Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Umumiy plan. 
Inson kadrda shunday aks etganki, uning 
boshi va oyoqlari bilan kadr ramkasi o‘rtasida joy bor. 
6. 
Olis plan.
Bu holatda insonning tanasi kadr maydoniga 
nisbatan juda kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Kadrdagi insonnning 
bo‘yi kadrning vertikal balandligidan 7-10 marta kichikroq 
bo‘ladi

Ba’zan operatorlar, insonning yuzini tasvirga olishda uning 
peshonasi va iyagining bir qismini “qirqib” tashlaydilar. Bunday 
planni ko‘pincha 
“o‘ta yirik plan”
deb atashadi. 
Bevosita ishlab chiqarish jarayonida siz bu oltita 
planlarning hammasini ham eshitmaysiz. Chunki, kadrlarni 
yirikligi bo‘yicha bunday tasniflash qoidasi mavjudligini hamma 
ham bilavermaydi. Rejissyorlar o‘z postanovka ssenariylarida 
faqat 
“yirik”, “o‘rta” va “umumiy” plan atamalaridan 
foydalanadilar. 
Lekin, sahnaning montaj yechimini to‘g‘ri tanlash, uning 
tasviriy yechimini aniq belgilash va albatta, tomoshabinlarga 
filmni ko‘rish va to‘g‘ri idrok etishga qulaylik yaratib berish 
uchun tasvirga olish ishlari jarayonida bu olti planlarning 


31
barchasini inobatga olish shart. Bu olti planning barchasi montaj 
tamoyillarini tushuntirish uchun kerak bo‘ladi. 
Kino va televidenie hodimlari o‘z faoliyatlari davomida 
yana ikki turdagi: mikro va makro planlardan foydalanadilar. 
Ma’rifiy turdagi ekran asarlarida, ular ancha keng tarqalgan. 
Ushbu atamalar maxsus va murakkab tasvirga olish ishlari 
jarayonida plan yirikligini belgilash uchun ishlatiladi. 
Bevosita oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan 
ob’ektlarni mikroskop orqali tasvirga olinganda bunday planlar 
mikro plan
deyiladi. Turli mmikroorganizmlar, baktyoriyalar, 
infuzoriyalar va hokazolar ana shunday planda tasvirga olinadi. 
Makro plan. Bu plan huddi detal bilan mikro planning 
o‘rtasidagi oraliq planga o‘xshaydi. ilmiy nuqtai nazardan 
qaraganda, bu mikro planga berilgan bu ta’rif noto‘g‘ri 
hisoblanadi. (“Makro” iborasi aslida narsalarning juda katta 
jamlanmasi yoki juda keng makonlarni qamrab olinishini 
anglatadi). Lekin kundalik hayotda, kino arboblari orasida 
makro 
plan
atamasi, kattalashtiruvchi linza, masalan, kapalak ko‘zi yoki 
chumolining tishlarini tasvirga tushirish imkonini beruvchi 
maxsus linzalardan foydalanib tasvirga olingan plan ma’nosini 
beradi.
Bu sharh bilan oltita asosiy va ikkita qo‘shimcha planlarga 
berilgan ta’riflar nihoyasiga yetdi. Lekin bu ta’riflarni qanchalik 
to‘g‘ri tushunganingizni sinab ko‘rishga ehtiyoj bor.
9-rasm. Katta lokomotivning old qismi. 


32
Odatda birinchi o‘qish yoki tushuntirishlardan keyin 
o‘quvchilar yoki kitobxonlar kadr planlarining yirikligini 
belgilashda qo‘pol xatolar qilishga moyil bo‘ladilar. 
Bilimlaringizni sinab ko‘ring. 9-rasmning plan yirikligini 
aniqlashga urinib ko‘ring. 
Agar siz rasmda “Lokomotivning yirik plani” tasvirlangan 
deb hisoblasangiz, adashasiz! 
Agar bu o‘rta plan deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz ham
yanglishyapsiz! Ho‘sh, bu planning yirikligi qanday? 
To‘g‘ri javobni aytishdan oldin yana bir boshqa ayyorona 
savol... 10-rasmda Boing 777 laynerining qanday plani aks 
ettirilgan? 
10-rasm. Boing 777 layneri. 
Siz bari bir, noto‘g‘ri javob berasiz! Chunki siz hali kadr 
masshtabini, ya’ni planning kattaligini aniqlashning mezonini 
bilib olganingiz yo‘q!
Yunon faylasufi, sufizmning eng taniqli namoyondalaridan 
biri bo‘lgan Protagor, shunday degandi: “Inson – har bir 
narsaning o‘lchovidir!”. Bugungi kunda bu iborani ko‘p 
takrorlaymiz, biroq bu dono so‘zlarning ma’nosi naqadar 
chuqurligini o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Uning jarangdor ohangi 
ostida hayot falsafasi yotadi. Odam har bir narsani yaratar ekan, 
ularni o‘zining bo‘yiga, kuchiga va o‘zining cheklangan 
imkoniyatlariga moslagan holda yaratadi. Mixni bir pudlik bolg‘a 
bilan qoqishni yoki nina bilan quduq qazishni bir tasavvur qilib 
ko‘ring-a! Albatta bu ishlar biz uchun juda og‘ir kechgan bo‘lardi. 


33
Bilagimizda Big-Ben minorasi soatini taqib yurish ham oson ish 
emas. 
Lev Kuleshov plan yirikligini aniqlashning, ob’ektning 
kadrdagi tasviri masshtabini aniqlashning yagona mezoni sifatida 
insonni tanladi.
Aynan inson yuqorida aytib o‘tilgan har bir holatda 
masshtabni aniqlashning yagona o‘lchov birligi bo‘lib hizmat 
qildi.
9-rasmdagi Lokomotivning oldiga insonni qo‘yib ko‘ring! 
Hammasi ayon bo‘ladi. Plan yirikligi shu zahotiyoq oydinlashadi: 
bu plan – umumiy plan (11-rasm)

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish