kadr ekranda qanday aks etishi kerak bo‘lsa
o‘shanday qilib chiziladi. Har bir kadrning tartib raqami va
davomliligi yoziladi.
Rakurs – ekran san’atida kinoapparatning ob’ektni
(kadrni) tasvirga olishdagi tuqtasidir. Ba’zan “Kadr o‘tkir
24
rakursda tasvirga olindi” deb aytishadi, ya’ni ob’ekt o‘tkir
burchak ostida, biz o‘rganib qolgan normal holatda emas, balki
juda yuqoridan yoki juda pastki nuqtadan tasvirga olinganda ana
shu ibora ishlatiladi.