73
turib qochib ketishdandi. Harakatdagi tasvirning tomoshabinlarga
ko‘rsatgan ta’siri kutilganidan ham yuqoriroq bo‘lgan.
Ekrandagi har qanday
harakat bugun ham qandaydir
g‘aroyib kuch bilan e’tiborimizni o‘ziga jalb qila oladi. Ekranda
nima sodir bo‘layotganligidan qat’i nazar: hox u Panama kanali
bo‘ylab suzib borayotgan katta kema bo‘lsin yoki qo‘ng‘izning
harakatimi, - bu harakatlanayotgan ob’ektlardan biz o‘z
nigohimizni uzolmaymiz. Bordiyu, bu harakat o‘tkir syujetning
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, u yanada ko‘proq diqqatimizni
jalb qiladi.
Bizning hayotda yoki ekranda sodir bo‘layotgan turli
ko‘rinishdagi harakatlarga bo‘lgan
qiziqishimiz inson ongi va
idrokimizning o‘ziga hos xususiyatlari bilan bog‘liq. Birinchidan,
bizning tushunish va tafakkur qilish bilan bog‘langan “idrok
apparati”mizda maxsus neyronlar guruhi bo‘lib, ular ko‘rish
maydonimizda sodir bo‘lgan har qanday harakatni zudlik bilan
ilg‘ab olishga javob beradi. Ular inson nigohini turg‘un ob’ektdan
harakatlanayotgan ob’ektga ko‘chirish uchun ham javob beradi.
Balki, bu inson ongining ishi, aniqroq aytganda, ong ostining ish
faoliyati, yoki, juda ilmiy izoh beradigan bo‘lsak, insonning
o‘zini-o‘zi himoya qilish instinktining
ongsiz ravishda ishlashi
bilan bog‘liqdir. Zotan, inson hayotiga xavf tug‘diruvchi barcha
narsalar qadimda, hozirgi kunda ham harakatda bo‘ladi. Biz
qaysidir ma’noda bu instiktimizni boshqara olmaymiz va harakat
uchun javobgar neyronlar faoliyatiga ta’sir o‘tkaza olmaymiz.
Shuning uchun ham harakat bizning e’tiborimizni shu qadar
kuchli jalb qiladi.
Harakat...
Bundan tashqari, tomoshabin tomonidan film syujetini,
voqealar
rivojini, ekran qahramoni taqdirini qay darajada to‘g‘ri
tushunilishi montajda harakatni qay yo‘sinda tasvirga olish va uni
ekranda qanday ko‘rsatib berishga bog‘liq bo‘ladi.
Film mavzusi va g‘oyasini tasvirga olish va montaj orqali
ekranda aks ettira olish qobiliyati – har bir rejissyor va operator
uchun professional mahoratning eng muhim tarkibiy qismi
sanaladi. Bu film voqealari tomoshabinlar tomonidan huddi film
ijodkorlari nazarda tutgandek holatda to‘g‘ri idrok etishlarida
ko‘rinadi.
74
Agar filmdagi biror sahna yoki epizod noto‘g‘ri tasvirga
olinsa va montaj qilinsa, tomoshabin ekranda bo‘layotgan
voqealarni tushuna olmay chalkashib ketadi.
Tasvirga olish va montajning bu tamoyili kadrda
harakatlanayotgan barcha ob’ektlarga: insonlarga, avtomobillarga,
hasharotlar,
xayvonlarga,
kemalar,
qo‘yingki
barcha
harakatlanuvchi narsalarga daxldor.
Bu tamoyilni tushunish uchun eng sodda misol –
avtomobilning ekrandagi harakatini taxlil qilib ko‘ramiz. Buning
uchun biz ob’ekt sifatida avtomashinani tanlaymiz. Qachonlardir
bu masalani mashxur kino oliygoxlaridan birining o‘qituvchisi o‘z
bilimiga nixoyatda ishongan maqtanchoq talabalariga yechish
uchun taklif etgan. Ikkita plan (40-rasm),
ularning har ikkalasida
ham aynan bitta avtomobil harakatlanib ketayotgan ko‘rinishda
aks etgan. Biroq birinchi kadrda mashina chapdan o‘ngga
harakatlanamoqda, ikkinchi kadrda esa o‘ngdan chapga.
Do'stlaringiz bilan baham: