,,QURBONOVLAR MAKTABI’’ ATM KFO’: G’OLIB QURBONOV
telegram kanalimiz: @Qurbonovlarmaktabi
~ 2 ~
1.24. Qalqonsimon bezning massasi 40 g, undagi
yodning massa ulushi 0,044%-ni tashkil etsa,
qalqonsimon bezdagi yodning massasini aniqlang.
1.25. Qon gemoglobinidagi temir atomlarining
massasi 3 g ni tashkil etsa, temir atomlarining
sonini toping.
1.26. Odam organizmidagi hujayralar tarkibida
kislorod, uglerod va vodorodlarning massa
ulushlari mos ravishda 65, 18 va 10%-ni tashkil
etadi. Odam organizmida qaysi element
atomlarining soni ko'proq?
1.27. Odam qoni plazmasi tarkibida Na
+
, K
+
va Ca
2+
ionlarining modda miqdori doimiy va 1 : 1,4 : 9,6
nisbatda bo'ladi. Bu nisbatning o'zgarishi, kasallik
haqida xabar bo'lib xizmat qiladi. Sog'lom odam
qoni plazmasida Na
+
ionlarining massasi 17,7 g ga
teng bo'lsa, bu ionlarning shu plazmadagi modda
miqdorini aniqlang.
1.28. 1000 ml qonda 16 mg kaliy ionlari va 0,97 mg
kalsiy ionlari mavjud. Katta odam qonining
o'rtacha hajmi 5,6 litrni tashkil etsa, uning qoni
tarkibidagi kaliy va kalsiy ionlarining sonini
toping.
1.29. Uch valentli element oksidi tarkibidagi
kislorodning massa ulushi 0,316 ni tashkil etadi.
Elementning nisbiy atom massasini hisoblang.
1.30. 5,6 g metal yondirilganda 8 g oksid hosil
bo'ldi. Metal uch valentli bo'lsa, uni aniqlang.
1.31. 8,96 litr (n.sh.) ozondagicha kislorod atomlari
tutgan sulfat kislotaning modda miqdorini
aniqlang.
1.32. II A guruhcha metal oksidi namunasidagi
umumiy atomlar soni 3,01 · 10
21
ta, oksid
tarkibidagi kislorodning massa ulushi metalning
massa ulushidan katta. Namunaning massasini
topib, oksidni aniqlang.
1.33. 0,1 mol temir (III)-sulfat tutgan eritmadagi
sulfat ionlarini to'liq cho'ktirish uchun kerak
bo'ladigan bariy xloridning massasini aniqalng.
1.34. Kalsiy galogenid namunasidagi umumiy
atomlar soni 9,03 · 10
23
ta, galogenid tarkibidagi
metalning massa ulushi galogenning massa
ulushidan katta. Tuzning formulasini aniqlab,
namunaning massasini hisoblang.
1.35. Odam organizmida umuman olganda, 25 mg
atrofida yod bo'ladi. Shuning 70%-i qalqonsimon
bez tarkibiga to'g'ri keladi. a) qalqonsimon bezdagi;
b) butun organizmdagi yod atomlarining sonini
hisoblang.
1.36. Bir tajribada 40 g vodorodni yondirib, 360 g
suv olindi. Boshqa tajribada 40 g suvni parchalab,
4,44 g vodorod olindi. Tajriba natijalari tarkibning
doimiylik qonuniga mos keladimi?
1.37. Berk chinni idishda 18,6 g temir qipiqlari va
13,4 g oltingugurtdan iborat aralashma qizdirildi.
Natijada 29,3 g temir sulfid olindi. Tajriba natijasi
moddalar massasining saqlanish qonuni nuqtayi
nazaridan qanday tushuntiriladi?
1.38. Gematit namunasi tarkibida 82% Fe
2
O
3
bor.
Shu namunadagi temirning massa ulushi qanday
bo'ladi?
1.39. Selitra namunasi tarkibida 30% azot borligi
kimyoviy analiz yordamida aniqlangan. Bu
ammoniy nitratning qanday massa ulushiga to'g'ri
keladi?
1.40.Temir (III)-nitrat kristallogidrati tarkibidagi
temir atomlarining soni Avogadro soniga teng,
kislorod atomlarining soni esa, Avogadro sonidan
18 marta ko'p. Bir mol tuzga mos keladigan
suvning miqdorini (mol) aniqlang.
1.41. Temir (II)-sulfat kristallogidratida
kislorodning massa ulushi 0,633 ga teng.
Kristallogidratning formulasini aniqlang.
1.42. Kalsiy xlorid kristallogidrati qizdirilganda
massasi 49,315% ga kamayadi. Kristallogidratning
formulasini aniqlang.
1.43. AlCl
3
· 6H
2
O va Al
2
(SO
4
)
3
· 18H
2
O
kristallogidratlari 1 : 2 mol nisbatda aralashtirildi.
Arlashmadagi Al
3+
ionlarining massa ulushini
hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |