,,QURBONOVLAR MAKTABI’’ ATM KFO’: G’OLIB QURBONOV
telegram kanalimiz: @Qurbonovlarmaktabi
~ 5 ~
1.83. Magniy va aluminiydan iborat 1,5 g
qotishmaga xlorid kislota ta'sir ettirilganda
1,42 litr
23
°C, 121,2 kPa) vodorod ajraldi.
Qotishmadagi metallarning massa ulushlarini
hisoblang.
1.84. 30 g noma'lum murakkab efir ishqoriy gidroliz
qilindi. Bunda 34 g to'yingan bir atomli kislotaning
natriyli tuzi va 16 g spirt hosil bo'ldi. Efirning
formulasini topib, nomlang.
1.85. Noma'lum ikki valentli metal va uning
karbonatidan iborat 72,8 g aralashmaga xlorid
kislota ta'sir ettirilganda, 8,96 litr (n.sh.) gazlar
aralashmasi hosil bo'ldi. Gazlar aralashmasi
yondirilib, suv bug'lari kondensatlangandan keyin,
gazlar hajmi 6,72 litrgacha (n.sh.) kamaydi.
Aralashmadagi metalning massa ulushini aniqlang.
1.86. 30 g kremniy (IV)-oksid va 30 g magniy
kuydirilishidan hosil bo'lgan aralashmaga xlorid
kislota bilan ishlov berilganda, 6,72 litr (n.sh.)
vodorod ajraldi. Hosil bo'lgan kremniyning
massasini aniqlang.
1.87. Xlorid va nitrat kislotalar aralashmasi tutgan
150 g eritmada 24 g mis (II)-oksid to'liq eritildi.
So'ngra, eritma bug'latildi va kuydirildi. Hosil
bo'lgan qoldiq natriy gidroksid bilan qoldiqsiz
reaksiyaga kirishtirildi. Hosil bo'lgan eritma yana
bug'latildi va kuydirildi. Qoldiq 35,7 g ni tashkil
etdi. Dastlabki aralashmadagi kislotalarning massa
ulushlarini hisoblang.
1.88. 1,02 g sulfid kislota tuzi tutgan eritma, 2,7 g
ikki valentli metal xloridi tutgan eritmaga
quyilganda, 1,92 g cho'kma tushdi. Agar tuzlar
to'liq reaksiyaga kirishgan bo'lsa, reaksiya uchun
qaysi tuzlar olingan?
1.89. Qo'rg'oshin shakari deb nomlanadigan-
qo'rg'oshin (II)-atsetatning trigidrati
(Pb(CH
3
COO)
2
· 3H
2
O), lat eganda sovutuvchi,
to'qimalarni tiklovchi va mikroblarga qarshi
ta'sirga ega eritma tarkibiga kiradi. Shu tuzning
1 molidagi suvning massasini, kislorod va vodorod
atomlarining modda miqdorini va sonini hisoblang.
1.90. Kobra zahari tarkibidagi ruxning massa
ulushi 0,5% ni tashkil etadi. Shu zaharning bir
tomchisida
30
mg) nechta rux atomi bo'ladi?
1.91. Bittasi rux bo'lgan, ikkita metaldan iborat
qotishmaning 44,83 gramiga mo'l miqdor ishqor
ta'sir ettirildi. Bunda 4,48 litr (n.sh.) gaz ajraldi.
Erimay qolgan qoldiqni oksidlash uchun 5,6 litr
(n.sh.) kislorod sarf bo'ldi. Har ikkila metal +2
oksidlanish darajasigacha oksidlanganligi ma'lum
bo'lsa, qotishmaning sifat va miqdor (g) tarkibini
aniqlang.
1.92. Kumush nitrat (lyapis) olishda 20%
isrofgarchilik bilan 4,48 litr (n.sh.) azot (IV)-oksid
ajralgan bo'lsa, nitrat kislota bilan ta'sirlashgan
kumushning massasini hisoblang.
1.93. Lyapis bilan zaharlangan oshqozon natriy
xloridning 2%-li eritmasi bilan yuviladi. 0,1 g
kumush nitrat eritmasi bilan mo'l miqdor natriy
xlorid eritmasi ta'sirlashganda hosil bo'ladigan
kumush xloridning massasini hisoblang.
1.94.
3,01 · 10
24
dona azot, xlor va suv molekulasi
qanday hajm (n.sh.) egallaydi?
1.95.
3,01 · 10
24
dona kislorod atomi tutgan
kislorodning hajmini (n.sh.) aniqlang.
1.96. 2 litr argondagicha atomlar tutgan oltingugurt
(IV)-oksidning hajmini aniqalng. Hajmlar bir xil
sharoitda o'lchangan.
1.97. Kripton va ammiak qanday zichliklarga
(n.sh.) ega?
1.98. Oddiy modda bo'lgan gazning zichligi (n.sh.)
3,17 g/l bo'lsa, gazni aniqlang.
1.99. Gazning 0
o
C va 1 atm. dagi zichligi 1,43 g/l.
Gazning 100
o
C va 20 atm. dagi zichligini (g/l)
aniqlang.
1.100. Bir xil sharoitda uglerod (IV)-oksid va
argondan 300 litrdan berilgan. Qaysi gazning
atomlar soni, ikkinchi gazning atomlar sonidan,
necha marta ko'p?
1.101. Teng hajmli karbonat angidrid va is gazidan
iborat 400 litr (n.sh.) aralashmaning massasini
hisoblang. Shu aralashmaning 7°C va 200 kPa dagi
hajmini aniqlang.
1.102. 1,7 kg vodorod peroksidni parchalashdan
hosil bo'lgan kislorod, 22°C va 735 mm.s.u. da
qanday hajm egallashini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |