58
ro‘y berdi. Janob Aliev epizod boshida kadrning chap tomonida
turgan bo‘lsa, tasvirga olish davomida u o‘z
rolini ijro etar ekan
asta yurib kadrning chap tomoniga o‘tdi. Bu bilan u Begalieva
xonimga va kameraga nisbatan o‘z joylashishini o‘zgartirdi.
Modomiki, Aliev Begalieva xonim bilan suhbatda, ya’ni
munosabatda bo‘layotgan ekan Aliev harakatlangan paytda
ularning o‘rtasidagi munosabat chizig‘i ham yangi holatga
ko‘chdi.
Natijada biz, kamera bilan munosabat chizig‘ining
boshqa tomoniga hech qanday harakatsiz o‘tib qoldik. Endi biz
avval tasvirga olishimiz mumkin bo‘lmagan 14-tasvirga olish
nuqtasiga o‘ta olamiz (30-rasm).
Agar sahnada faqat ikki kishi ishtirok etayotgan bo‘lsa unda
kadrlarni “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj” qoidalariga
asosan tasvirga olish uncha katta muammo tug‘dirmaydi. Biroq,
ishtirokchilar soni ortib borishi bilan montaj qoidalariga
bo‘ysingan
holda ishlash, makonda to‘g‘ri mo‘ljal olish ham
qiyinlashib boraveradi.
30-rasm.
Tasavvur qilaylik, endi ikki emas uchta inson o‘zaro suhbat
olib borishmoqda. Tasvirga olish maydoninining 31-rasmda
keltirilgan chizmasiga diqqat qaratamiz
.
Keling, taxlil qilib
ko‘ramiz, chizmada keltirilgan qaysi tasvirga olish nuqtalari
to‘g‘ri
tanlanganu,
qaysilari
noto‘g‘ri
tanlangan
va
tomoshabinlarni chalg‘itib yuboradi.
Suhbat chog‘ida kim kimga qarab o‘tiribdi? E’tibor
qarating: kameralarning barchasi
Begalieva xonim va janob
Solievlarning o‘rtalaridan o‘tgan munosabat chizig‘ining qat’iy
59
bir tomonida joylashgan. Nima deb o‘ylaysiz, kameralarning bu
tartibda o‘rnatilgani to‘g‘rimi? Aliev va Begalieva xonimlarning
suhbatiga Soliev ham aralashdi. Agar tasvirga olish nuqtalariga
bundan avvalgi ikki kishilik misoldagidek qarasak hammasi
to‘g‘ridek. Biroq, keling kameralarda
olingan tasvirlarni
raskadrovkalarga ko‘chirib ularni ko‘rib chiqamiz (31-rasm).
31-rasm.
1-kadr. U shunday tasvirga olinganki, u kadr makonida
joylashgan qahramonlar va ob’ektlar haqida umumiy tasavvur
beradi.
2-kadr. Montajning makonda mo‘ljal olish bo‘yicha 2-
tamoyili qoidalariga mos ravishda tasvirga olingan. Begalieva
xonim janob Alievga qarab turibdi. To‘g‘ri!
3-kadr. Bu holat 1-kadrdagi holatga tamomila teskari. Janob
Aliev o‘ngga emas balki chapga qarab qolibdi. Bu hato!
4-kadr. U 1-kadrdagi holatga to‘g‘ri keladi:
Janob Soliev
Janob Aliev va Begalieva xonimlarning suhbatini kuzatib turibdi.
60
Bu misoldagi sahnani televideniedagi biror ko‘rsatuvning
tasvirga olish jarayoni deb hisoblashimiz ham mumkin. Janob
Aliev – teleboshlovchi, u studiyaga taklif etigan mehmonlar –
Begalieva va Solievlar bilan suhbat qurmoqda. Aliev birinchi
bo‘lib Begalieva xonimga savol bilan murojaat qildi va ularning
suhbatlari juda qizib ketdi. Bu paytda janob Soliev o‘z
navbatini
kutib qizg‘in suhbatni chetdan tinglab turibdi.
Begalieva xonimning nigohi uning so‘zarini katta qiziqish
bilan tinglayotgan teleboshlovchi Alievga qaratilgan.
Bu joydagi xatolik juda tez ko‘zga tashlanadi, barcha o‘zaro
munosabatda bo‘layotgan ishtirokchilar o‘rtasiga punktir chiziq
bilan belgilangan va rim raqamlari bilan raqamlangan munosabat
chiziqlari tortiladi (32-rasm).
Natijada bu vaziyatda 3-tasvirga olish nuqtasi noto‘g‘ri
ekanligi ayon bo‘ladi. U Aliev va Begalievalar o‘rtasiga chizilgan
II-II munosabat chizig‘ining orqa tomoniga, tepa qismiga o‘tib
ketgan. Qolgan 1,2 va 4- tasvirga
olish nuqtalari esa II-II
munosabat chizig‘ining pastki qismida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: