,,QURBONOVLAR MAKTABI’’ ATM KFO’: G’OLIB QURBONOV
telegram kanalimiz: @Qurbonovlarmaktabi
~ 8 ~
1.139. 3,36 g kukunsimon temirni xlor va vodorod
xlorid aralashmasi bilan xlorlashda 9,04 g reaksiya
mahsulotlari hosil bo'ldi. Dastlabki gazlar
aralashmasining vodorodga nisbatan zichligini
aniqlang.
1.140. Natriy gidrokarbonat, gidrosulfit va
gidroksidlardan iborat 35,2
g aralashma xlorid
kislota bilan ta'sirlashganda, vodorodga nisbatan
zichligi 25,33 ga teng bo'lgan 6,72 litr (n.sh.) gazlar
aralashmasi hosil bo'ldi. Hosil bo'lgan eritmadan
ajratib olish mumkin bo'lgan natriy xloridning
massasini hisoblang.
1.141. Is gazi aralashgan 46 litr (n.sh.) havo
kukunsimon marganes (IV)-oksid orqali o'tkazildi.
Bunda hosil bo'lgan quruq moddalar aralashmasi
konsentrlangan xlorid kislota bilan ta'sirlashib,
havoga nisbatan zichligi 2,315 ga teng bo'lgan
7,84 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil qildi.
Havodagi uglerod (II)-oksidning hajmiy ulushini va
barcha o'zgarishlarda qatnashgan marganes (IV)-
oksidning massasini aniqlang. Is gazining vavoda
oksidlanishini hisobga olmang.
1.142. Natriy gidrid aralashgan 2,54 g natriy, suv
bilan ta'sirlashganda 2 litr 16°C, 72,1 kPa) vodorod
ajraldi. dastlabki aralashmadagi natriy gidridning
massa ulushini aniqlang.
1.143. Gidrazin, o'rtacha qizdirilganda, oddiy
moddalar yoki azotning disproporsiyalanish
mahsulotlarini hosil qilib parchalanadi. Ba'zi
metallar bu reaksiyalarning bittasini, ba'zilari har
ikkalasini tezlashtiradi. Gidrazinning, rodiy
ishtirokida to'liq parchalanishidan zichligi 0,26 g/l
1 atm, 227°C) bo'lgan gazlar aralashmasi hosi
l
bo'ladi. Xuddi shu sharoitda mis ishtirokida zichligi
0,418 g/l ga teng aralashma hosil bo'ladi. Kobalt
ishtirokida geliyga nisbatan zichligi 4,8 ga teng
bo'lgan gazlar aralashmasi hosil bo'ladi.
Gidrazinning parchalanish reaksiya tenglamalarini
yozing. Reaksiyalarga qaysi metallar katalizatorlik
qilishini toping. Javoblarni hisoblashlar orqali
tasdiqlang. Qaysi metal har ikkala reaksiyaga
katalizatorlik qiladi? Bunda oddiy moddalarga
parchalangan gidrazinning mol ulushini aniqlang.
Shartda keltirilgan gazlarning hajmiy tarkibini (%)
aniqlang.
1.144. Hajmi 5 litr bo'lgan idishda, 5,1 g butan
kislota, 16 g kislorod atmosferasida to'liq yondirildi.
27°C gacha sovutilgandan keyin gazlar
aralashmasining bosimini aniqlang.
1.145.
Hajmi 9 litr bo'lgan ammiak, 400°C va
620 kPa da cho'g'lantirilgan mis (II)-oksid ustidan
o'tkazildi. Reaksiya mahsulotlari o'zgarmas
bosimda, haroratda 27°C gacha sovutilganda
qanday hajm egallaydi? Reaksiyaning qatiq
mahsulotini eritish uchun sarflanadigan 20%-li
nitrat kislota eritmasining (ρ=1,12 g/ml) hajmini
hisoblang.
1.146. Azot bilan to'ldirilgan shihsa idishning
massasi 206,6 g. Noma'lum gaz bilan to'ldirilgan
shu idishning massasi 207,2 g. Idishning massasi
202,4 g bo'lsa, noma'lum gazning molyar massasini
hisoblang.
1.147. Kislorod va ozondan iborat aralashmaning
vodorodga nisbatan zichligi 17 ga teng.
Aralashmadagi kislorodning massa, hajmiy va mol
ulushlarini aniqlang.
1.148. Ammiak qizdirilganda, uning yarmi oddiy
moddalarga parchalandi. Hosil bo'lgan gazlar
aralashmasining zichligini
101
,3 kPa, 273 K)
hisoblang.
1.149.
0°C va 1,01 · 10
5
Pa da bir hajm suvda
4,6 hajm gaz eriydi. Natijada massa ulushi 0,694%
bo'lgan kislota eritmasi hosil bo'ladi. Gazning
formulasini toping. Gazning 40°C
dagi eruvchanligi
0°C dagi eruvchanligidan uch marta kam bo'lsa,
40°C dagi eruvchanligini aniqlang.
1.150. Kislorod va karbonat angidrid aralashmasi
0°C va 84,04 kPa da, hajmi 13,5 litr bo'lgan berk
idishga joylashtirilgan. Idishga yangi tayorlangan
kalsiy oksid kiritilganidan bir muncha vaqt o'tib,
hsu temperaturada bosim 50,4 kPa gacha kamaydi.
Aralashmadagi gazlarning modda miqdorlarini
aniqlang.