Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Mizantsena rejasi
 
deb tasvirga olish maydonchasi, undagi 
dekoratsiyalar va ularning qismlari, aktyorlar va ularning 
joylashishi, harakat yo‘nalishlari, tasvirga olish nuqtalari va 
kamera harakat traektoriyalari aks etgan chizmaga aytiladi.
 
Undagi har bir tasvirga olish nuqtasi raskadrovka va rejissyorlik 
ssenariysidagi kadrning tartib raqamiga ega mos keluvchi o‘z 
raqamiga ega.
Har bir rejissyor va operator o‘z hamkasblariga va ijodiy 
guruhning boshqa a’zolariga kadrda nimalar aks etishi kerakligini, 
qanday yiriklikda, qanday rakursda aks etishi kerakligini grafik 
jihatdan 
aniq 
ko‘rsatib, 
tushuntirib 
bera 
olishlari, 
kompozitsiyaning asosiy elementlarini chizib ko‘rsata olishlari 
lozim. Kino ijodkorlarining professional aloqa tili ana shunaqa 
g‘aroyib. Qarangki, bu «til» kino tasvirga olish guruhining 
ikkinchi tarkibi, ya’ni assistentlar guruhi bilan ishlashda juda 
qulay ekan. Rejissyor assistenti raskadrovkaga bir nazar 
tashlaydiyu hammasini shu zahotiyoq tushunadi va navbatdagi 
9
Mizantsena – (o‘zbek tilida ba’zan mizantsena deb ham yuritiladi) kadrda, film 
epizodida va spektaklda dekoratsiya va aktyorlarning joylashish tartibi va ularning 
harakat yo‘nalishlari.


23
kadrni tasvirga olishga tayyorlash uchun undan talab qilinadigan 
barcha ishlarni boshlab yuboradi. Bu til yana bir tomondan yalqov 
yordamchilarning 
“...men 
bilmagan 
edim 
buni 
qilish 
kerakligini...”, “...men tushunmagandim nima kerakligini...” yoki 
“...menga hech kim aytgani yo‘q...” qabilidagi baxonalarni to‘qib 
chiqarishlariga hech ham imkon qoldirmaydi. 
Xa!... Hamma rejissyorlar ham Kuleshov emas, Repin ham 
va Eyzenshteyn ham emas, rejissyorlarning hammasi ham hatto 
oddiy aylanani ko‘ngildagidek chiza olishmaydi. Shuning uchun 
ham raskadrovka ishlanmasini tayyorlash ba’zida ikkita bosqichda 
olib boriladi. Birinchi bosqich: rejissyorning o‘zi hamma kadrlar 
va mizantsena rejalarini rejissyorlik ssenariysi bilan bog‘lagan 
holda birma-bir chizib chiqadi. Bu tasvirga olish ishlariga 
tayyorgarlik jarayoni bo‘lib chizilgan kadrlar juda unchalik 
mukammal bo‘lmasa ham filmning asosiy mazmun mohiyatini 
ijodiy guruhning asosiy a’zolari tushunadigan holatda bo‘ladi. Bu 
jarayonni palov pishirishdagi osh zirvagini tayyorlash jarayoniga 
o‘xshatish mumkin. Agar, chizilgan raskadrovkadagi rasmlarning 
sifatida juda yomon axvolda bo‘lsa, u holda kadrlarni chiroyli 
qilib boshqatdan chizib berish uchun maxsus “chizuvchi” jalb 
etiladi. 
Rassom 
rejissyorlik 
postanovka 
loyihasiga 
va 
rejissyorning chizmalariga asoslanib raskadrovkaning “toza” 
variantini chizib chiqadi. To‘g‘rida, “Onangni otangga bepardoz 
ko‘rsatma” deydi dono halqimiz. Postanovka loyihasi va 
raskadrovkani film buyurtmachilariga, homiy yoki davlat 
organlari hodimlariga qing‘ir-qiyshiq holatda ko‘rsatilsa, bu film 
uchun ular pul ajratishdan aynib qolishlari hech gap emas. Biroq 
baribir tasvirga olish jarayonida rejissyor “bezalgan” emas balki 
o‘zining odmigina raskadrovkasi va postanovka loyihasiga 
asoslanib ish olib boradi. Chunki, rejissyor bu loyihaga o‘zi uchun 
ahamiyatli juda ko‘p belgi va ma’lumotlarni kiritgan bo‘ladi.
Ba’zida rejissyor filmni tasvirga olish jarayonining o‘zida 
postanovka loyihasi va raskadrovkalarga o‘zgartirish kiritib 
yuborishi mumkin. Axir bu ijod jarayoni, “Ishtaha ovqat paytida 
ochiladi” deganlaridek, rejissyor ham ba’zida o‘zining yangi 
g‘oyalari, ba’zida tasvirga olish joyining go‘zalligi tufayli, 
ba’zida aktyorlarning betakror ijrosi sabab o‘zlarining dastlabki 
postanovka 
rejalariga 
o‘zgartirishlar 
kiritadilar. 
Bunday 


24
vaziyatlarda rejissyorning o‘zi raskadrovkani ham tezlikda chizib 
beradi.
Sahnaning ikki o‘lchamdagi tasvirlari, raskadrovkalar va 
mizantsena rejasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash bilan 
birga, ekranda ko‘rinadigan bo‘lajak kadrlar haqida aniq tasavvur 
hosil qilishga imkon beradi. Raskadrovka va mizantsena rejasida 
albatta kadr ramkasi ichida (kinokamera nuqtai nazaridan) shartli 
tasvirlar chiziladi. Tasvirga olish maydonchasining ishchi 
chizmasida asosiy ob’ektlar, aktyorlar va ularning joylashgan 
o‘rinlari va harakat yo‘nalishlari, kamera va uning joylashgan 
o‘rni (tasvirga olishi nuqtasi) va ob’ektivlarning kadr qamrov 
burchaklari maxsus shartli belgilar orqali aks ettiriladi. 
Masalan, raskadrovka chizilayotganda kadrdagi inson 
tanasining yuqori qismi uning qaysi tomonga qarab turganidan 
kelib 
chiqib 
shartli 
ravishda 
quyidagicha 
tasvirlanadi.
(1-rasm).
 
Kadrda insonning bosh qismi, yuz 
ko‘rinishi. (fas) 
Insonning bosh qismi, yon tomondan 
ko‘rinishi. (profil) 
Insonning bosh qismi, orqa tomondan, 
yelkadan
ko‘rinishi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish