54
ob’ektlarni tasvirga olish chog‘ida ularning o‘rtasidan o‘tgan
munosabat chizig‘ining qat’iy bir tomoniga joylashtirilsa bu
sahnani ekranda ko‘rib turgan tomoshabinda bu holatni bevosita
hayotda o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turgandek taassurot paydo bo‘ladi.
Tasvirga olishning bunday amalga oshirilishi tomoshabinlarga
voqea sodir bo‘layotgan makon, joy va undan o‘rin olgan
insonlar, boshqa ob’ektlarning joylashgan o‘rinlari haqida to‘g‘ri
tasavvur hosil qilishlariga imkon yaratadi.
Ba’zan kino film yaratish jarayonida shunday bo‘ladiki,
ikkita suhbat qilayotgan
insonlarning biri boshqa joyda, aytaylik
pavilondagi dekoratsiyaning bir qismida va ikkinchi insonning
tasviri esa umuman boshqa bir joyda olinadi. Hatto bu kadrlar
boshqa vaqtda, boshqa bir davlatda olingan bo‘lishi ham mumkin.
Bu kadrlar o‘zaro montaj qilinganida esa tomoshabin bu
kadrlarning boshqa-boshqa joylarda olinganini sezmaydi ham.
Bunday holatlar ko‘pincha pavilonlarda dekoratsiyalar yordamida
suratga olish paytida ko‘p uchrab turadi. Tabiat qo‘ynida tasvirga
olishda ham bunday holatga duch kelishimiz mumkin. Bir
qahramonning “Yirik” yoki “O‘rta” planini tasvirga olib
bo‘lganimizdan so‘ng unga qarama-qarshi holatda turgan ikkinchi
insonning kadrini tasvirga olishga
kadr fonining talabga javob
bermasligi, haddan tashqari yorqinligi yoki kadr mazmuni va
sifatiga putur yetkazuvchi ortiqcha predmetlarning kadrga tushib
qolishi halaqit berishi mumkin. Bu holatda aktyor boshqa
ma’qulroq fonga olib o‘tiladi va 2-tamoyilning qoidalariga amal
qilingan holda tasvirga olinadi. Montajdan so‘ng bu kadrlar huddi
bir joyda olingandek ko‘rinaveradi.
Bu kabi holatlarda rejissyor va operatorlardan alohida
mahorat talab etiladi. Kadrlarni tasvirga olishda nafaqat
munosabat chizig‘iga
amal qilish, balki yorug‘likning tushishi,
rang kabi qator jihatlarga ham e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Rejissyor avvalo bunday vaziyatlarda sahnaga oid har bir kadr
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi va uning 2-tamoyil bo‘yicha
montaj yechimini puxta ishlab chiqishi va o‘zi uchun belgilab
olishi kerak bo‘ladi. Operator ham o‘z navbatida ekranda turli
kadrlar orqali sun’iy ravishda hosil qilinayotgan muhitning
tomoshabinlar tomonidan yagona muhit va makondek qabul
qilinishi uchun bu tamoyilning qoidalarini
chuqur bilishi talab
55
etiladi.
Montajning 2-tamoyilining asosiy maqsadi, har qanday
vaziyatda ham tomoshabinga biz tasvirga olayotgan makonda
adashib qolmasligiga erishishdan iboratdir.
Umuman olganda, “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha
montaj” tamoyili har doim yuqorida aytib o‘tilgan qat’iy qoidaga
asoslanadi
(27-rasm).
27-rasm.
Bu vaziyatda 13-tasvirga olish nuqtasidan tashqari barcha
nuqtalar to‘g‘ri tanlangan.
Yana bir bor eslatib o‘tamizki, montajning bu tamoyili
o‘zaro munosabatda bo‘layotgan barcha ob’ektlarga dahldordir:
odam
bilan odam; biror predmet bilan odam, masalan rassom
bilan malbert, tomoshabin va kinoekran; xayvon bilan xayvon;
kema va sohil va hokazo.
Keling, endi injiq rejissyor baribir bu mustahkam chiziqni
kesib o‘tishga jazm qilgan vaziyatni ham ko‘rib chiqamiz.
Chunki, ijod jarayonida rejissyorlar turli kutilmagan qarorlarni
ham qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Rejissyor kutilmaganda
yangi ijodiy g‘oya bilan sahnani boshqa tomondan ko‘rsatib
berishni istab qolishi mumkin. Umid qilamizki, unda bunday
qilish uchun rostdan ham arzirli sabablar bo‘lgan.
O‘rinli savol tug‘iladi: xo‘sh bu ishni qanday amalga
oshirishimiz mumkin? Qanday qilib tomoshabinlar uchun
noqulaylik tug‘dirmasdan munosabat chizig‘ini kesib o‘tishimiz
56
mumkin?
Bu savolga bir emas ikkita javob mavjud. Birinchi variant
28-rasmda aks etgan.
28-rasm. Munosabat chizig‘ini kesib o‘tishning 1-usuli.
Rejissyor tasvirga olish chog‘ida kutilmaganda navbatdagi
kadrni munosabat chizig‘ining qarama-qarshi
tomonidan tasvirga
olishni istab qoldi. U operatordan kamerani 13a-tasvirga olish
nuqtasidan 13b-nuqtaga o‘tkazishini so‘radi. Operator avvaliga bu
talabni qabul qila olmadi. Chunki, bu montajnin 2-tamoyili
talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga va natijada filmning
montaji jarayonida qator jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi-da!U vaziyatni taxlil qilib ko‘rib masalaning oddiy
va qoyilmaqom yechimini topdi. Operator kamerani rejissyor
aytganidek 13a-nuqtadan 13b-nuqtaga olib o‘tdi, lekin u bu ishni
bevosita tasvirga olish chog‘ida amalga oshirdi, ya’ni u kamerani
tasvirga olishdan to‘xtatmasdan munosabat chizig‘ini kesib o‘tdi.
Qahramonlar esa o‘z joylarini o‘zgartirmasdan
rollarini ijro
etishda davom etdilar. Bu bevosita “kesib o‘tish” sababli
tomoshabin kameraning munosabat chizig‘ini qanday kesib
o‘tayotganligiga shaxsan guvoh bo‘ldi va makonda ob’ektlarning
kameraga nisbatan yangi tartibdagi joylashuviga moslashib oldi.
Bu o‘zgarish bevosita tomoshabinnin ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.
Chap tomonda turgan qahramon endi o‘ng tomondan, o‘ng
57
tomonda turan ob’ekt esa endi chap tomondan joy oldilar.
Endi sahnaning qolgan 14, 15, 16 va boshqa kadrlarini ham
munosabat chizig‘inin shu nuqta joylashgan tomonidan suratga
olish mumkin.
Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: