1-rasm. Insonning yirik planda kadrda aks etishi.
Kadrdagi qahramonning (yuzi va tanasi) kameraga nisbatan
qanday holatda turganini aniqlashdagi eng asosiy omil bu yuz va
gavda aylanalarining o‘zaro qanday joylashishidir.
25
Birinchi kadrda qahramonning yuz aylanasi uning gavda
qismini aks ettirib turgan kattaroq yarim aylana bilan o‘zaro
simmetrik joylashgan.
Ikkinchi kadrda esa – yuz aylanasi bir oz o‘ngga og‘gan.
Yelka chizig‘i ko‘krak chizig‘iga nisatan bir oz yuqoriroqdan
boshlangan va ob’ektning o‘zi ham kadrga nisbatan bir oz chapga
surilgan.
Uchinchi kadrda bo‘lsa – gavdani ifoda etuvchi yarim
aylana to‘liq chizilgan va aksincha, bosh qism aylanasi to‘liq
emas. Yelka boshning bir qismini berkitib turibdi. Natijada
rasmda insonning orqa, yelka qismining tasviri paydo bo‘ladi.
Bu chizilgan rasmlarda qahramonlar kadrda qaysi tomonga
qarab turganliklarini aniq tushunish mumkin va bu kadrlarning
kompozitsion
tuzilishidagi
zaruriy
jixatlardan
biridir.
U
epizodning ichki montaj yechimini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Tasvirda insonni bor bo‘yi bilan ko‘rsatishda ham yuqorida
aytib o‘tilgan tamoyillar asos bo‘lib xizmat qiladi. (2-rasm).
Inson bor bo‘yi bilan kadrda, biz
tomonga (kameraga) qarab
turibdi.
Inson bor bo‘yi bilan kadrda, bizga
nisbatan yon tomonga qaragan
ko‘rinishi. (profil).
Inson bor bo‘yi bilan kadrda, biroq
kameraga nisbatan orqa tomoni bilan
turibdi.
2-rasm. Insonning kadr aks etishi holatlari.
Insonni shartli belgilar orqali raskadrovkada aks ettirishda
uning nigohi yo‘nalishini yanada aniqroq aks ettirish mumkin.
Aktyorning qaysi tomonga qarab turganini aks ettirish uchun
uning yelka, yuz aylanasi va ko‘krak chiziqlarini bir oz
26
o‘zgartirish lozim. Aktyorning yelka chiziqlari uning ko‘krak
chiziqlariga nisbatan qancha balandroqdan boshlansa, u kameraga
nisbatan shunchalik profil bilan, yonboshi bilan turgan bo‘ladi.
3-rasm. Aktyor o‘ngga qarab turibdi. Aktyor chapga qarab turibdi.
Albatta, bunday «san’at asari»ni film buyurtmachi-lariga
ko‘rsatish aslo yaramaydi. Hech qaysi homiy shu darajada
beo‘xshov rasm chizadigan savodsiz rejissyorni nega film yoki
ko‘rsatuv yaratish uchun chaqirishganini tushuna olmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu kabi “ishchi raskadrovka”lar
faqatgina tor doirada, professional ijodiy guruh a’zolari, mana shu
filmni yaratishda ishtirok etayotgan hamkasblar doirasida
ko‘rilishi va foydalanilishi maqsadga muvofiq. “Nozik
insonlar”ga esa mutaxassis rassom tomonidan chizib tayyorlangan
raskadrovkalar ko‘rsatiladi
.
Odamlarning tasvirlari, kameralar, ob’ektivlar qamrov
burchaklari, kameralarning harakati, aktyorlarning sahnadagi
harakat yo‘nalishlari, bularning hammasi kadr mizantsena-sida
turli shartli belgilar vositasida o‘z aksini topadi.
Biz o‘zimizga yoki bir-birimizga shundoqqina yuqoridan
qarasak, biz odamni ikkita ellips chiziqlar bilan osongina aks
ettirish mumkinligini ko‘ramiz. Kichik ellips – bosh. U inson
tanasini aks ettiruvchi katta ellipsning oldinrog‘iga chiziladi va
aktyorning nigohi qaratilgan tomonni ko‘rsatib turadi (4-rasm).
4-rasm. Odamning yuqoridan ko‘rinishi raskadrovkada
ana shunday aks etadi.
27
Kinokameraning o‘zi kadr mizantsenasi chizmasida hech
qachon chizilmaydi. Bunga aslo ehtiyoj yo‘q. Uning o‘rniga
kattaroq nuqta chiziladi va bu nuqta kameraning mizantsenadagi
o‘rnini ko‘rsatadi. Bu nuqta ustiga kadr tartib raqami yoziladi va
albatta bu raqam bu nuqtadan qaysi raqamli kadr tasvirga
olinishini bildiradi. Yana bu nuqtaga ikkita to‘g‘ri chiziq
chiziladi, bu esa tasvirga olinayotgan ob’ektivning qamrov
burchagi qanday bo‘lishi kerakligini va uning yo‘nalishini
ko‘rsatadi (5-rasm).
O‘n to‘rtinchi tasvirga olish nuqtasi. Bu
nuqtadan №14 tartib raqamli kadr
tasvirga olinadi.
Uzun fokus masofali ob’ektiv bilan
tasvirga olish. Ob’ektivning qamrov
burchagi tor ekanligi ko‘rinib turibdi.
Keng burchakli (qisqa fokus masofali)
ob’ektiv bilan tasvirga olish.
5-rasm. Ob’ektiv qamrov burchagining
chizmada aks etishi.
Filmlar
va
ko‘rsatuvlarda tasvirga olish chog‘ida
kameraning bir tasvirdan boshqa tasvirga qaratilishi yoki burilishi
“panorama” deb ataladi. Bu so‘z rejissyorlik (postanovka)
ssenariysida va tasvirga olish ishlariga oid boshqa hujjatlarda
qisqartirilgan holatda PNR shaklida yoziladi. “Panorama”
deganda kameraning tasvirga olish jarayonidagi har qanday
harakati tushuniladi. Bu esa o‘z navbatida kadr mizantsenasi
chizmasida tegishli belgilar bilan ifodalanadi va kameraning
tasvirga olish paytidagi harakati, ob’ektiv qaratilgan tomonni
ko‘rsatib turadi
(6-rasm).
28
6-rasm. O‘ng tomonga panorama.
Kameraning tasvirga olish paytidagi istalgan turdagi
harakati ham kadr mizantsenasi chizmasida o‘z aksini topishi
lozim. Bunday holda, kameraning mizantsenadagi dastlabki va
harakat so‘ngidagi nuqtalari chiziladi va har ikkala joyda kamera
ob’ektivining qamrov burchaklari ko‘rsatiladi. Kamera operatorlik
rels-aravachasi, operatorlik krani, stedikam yoki avtomobil
vositasida harakatlanishi mumkin va kameraning harakatlangan
holda tasvirga olish jarayonini
harakatda tasvirga olish
usuli
deb
yuritiladi. Ba’zan bunday tasvirga olish usulini qisqa holda
“trevelling”
10
so‘zi bilan ifodalashadi (7-rasm).
7-rasm. Harakatda tasvirga olish. Kamera 18a nuqtadan
18b nuqtaga harakatlangan holda tasvirga oladi.
Ekran san’atining terminologiyasi va shartli belgilarga
asoslangan tasviriy-grafik tili ana shunday. Bu ma’lumotlar
10
Travelling – ingl. travelling – sayohat qilish, ko‘chish, harakatlanish.
29
kelajakda
sizga
ijodiy
guruh
a’zolarini tushunishda va
hamkasblaringiz bilan o‘zaro fikr almashishingizda katta yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |