,,QURBONOVLAR MAKTABI’’ ATM KFO’: G’OLIB QURBONOV
telegram kanalimiz: @Qurbonovlarmaktabi
~ 7 ~
1.121. Teng massada olingan azot (II)- va (IV)-
oksidlardan iborat 1 litr (n.sh.) aralashmaning
massasini aniqlang.
1.122. Ammiak va karbonat angidriddan iborat
12 litr (n.sh.) aralashma 18 g massaga ega.
Aralashmada har bir gazdan necha litrdan bor?
1.123. Vodorod va atsetilendan iborat 1 litr (n.sh.)
aralashma 0,5 g massaga ega. Aralashmadagi
atsetilenning hajmiy ulushini aniqlang.
1.124. 2 litr (n.sh.) vodorod va 10 litr (n.sh.) azotdan
iborat aralashmaning molyar massasini aniqlang.
1.125. Hajm bo'yicha 50% azot va 50% kisloroddan
iborat 896 ml (n.sh.) aralashnadagi azot va kislorod
molekulalari sonlarini aniqlang.
1.126. 3,28 g etan, eten va etin aralashmasi
yondirilganda 5,376 litr (n.sh.) karbonat angidrid
hosil bo'ldi. Bunda hosil bo'lgan suvning massasini
aniqlang.
1.127.
27°C va 133,322 kPa bosimda 0,685 g gaz
400 ml hajm egallasa, gazni aniqlang.
1.128. Har qanday hajmli metan va vodorod
aralashmasini to'liq yondirish uchun, bir xil
sharoitda xuddi shunday hajm kislorod sarf bo'lishi
uchun metan va vodorodni qanday hajmiy nisbatda
aralashtirish kerak? Aralashma va kislorodning
hajmlari o'lchanayotgan sharoit o'zgartirilsa, nisbat
o'zgaradimi?
1.129. Propan va mo'l miqdor kisloroddan iborat
100 ml aralashma yondirildi. Hosil bo'lgan
gazlarning, dastlabki sharoitga keltirilgan va suv
bug'lari kondensatlangandan keyingi hajmi 55 ml.
Dastlabki aralashmadagi propanning hajmiy
ulushini aniqlang.
1.130.
125,475 litr xloroform (ρ =
1,5 g/ml) olish
uchun tarkibida 94% metan tutgan tabiiy gazdan
qanday hajm kerak bo'ladi? Xloroformning chiqish
unumi 80%.
1.131. 1,6 litr (n.sh.) havo tarkibidagi vodorod
sulfidni oltingugurtgacha oksidlash uchun 100 g
1,27%-li yodning suvli eritmasi sarf bo'ldi. Vodorod
sulfidning havodagi hajmiy ulushini (%) hisoblang.
1.132. 1 litr hajmli idish 50 atm. ga chidaydi. Idish
500°C gacha qizdirilganda chidashi uchun, idishga
solinishi mumkin bo'lgan ammoniy karbonatning
maksimal massasini aniqlang.
1.133.
560 ml gaz 1,1 atm. bosimi va 25°C
haroratda 1,109 g massaga ega bo'lsa, gazning
molyar massasini aniqlang.
1.134. Aluminiy va qalaydan iborat 20 g
aralashmaga, qizdirilgan holda ishqor eritmasi
bilan ishlov berildi. Bunda 12,66 litr 27°C,
108,3 kPa) gaz ajraldi. Aralashmadagi metallarning
massa ulushlarini aniqlang.
1.135. 40 ml vodorod va kislorod aralashmasi
portlatilgandan keyin, 4 ml vodorod ortib qoldi.
dastlabki aralashmadagi gazlarning hajmiy
ulushlarini aniqlang.
1.136. Is gazi, karbonat angidrid va azotdan iborat
5 litr (n.sh.) aralashma mo'l miqdor ohakli suv
orqali o'tkazildi. Bunda 5 g cho'kma tushdi. Qolgan
gazlar aralashmasi qizdirilgan temir (III)-oksid
ustidan o'tkazildi va 5,6 g temir olindi. Dastlabki
aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini
aniqlang.
1.137. Azot va vodorod aralashmasi ammiak sintez
qilish qurilmasiga kiritildi. qurilmadan
chiqayotgan 1,344 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi
cho'g'lantirilgan mis (II)-oksid tutgan nay orqali
o'tkazildi. Bunda nayning massasi 0,96 g ga
kamaydi. Qolgan gazlar aralashmasi fosfor (V)-
oksid tutgan nay orqali o'tkazilgach, naydan
0,448 litr (n.sh.) gaz chiqdi. Ammiak sintez qilish
uchun olingan gazlarning tarkibini (mol) va
ammiakning chiqish unumini aniqlang.
1.138. Is gazi va karbonat angidriddan iborat gazlar
aralashmasi qizdirilgan holda natriy gidroksidga
to'liq yuttirildi. Reaksiya mahsulotlari bariy nitrat
eritmasi bilan ta'sirlashib, 7,88 g cho'kma hosil
qiladi. Cho'kma ajratib olingach, eritmaga
konsentrlangan sulfat kislota qo'shib qizdirildi.
Bunda 448 ml (n.sh.) gaz hosil bo'ldi. Dastlabki
oksidlar aralashmasining geliyga nisbatan
zichligini aniqlang. Nitrat kislotaning
uchuvchanligini hisobga olmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |