14-rasm.
Alpinist yigit umumiy planda
11
kontekst – asarning tugal fikr anglatuvchi parchasi.
39
Ehtimol aktyor bu holatda do‘stining o‘limini ko‘rgan
alpinistning
holatini
boshqacha
ijro
etib
berar,
lekin
raskadrovkada biz buni quyidagicha chizdik (15-rasm).
15-rasm. Alpinistning yirik plani.
E’tibor bering, bu ikki kadr o‘zining ma’nosi va
tomoshabinga berayotgan axboroti bo‘yicha o‘zaro tamomila farq
qiladi. Umumiy planda biz alpinist yigitning yuz ifodasini, uning
bu vaziyatda nimalarni his qilayotganini ko‘ra olmaymiz. U
kadrda juda kichkina bo‘lib ko‘rinyapti. Biroq, bu kadrda voqea
ro‘y berayotgan joy, atrof-muhit juda yaxshi ko‘rinib turibdi.
Qahramonimizning qanday qiyinchiliklar bilan qoyatoshga chiqib
olgani, o‘limdan qutulib qolishga intilish jarayoni juda yaxshi
ko‘rinib turibdi. Lekin uning daxshatli voqeani guvohi bo‘lgan
paytdagi
qo‘rqinchi, ruhiy holati tomoshabinga yaxshi
ko‘rinmaydi. Natijada tomoshabin qahramonimizning qayg‘usini
his etmaydi, unga hamdard bo‘lmaydi.
Yirik planda esa daxshatli manzara, hodisa yuz bergan
vaziyat aks etmaydi, balki faqatgina bu holatdan larzaga tushgan
qahramonimizning yuzi ko‘rinadi, u his etayotgan daxshat va
qayg‘uni tomoshabin ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Biz bir ob’ektning o‘zini bir vaqtning o‘zida tasvirga olgan
bo‘lsakda, ular planlar yirikligi bo‘yicha turlicha bo‘lganliklari
bois ularning ma’no-mazmuni ham tamomila turlicha bo‘lib
chiqdi.
Kadrning plan yirikligini belgilash – rejissyor va operator
ijodiy faoliyatidagi eng mas’uliyatli jarayondir. Chunki, aynan
shu ish ularning montaj san’atidan, kadrning tasviriy jihatlaridan
40
qanchalik habardor ekanligini, kadrni ko‘ra olish va uning
tomoshabinga ko‘rsatadigan ruhiy ta’sirini nozik his qila olish
qobiliyatlarini ko‘rsatib beruvchi asosiy omildir.
Film, ko‘rsatuv yoki musiqiy klip bo‘lsin, rejissyorning
oldida faqatgina adabiy ssenariyga asosan ishlashga to‘g‘ri kelib
qoladigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu – bo‘lajak asarni yaratish
jarayonidagi juda mas’uliyatli paytdir. Rejissyorning iste’dodi,
uning ekran asari ssenariysi ustida olib borgan ishining
mukammalligi, fikrlar teranligidan boshlab ishlab chiqarish davri:
tasvirga
olish,
montaj,
ovozlashtirish
kabi
murakkab
jarayonlarning omadli kechishi yoki aksincha bo‘lishi ekran
asarining badiiy qimmatiga ta’sir ko‘rsatadi. Aynan shu omillar
film yoki musiqiy klipning omadli bo‘lishini belgilab beradi.
Tasavvur qilib ko‘raylik, ertaga biror kinorejissyor uchun
o‘zining yangi kinofilmining navbatdagi epizodini tasvirga olish
kuni. Tasvirga olish uchun hamma narsa tayyor: dekoratsiyalar,
uskunalar, aktyorlar chaqirilgan, operatorlar va yorituvchilar
guruhi ham ishga shay. Biroq, kutilmaganda rejissyorning
miyasiga yangi g‘oya kelib qoladi va bu g‘oya avvalgisidan
yaxshiroq, film mazmunini yaxshiroq ochib beradigan, o‘z
miizanssenasi bo‘yicha yanada qiziqarli va dinamikaliroq, eng
asosiysi qo‘shimcha texnik vositalar va xarajatlar qilishni talab
etmaydi.
Yoki yana bir boshqa vaziyat – xujjatli kino ijodkori tabiat
qo‘ynida telereportaj tasvirga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U
tadbir o‘tkaziladigan hududni ko‘zdan kechirib ijodiy guruhning
barcha vakillari, operatorlar bilan reportajni qanday va qaysi
nuqtalardan tasvirga olishni kelishib olishi lozim. Bunday
telereportaj yengil atletika bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lishi
ham mumkin. Ba’zan esa hatto pavilondagi tasvirga olish
ishlaridan oldin ham operator va tasvirga olish guruhining boshqa
ijodkorlariga ko‘rsatuvni qanday tasvirga olishni yaxshilab
tushuntirishga to‘g‘ri keladi.
Har qanday holatda ham rejissyor film yoki ko‘rsatuvning
barcha kadrlarini va ularning ulanish joylarini birma-bir ko‘z
oldidan o‘tkazib chiqishi kerak. Chunki, tomoshabin film yoki
ko‘rsatuvning voqealari ko‘rib uning ichida adashib qolishi,
kadrdan-kadrga o‘tishda “sakrash”lar yuzaga kelishi, yoki
41
bo‘lmasa, boshqa xatoliklarga duch kelishi mumkin emas. Bu
kabi qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun rejissyorlar,
operatorlar
ham
montajning
tamoyillarini
huddi
maktab
o‘quvchisi karra jadvalini bilganidek bilib olishlari shart.
Har doim, har bitta kadrlar ulanish joyida rejissyor kadrdagi
tasvirning qanday bo‘lishini, uning o‘zgarishini, huddi film
voqealari ekranda sodir bo‘layotgandek tasavvur qila olishi,
xayoliy ko‘z bilan ko‘ra olishi kerak. U aktyorning ayni damda
olinayotgan kadrdagi so‘nggi harakatlarini, joylashgan joyini,
plan yirikligini bilishi va aynan huddi shu holatni navbatdagi
kadrda qanday aks etishini aniq tasavvur qila olishi lozim.
Muayyan kadrning kompozitsiyasining tezlik bilan boshqa bir
kadr kompozitsiyasi bilan o‘rin almashinishini va bu o‘zgarishdan
tomoshabin o‘ziga qanday taassurot olishini idrok eta olishi ham
rejissyordan talab etiladi. Filmdan joy olgan har bir kadrning
boshlang‘ich va so‘nggi kompozitsion holatlari, maxsus
ramkalarga ega bo‘lgan blanklarga chizib chiqiladi va bo‘lajak
filmning raskadrovkasini tashkil qiladi.
Albatta, kadrlarning ulanishidan ekranda hosil bo‘ladigan
effektni “avvaldan seza olish” malakasiga erishish rejissyordan
bir oz tasavvur boyligini talab qiladi. Vaqt o‘tishi bilan muayyan
kadrlarni o‘zaro montaj qilib ko‘rish va bundan olinadigan
natijalarni taxlil qilish rejissyorga film montaji borasida
mustahkam bilimlarga, tasavvur boyligiga va zaruriy malakaga
erishishga yordam beradi. Ana endi u birinchi va ikkinchi
kadrlarda kamerani ob’ektga nisbatan qaysi holatda va qaysi
nuqtaga qo‘yish lozim ekanligini, tasvirga olinayotgan ob’ekt
yoki uning biror qismini tasvirga olish lozim bo‘lganda kadr
masshtabini qanday tanlashni va keyinchalik, tomoshabin bu
kadrlarning ulanishidan qanday taassurot olishi mumkinligini aniq
biladigan bo‘ladi. Rejissyor o‘z ishining natijasini qanday
bo‘lishini doimo aniq tasavvur qilishi, tez-tez almashinib
borayotgan kadrlar, ulardagi harakat o‘zining filmiga qanday
ta’sir ko‘rsatishini mayda unsurlarigacha bilish shart. Montajning
10 ta asosiy tamoyillarini yaxshi bilish kadrlarni o‘zaro montaj
qilishda, kadrdan kadrga o‘tishda hosil bo‘ladigan effektni
avvaldan tasavvur qilishda ishni ancha yengillashtiradi. Bunday
bilimlarga ega bo‘lmay turib hech bir professional rejissyor yoki
42
operator ishlay olmaydi.
Montajning 10 ta tamoyillaridan eng birinchisi bu “Kadr
yirikligi bo‘yicha montaj”dir. Bu tamoyil aynan bir ob’ektni bir
epizod yoki ko‘rinishi doirasida tasvirga olish paytida ob’ektning
kadrdagi masshtabini to‘g‘ri belgilashga, o‘zaro montaj qilinishi
mumkin bo‘lgan planlar ketma-ketligini aniqlashga yordam
beradi.
Bu masala yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun biz ko‘p
yillardan buyon foydalanishda bo‘lgan usuldan – inson va boshqa
ob’ektlarni kinokadrda aks ettirishning grafik usulidan
foydalanamiz. Ramkalarga chizilgan rasmlar ijodkorlarga bo‘lajak
filmning ekranda qanday aks etishini tasavvur qilishga yordam
beradi. Bu esa bo‘lajak rejissyorlar, operatorlar va kino
rassomlarida professional bilimlarni shakllantirish uchun juda
zarur bo‘lgan malakalardan biridir.
Tasavvur qilib ko‘ring, insonning yirik-o‘rta plani va yirik
plani tasvirlari o‘zaro montaj qilinganda qanday ko‘rinishda
bo‘ladi? Tomoshabin tomonidan qanday idrok qilinadi, yaxshimi
yoki yomon?
Biroq shuni unutmangki, bir kadrdan ikkinchisiga o‘tish
tomoshabin ko‘zi uchun qulay va sezilmas bo‘lishi kerak. (16-
rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |