Кино ва телевидениеда монтаж


ob’ektni  tasvirga olishda uning plan kattaligi o‘zgartirilsa, bu kadrning



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

ob’ektni 
tasvirga olishda uning plan kattaligi o‘zgartirilsa, bu kadrning 
ma’nosi ham o‘zgarib ketadi

Bu – ekran san’atlariga oid juda 
muhim omillardan biri. 
Bundan bir necha o‘n yillar muqaddam, Rossiyadagi kino 
oliygohlaridan birining talabasi bilan bir qiziq tajriba o‘tkazib 
ko‘rildi. Institut koridorlarining birida, yo‘lak oxiridagi deraza 
yonida mashhur kinooperator A.D.Golovnya turardi. Uning bir oz 
engashib turgan gavdasi derazadan tushayotgan yorqin nur fonida 
siluet holatda aks etgan. A.D.Golovnyaning yonida bir talaba ham 
turardi. Ular turgan joydan kamera turgan joygacha orada 80 metr 
masofa bor edi. Bunday masofadan albatta kadrda uzundan-uzun 
koridor va o‘nlab eshiklar ham ko‘rinib turgandi. Ustozlar bir 
rejissura bo‘limi talabasiga “Agar shu kadrni kamera turgan 
nuqtadan 50 mm fokus masofali ob’ektiv bilan tasvirga olinsa, 
kadrda biz nimani ko‘ramiz, uning ma’nosi qanday bo‘ladi?” deya 
savol berishdi.
“A.D.Golovnyani va talabani...” – deya javob berdi talaba 
hech ikkilanmay. 
Aslida, biz ekranda kadrning 90% qismini egallab turgan 
uzun koridorni va yo‘lakning oxirida turgan ikkita kichik 
odamchalarni ko‘rgan bo‘lardik. Bu kadr mazmuni esa “juda ko‘p 
eshiklar, uzundan-uzun koridor va yo‘lak oxiridagi deraza oldida 
suxbatlashib turgan qandaydir ikki kishi” bo‘lishi mumkin. Talaba 
bu kadr mazmunini belgilashda qo‘pol hatoga yo‘l qo‘ygan edi. 
Bu xatolikka sabab nima? 
Inson ko‘zining gavharini turli muskullar o‘rab turadi va bu 
muskullar 
kerakli 
paytda 
ko‘zning 
fokus 
masofasini 
o‘zgartirishiga imkon beradi. Bizning talaba ham tajriba 
jarayonida o‘zining asosiy diqqat-e’tiborini yo‘lak oxirida turgan 
ikki insonga qaratgan. Miya ham o‘z navbatida ko‘z muskullariga 


37
“yashirin” buyruq berib ko‘zning fokus masofasini oshirgan. 
Natijada uning ko‘zi faqatgina yo‘lak oxirida turgan ikki insonni 
ko‘rishga moslashgan. Qolgan barcha narsalarni (yo‘lak va 
eshiklarni) 
periferik 
(ikkinchi 
darajali) 
ko‘rish sohasida 
qoldirgan. Talabaning ko‘zi bu vaziyatda faqat A.D.Golovnya va 
talabani ko‘rishga va tanib olishga intilib qolgan narsalarni 
huddiki kadrdan tashqarida qoldirgan.
Biroq, kamera ob’ektivi bunday ishni mustaqil amalga 
oshira olmaydi. Huddi talaba ko‘rganidek, kamera turgan 
nuqtadan faqat A.D.Golovnya va talabaning o‘zini tasvirga 
tushirish uchun kameraga uzun fokus masofali ob’ektiv o‘rnatish, 
yoki bo‘lmasa, transfokatorli ob’ektivni 130 mm fokus masofaga 
moslash kerak bo‘ladi. Faqat shundagina biz talaba aytgan 
javobga o‘xshash ma’noli kadr olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Ko‘pincha yosh rejissyorlar va operatorlarni tasvirga olish 
chog‘idagi jur’atsizlik, ikkilanishlar bezovta qiladi va ular yirik 
planlarni tasvirga olishdan tortinadilar. Oqibatda ular aktyorlarni 
yoki hujjatli filmlar qahramonlarini “umumiy-o‘rta” planda 
tasvirga oladilar. Natijada esa ekranda “o‘rtaxol”, ma’nisiz, 
yoqimsiz va qandaydir noaniq xaraktyordagi qahramon paydo 
bo‘ladi.
Badiiy film bo‘ladimi, xujjatli film bo‘ladimi yoki 
teleko‘rsatuv bo‘lsin, tomoshabin doimo ekranda aks etgan 
qahramonning fikrlarini bilgisi, his-hayajonlarini, uning ko‘zlarini 
ko‘rgisi keladi. Qahramonlarning faqat “umumiy-o‘rta” va 
“umumiy” planlarda ko‘rsatilaverilishi tomoshabinlarning bu 
ehtiyojlarini qoldirilmasligiga va nitijada ularda bu film yoki 
ko‘rsatuvga nisbatan qiziqishning so‘nishiga sabab bo‘ladi. 
Planning kattaligini tanlashda avvalo bu kadr bilan siz 
tomoshabinga nima demoqchi bo‘layotganingiz, qanday fikrni 
bermoqchiligingiz va tomoshabinlar kadrda nimani ko‘rishlari 
kerakligi haqida yaxshilab o‘ylab olishingiz va aniq tasavvurga 
ega bo‘lishingiz lozim. Agar kadrda qahramonlarni o‘rab turgan 
atrof-muhitni, ularning nima ish bilan mashg‘ul ekanliklarini
ko‘rsatib bermoqchi bo‘lsangiz – “umumiy plan”ni, aksincha 
ularning ichki his-tuyg‘ularini, ko‘zlari va yuz ifodalarini,
ma’naviy dunyolarini ochib bermoqchi bo‘lsangiz “yirik plan”ni 
tanlaganingiz ma’qul. Shuni unutmangki, kamera siz o‘z 


38
ko‘zingiz bilan ko‘rib turgan narsalarni to‘lig‘icha ekranda aks 
ettirib bera olmaydi. “Yetti o‘lchab bir kes!” deganlaridek, bu 
vaziyatda yaxshilab o‘ylab ko‘rib plan yirikligini to‘g‘ri tanlash 
eng to‘g‘ri yo‘ldir. 
Tushunarli bo‘lishi uchun yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. 
Tasavvur qilaylik, film ssenariysiga asosan siz ekranda ikki 
alpinistning tog‘ cho‘qqisiga chiqib borishlari chog‘ida yuz 
bergan qaltis vaziyatni ko‘rsatib berishingiz kerak.
Ular cho‘qqi tomon chiqib borayotganlarida kutilmaganda 
tog‘ ko‘chkisi yuz berdi.
Alpinistlarning biri o‘zi chiqib borayotgan qoyatoshdan 
sirg‘anib ketib mayda jarohatlar oldi. Ikkinchi alpinist esa qoya 
tepasida qoladi. Arqon va boshqa barcha alpinistlik vositalari ham 
qoyatosh qiyaligida qolib ketgan. Barcha og‘riqlarga bardosh 
berib birinchi alpinist qoyatoshga qaytib chiqishga urinadi. 
U zo‘r qiyinchilik bilan qoyatoshga chiqib olishga muvaffaq 
bo‘ladi. U nihoyat sherigi qolgan joyga yetib keladi. Lekin u juda 
daxshatli manzaraning guvohi bo‘ladi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki 
sherigi toshlar uyumi ostida o‘lib yotardi. Alpinist yigit ko‘rgan 
narsalaridan larzaga keldi, hushini yo‘qotib yiqilayozdi.
Mazkur parchaning montaj kontekstidan
11
biz faqatgina 
ikkita planni ajratib olamiz. Birinchisi – umumiy, bu planda 
qoyatosh chekkasida avval alpinistning qo‘llari va keyin boshi 
ko‘rinadi va u fojeali manzarani ko‘rib daxshatga tushadi (14-
rasm).
Ikkinchisi – yirik plan, unda faqat daxshatli fojeani ko‘rgan 
alpinistning do‘stining o‘limiga munosabati, yuz ifodasi aks etadi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish