Chin eritmalar. Ko‘pchilik kimyoviy uzgarishlar, shu jumladan texnologik jarayonlar eritmalarda kechadi. Xomasho va mahsulotlar sifatini nazorat qilish, kimyoviy jarayonlar mexanizmini to‘liq o‘rganish, moddalarni sintez qilish, ularning xossa va tuzilishlarini aniqlash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan sistemalar - eritmalardir. - Chin eritmalar. Ko‘pchilik kimyoviy uzgarishlar, shu jumladan texnologik jarayonlar eritmalarda kechadi. Xomasho va mahsulotlar sifatini nazorat qilish, kimyoviy jarayonlar mexanizmini to‘liq o‘rganish, moddalarni sintez qilish, ularning xossa va tuzilishlarini aniqlash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan sistemalar - eritmalardir.
- Eritma - ikki yoki undan ortiq komponent (tarkibiy qism) dan iborat bo‘lgan gomogen sistemadir.
- Eritmalar moddalarning agregat holatiga ko‘ra qattiq, suyuq, gazsimon holatlarda bo‘ladi. Kattik eritmalar - bular turli tarkibga ega bo‘lgan metallarning qotishmalari (pulat, chuyan, dyuralyuminiy, bronza, latun) va shishalardir.
- Gazsimon eritmalarga havo (azot, kislorod va boshka gazlardan iborat) va boshqa gazlarning aralashmalari kiradi.
Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko‘p bo‘lsa, shu komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan: Cho‘yan - uglerod ( 4%) ning temir (96%) dagi eritmasi bo‘lsa, havo - azotdagi ( 78%) kislorod (21%) ning eritmasi buladi. Eng ko‘p o‘rganiladigan va ko‘p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir. Suyuq eritmalar - asoslar, kislotalar, tuzlarning va organik moddalarning suv yoki boshqa suyuq moddalarda erishidan hosil bo‘lgan sistemalardir. Shu sababli eritmalar qatoriga ko‘pchilik suyuqliklar (suv-spirt, spirt-efir, benzol-efir, atseton-suv, atseton-spirt, benzol-benzin va hokazo) ning o‘zaro aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo‘lish jarayonida agregat holatini o‘zgartirmaydigan komponent erituvchi deyiladi. Masalan: suvda osh tuzi eriganda (miqdoridan kat’iy nazar) osh tuzi kristallari suv ta’sirida kristall holatini yo‘qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning barchasida suv erituvchi bo‘ladi. - Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko‘p bo‘lsa, shu komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan: Cho‘yan - uglerod ( 4%) ning temir (96%) dagi eritmasi bo‘lsa, havo - azotdagi ( 78%) kislorod (21%) ning eritmasi buladi. Eng ko‘p o‘rganiladigan va ko‘p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir. Suyuq eritmalar - asoslar, kislotalar, tuzlarning va organik moddalarning suv yoki boshqa suyuq moddalarda erishidan hosil bo‘lgan sistemalardir. Shu sababli eritmalar qatoriga ko‘pchilik suyuqliklar (suv-spirt, spirt-efir, benzol-efir, atseton-suv, atseton-spirt, benzol-benzin va hokazo) ning o‘zaro aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo‘lish jarayonida agregat holatini o‘zgartirmaydigan komponent erituvchi deyiladi. Masalan: suvda osh tuzi eriganda (miqdoridan kat’iy nazar) osh tuzi kristallari suv ta’sirida kristall holatini yo‘qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning barchasida suv erituvchi bo‘ladi.
- Agar suyuqliklarning o‘zaro aralashuvidan hosil bo‘lgan eritmalar bo‘lsa, miqdori ko‘p bulgan suyuqlik erituvchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |