KIRISH. Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.
Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815).Bugungi kunda turizm – mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni sifatida baholanmoqda. Ertangi kunimiz yorug‘ bo‘lishi uchun bugun uning chiroqlarini yoqishimiz, ertangi kunimiz mustahkam bo‘lishi uchun bugun uning mastahkam paydevorini yaratimiz kerak bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―”O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga1 muvofiq sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining tashkil qilinishi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilingani mazkur sohani boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarni yanada kengaytirgani turizm sohasining rivojlanishi uchun yangi bosqichni boshlab berdi. Turizmdan keng miqyosda foydalanish lozim. Ushbu sohaning rivojlanishi nafaqat pul tushumini, balki yangi ish o‘rinlarining ham ochilishini ta‘minlaydi. Buni inobatga olib Davlatimiz rahbari: ―Agar biz turizm hisobiga ish o‘rinlari ochamiz desak, turistga shart qo‘yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur, deb uqtirdi. Bugungi kunda mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini roʻyxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targʻib qilish imkonini berdi. Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish, bularning barchasi 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiqdir. Turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy baza shakllanmoqda. Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirilmoqda, bu esa bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini belgilab beradi.