1-rasm. Insonning yirik planda kadrda aks etishi.
Kadrdagi qahramonning (yuzi va tanasi) kameraga
nisbatan qanday holatda turganini aniqlashdagi eng asosiy omil
bu yuz va gavda aylanalarining o‘zaro qanday joylashishidir.
Birinchi kadrda qahramonning yuz aylanasi uning gavda
28
qismini aks ettirib turgan kattaroq yarim aylana bilan o‘zaro
simmetrik joylashgan.
Ikkinchi kadrda esa – yuz aylanasi bir oz o‘ngga og‘gan.
Yelka chizig‘i ko‘krak chizig‘iga nisatan bir oz yuqoriroqdan
boshlangan va ob’ektning o‘zi ham kadrga nisbatan bir oz
chapga surilgan.
Uchinchi kadrda bo‘lsa – gavdani ifoda etuvchi yarim
aylana to‘liq chizilgan va aksincha, bosh qism aylanasi to‘liq
emas. Yelka boshning bir qismini berkitib turibdi. Natijada
rasmda insonning orqa, yelka qismining tasviri paydo bo‘ladi.
Bu chizilgan rasmlarda qahramonlar kadrda qaysi
tomonga qarab turganliklarini aniq tushunish mumkin va bu
kadrlarning kompozitsion tuzilishidagi zaruriy jixatlardan
biridir. U epizodning ichki montaj yechimini aniqlashda muhim
o‘rin tutadi.
Tasvirda insonni bor bo‘yi bilan ko‘rsatishda ham
yuqorida aytib o‘tilgan tamoyillar asos bo‘lib xizmat qiladi. (2-
rasm).
Inson bor bo‘yi bilan kadrda, biz
tomonga (kameraga) qarab
turibdi.
Inson bor bo‘yi bilan kadrda, bizga
nisbatan yon tomonga qaragan
ko‘rinishi. (profil).
Inson bor bo‘yi bilan kadrda, biroq
kameraga nisbatan orqa tomoni
bilan turibdi.
2-rasm. Insonning kadr aks etishi holatlari.
29
Insonni shartli belgilar orqali raskadrovkada aks ettirishda
uning nigohi yo‘nalishini yanada aniqroq aks ettirish mumkin.
Aktyorning qaysi tomonga qarab turganini aks ettirish uchun
uning yelka, yuz aylanasi va ko‘krak chiziqlarini bir oz
o‘zgartirish lozim. Aktyorning yelka chiziqlari uning ko‘krak
chiziqlariga nisbatan qancha balandroqdan boshlansa, u
kameraga nisbatan shunchalik profil bilan, yonboshi bilan
turgan bo‘ladi (3-rasm).
3-rasm. Aktyor o‘ngga qarab turibdi. Aktyor chapga qarab turibdi.
Albatta, bunday «san’at asari»ni film buyurtmachi-lariga
ko‘rsatish aslo yaramaydi. Hech qaysi homiy shu darajada
beo‘xshov rasm chizadigan savodsiz rejissyorni nega film yoki
ko‘rsatuv yaratish uchun chaqirishganini tushuna olmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu kabi “ishchi raskadrovka”lar
faqatgina tor doirada, professional ijodiy guruh a’zolari, mana
shu filmni yaratishda ishtirok etayotgan hamkasblar doirasida
ko‘rilishi va foydalanilishi maqsadga muvofiq. “Nozik
insonlar”ga
esa
mutaxassis
rassom
tomonidan
chizib
tayyorlangan raskadrovkalar ko‘rsatiladi.
Odamlarning tasvirlari, kameralar, ob’ektivlar qamrov
burchaklari, kameralarning harakati, aktyorlarning sahnadagi
harakat yo‘nalishlari, bularning hammasi kadr mizanssena-sida
turli shartli belgilar vositasida o‘z aksini topadi.
Biz o‘zimizga yoki bir-birimizga shundoqqina yuqoridan
qarasak, biz odamni ikkita ellips chiziqlar bilan osongina aks
ettirish mumkinligini ko‘ramiz. Kichik ellips – bosh. U inson
tanasini aks ettiruvchi katta ellipsning oldinrog‘iga chiziladi va
30
aktyorning nigohi qaratilgan tomonni ko‘rsatib turadi (4-rasm).
4-rasm. Odamning yuqoridan ko‘rinishi raskadrovkada
ana shunday aks etadi.
Kinokameraning o‘zi kadr mizanssenasi chizmasida hech
qachon chizilmaydi. Bunga aslo ehtiyoj yo‘q. Uning o‘rniga
kattaroq
nuqta
chiziladi
va
bu
nuqta
kameraning
mizanssenadagi o‘rnini ko‘rsatadi. Bu nuqta ustiga kadr tartib
raqami yoziladi va albatta bu raqam bu nuqtadan qaysi raqamli
kadr tasvirga olinishini bildiradi. Yana bu nuqtaga ikkita to‘g‘ri
chiziq chiziladi, bu esa tasvirga olinayotgan ob’ektivning
qamrov burchagi qanday bo‘lishi kerakligini va uning
yo‘nalishini ko‘rsatadi (5-rasm).
O‘n to‘rtinchi tasvirga olish nuqtasi. Bu
nuqtadan №14 tartib raqamli kadr
tasvirga olinadi.
Uzun fokus masofali ob’ektiv bilan
tasvirga olish. Ob’ektivning qamrov
burchagi tor ekanligi ko‘rinib turibdi.
Keng burchakli (qisqa fokus masofali)
ob’ektiv bilan tasvirga olish.
5-rasm. Ob’ektiv qamrov burchagining chizmada aks etishi.
31
Filmlar va ko‘rsatuvlarda tasvirga olish chog‘ida
kameraning bir tasvirdan boshqa tasvirga qaratilishi yoki
burilishi “panorama” deb ataladi. Bu so‘z rejissyorlik
(postanovka) ssenariysida va tasvirga olish ishlariga oid boshqa
hujjatlarda qisqartirilgan holatda PNR shaklida yoziladi.
“Panorama” deganda kameraning tasvirga olish jarayonidagi har
qanday harakati tushuniladi. Bu esa o‘z navbatida kadr
mizanssenasi chizmasida tegishli belgilar bilan ifodalanadi va
kameraning
tasvirga
olish
paytidagi
harakati,
ob’ektiv
qaratilgan tomonni ko‘rsatib turadi (6-rasm).
6-rasm. O‘ng tomonga panorama.
Kameraning tasvirga olish paytidagi istalgan turdagi
harakati ham kadr mizanssenasi chizmasida o‘z aksini topishi
lozim. Bunday holda, kameraning mizanssenadagi dastlabki va
harakat so‘ngidagi nuqtalari chiziladi va har ikkala joyda
kamera ob’ektivining qamrov burchaklari ko‘rsatiladi. Kamera
operatorlik rels-aravachasi, operatorlik krani, stedikam yoki
avtomobil vositasida harakatlanishi mumkin va kameraning
harakatlangan holda tasvirga olish jarayonini harakatda
tasvirga olish usuli deb yuritiladi. Ba’zan bunday tasvirga olish
usulini qisqa holda “trevelling”
10
so‘zi bilan ifodalashadi (7-
rasm).
10
Travelling – ingl. travelling – sayohat qilish, ko‘chish, harakatlanish.
32
7-rasm. Harakatda tasvirga olish. Kamera 18a nuqtadan
18b nuqtaga harakatlangan holda tasvirga oladi.
Ekran san’atining terminologiyasi va shartli belgilarga
asoslangan tasviriy-grafik tili ana shunday. Bu ma’lumotlar
kelajakda sizga ijodiy guruh a’zolarini tushunishda va
hamkasblaringiz bilan o‘zaro fikr almashishingizda katta
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |