Kimyodan nostandart testlar tuzish va yechish usullari. Kimyoviy masalalarni yechishning proporsiya usulida masalalar yechish yo’llari Reja: Kirish



Download 45,35 Kb.
bet2/6
Sana13.06.2022
Hajmi45,35 Kb.
#663887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyodan nostandart testlar tuzish va yechish usullari

Kurs ishining maqsadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Kimyodan masalalar yechish» mavzularini o’qitish samaradorligini noan’anaviy va interfaol metodlarni qo’llash orqali oshirish.
Kurs ishining vazifalari.
-maktab kimyo kursida «Kimyodan masalalar yechish » mavzularining o’rnini aniqlash;
- «Kimyodan masalalar yechish » mavzularini o`rganishda turli xil o’qitish metodlarining mohiyatini aniqlash;
- « Kimyodan masalalar yechish » mavzulari bo’yicha noan’anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish;
Kurs ishining amaliy ahamiyati.
Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o’quvchilarning « Kimyodan masalalar yechish »mavzularini chuqur o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Ushbu kurs ishi materiallaridan maktab kimyo o’qituvchilari o’z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
I bob: Kimyodan testlar va ularga qo’yilgan talablar
1.1 Testlarning tarixi
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o’rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli bo’yicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi. Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga ham urinib ko’rilgan. CH.Grin (1926) o’zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko’rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi [6]:

  • test sinovlari uchun mo’ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;

  • mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo’li bilan aniqlash;

  • talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o’rtacha tezligi to’g’risidagi amaliy ma`lumotlarni e`tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;

  • test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to’g’ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;

  • topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to’g’ri va noto’g’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo’l qo’ymaslik.

CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o’rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to’g’risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o’rganish zarurligini ta`minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; o’qitish jarayonida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o’quv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo’llash mumkin.
SHuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o’tkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qo’llash natijasidagina nazoratdan ta`limga yo’naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va so’ngra qanday yo’nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma`lumdir. Frantsiya parlamenti 1989- yilda ta`limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo’yicha o’qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o’tishlari ko’zda tutiladi: Busiz 1992- yildan boshlab Frantsiyada o’qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. SHunisi qiziqki, Frantsiya to’qson yillik test an`analariga ega bo’lgan davlatdir.
O’tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQSH da test o’tkazishning zamonaviy ahvolini o’rganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi o’quv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qo’llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo’yicha sinovdan o’tmasdan, boshqacha yo’l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko’tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:
a) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish;
b) ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar iste`dodlarni taqdirlashga intilish;
v) amerikaliklarni milliy ta`lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari.
Inson erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi.
AQSHda to’rt yuzdan ortiq markaz o’zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. SHuningdek, testlarni tuzish va ularni qo’llash bo’yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992- yilda ular AQSHdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo’nalishlari ro’yxatida 8-o’rinni egallaganlar. O’ta qadrlanadigan tizimlar bo’yicha tahlil, marketing, sog’liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va komp’yuter texnologiyasi ixtisosliklari esa, tegishli tarzda 15-20-o’rinlarga joylashtirilgan.
Sobiq Ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yo’l qo’yildi. 1936-yildagi VKP(b) MKning «Xalq maorif komissarligi tizimidagi pedagogik buzilishlar to’g’risida»gi qarorida testlar «burjua» pedagogikasiga xos deb hisoblandi. Bu qaror fanni mafkuraviylashtirishga va uni majburan siyosiylashtirishga qaratilgan bo’lib, unda jahon psixologiyasi va pedagogikasi tajribasidan foydalanish inkor qilingan edi. Bu qarorga binoan, 1936-yildan testshunoslik bo’yicha ilmiy tadqiqotlar davlat miqyosida to’xtatildi. Pedalogiyaning «idealistik va mexanistik» ko’rsatmalari, ularni «ilmiy asoslanmagan» «test»larga berilib ketganligi qoralandi. Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari va psixologlarining talabalar bilim-ko’nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. SHuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. YUqorida ta`kidlaganidek, mustaqil O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib, 1993-yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o’rta ma`lumot yakunida, oliy o’quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo’llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o’lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. SHuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o’lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. edagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo’lib, ta`lim jarayonining samaradorligini oshiradi. SHuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me`yor bo’lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko’rsatadilar.
Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • test topshiriqlari o’quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o’zida nazorat qilinadigan o’quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);

  • hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;

  • talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;

  • test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo’lgan shkala yordamida, talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo’yishga imkon beradi (reyting);

  • o’qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;

  • boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o’lchashga sharoit yaratiladi;

  • test nazorati komp’terlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O’quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o’z ifodasini topadi.

Umuman olganda, test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o’zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o’qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o’quv dasturini chuqur va har tomonlama o’zlashtirilishini ta`minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSH da munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo’llash bo’yicha AQSH tajribasi Kanada, YAponiya, Turkiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarga yoyilgan. Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. SHuning uchun ham, AQSH da testning yuqori sifatini ta`minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan [2; 3.] Bu tashkilot test o’tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test o’tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini takomillashtirish masalalari bilan shug’ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo’yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo’yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo’yicha o’qituvchilar xizmat qiladi. Testlar eHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo’ysunadigan 5000 test shaxobchalari mavjud. Test o’tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o’tkaziladigan o’quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o’tkazish bo’yicha yo’llanmalar yuboradi.
Bu misoldan ma`lumki, testlashni samarali o’tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo’yicha nazariya va amaliyotni o’zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog’liq. Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy metodlarini tarbiyaviy jarayonga samarali o’zgartishlar kiritadi. O’quvchi-yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq kamchiliklarini rag’batlantirish, tuzatish tarbiya mazmun metodlari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish . O’qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi. O’quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. SHu bilan birga, nazorat v baholash jarayonini o’quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday tassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim. O’quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o’quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan-ba’zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Pedagogika fani bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi.
1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o’quvchi talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o’quv yurtlari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.
3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularda ko’tarinki rux, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo’ladi. SHuning uchun ham o’zlashtirishni nazorat qilish ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda o’qituvchi o’quvchini faollashtiradigan, o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’llarni, metod va uslublarni, o’qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. SHu boisdan ham, «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi mustahkam o’rin olmoqda.
Test tarixi juda olis о‘tmishga borib taqaladi. Uning turlicha sodda va murakkab kо‘rinishlari har xil maqsadlarda foydalanib kelingan. Tarixga nazar tashlaydigan bо‘lsak, test amaliyotining ommaviy ravishda qо‘llanilishi tо‘g‘risida dastlabki aniq ma’lumotlar eramizdan avvalgi 2200 yillardagi Xitoy davlatiga borib taqaladi. Ushbu davrda Xitoyda ishga qabul qilish uchun hukumat organlari maxsus imtihon о‘tkazganlar. Ushbu imtihondan muvaffaqiyatli о‘tgan fuqarolargina davlat xizmatiga olinganlar. Masalan, xat tashuvchi bо‘lib ishga kirish uchun fuqarolar yozish, arifmetika, otda chopish va kamondan о‘q uzish imtihonlarini topshirishlari kerak bо‘lgan. Britaniyada 1830-yillarda va Amerikada 1889-yillarda boshlangan davlat tashkilotlari tizimini yaratish va unga ishchilarni qabul qilish mexanizmlarini tashkil qilishda qadimgi xitoyliklarning usullari andaza sifatida qabul qilingan. Demak, insoniyat taraqqiyotiga kimyo, falsafa va boshqa kо‘plab sohalarda katta hissa qо‘shgan xitoyliklar bilim va qobiliyatlarni baholash sohasining ham ilk boshlovchilari ekan. 20 asrga kelib Yevropa va Amerikada test amaliyoti juda rivojlanib ketdi. Ayniqsa insonning aqliy qobiliyatlarini baholashga mо‘ljallangan aqliy testlar (IQ tests) ga talab ortdi. Mazkur testlar xotira va tushunish kabi qobiliyatlarni baholashni ham о‘zida mujassamlashtirgan edi. Bu turdagi baholash vositalarining ommalashuviga muhim xissa qо‘shgan hodisa Fransiya Xalq ta’limi vaziri Alfred Binet tomonidan yaratilgan test bо‘ldi. Alfred Binet mazkur testdan maktab darslarini yaxshi о‘zlashtira olmayotgan о‘quvchilarning qobiliyatlarini baholashda foydalangan edi. Keyinchalik Alfred Binet о‘z hamkori Teodor Saymon bilan hamkorlikda ushbu testdan turli maqsadlarda foydalana boshladi. Ularning tajribalari Amerikaga 1916-yilda kirib keldi va Stenford universiteti olimi Luis Terman bu baholash vositalarini yanada takomillashtirdi. Shuning uchun bо‘lsa kerak, hozirgi zamonaviy aqliy testlardan biri Stenford-Binet testi deb nomlanadi. Ta’lim muassasalariga qabul jarayonida testlar birinchi bо‘lib 1937-yilda AQShda foydalanildi. Shu yil SAT (Stanford Achievement Test) deb nomlangan test Braun, Yel va Prinston universitetlariga qabul jarayonida ishlatildi va uni 2000 nafardan ortiq abituriyent topshirdi. Shundan keyin AQShdagi va dunyodagi boshqa oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlarida test usulini qо‘llashni о‘z amaliyotlariga kirita boshladilar. Hozirda dunyodagi deyarli barcha davlatlarning oliy ta’lim muassasalariga qabul paytida test sinovlari о‘tkaziladi. Lekin har bir davlat о‘ziga xos yondashuvni qabul qilgan. Masalan, Angliyada markazlashgan test sinoviga qо‘shimcha ravishda universitetlar boshqa mezonlarga ham qaraydilar. Yaponiyada kirish testlari ikki bosqichda о‘tkaziladi: birinchisi markazlashgan usuldagi test bо‘lib, unda barcha abituriyentlar qatnashadilar, ikkinchi bosqichdagi test sinovini esa oliy ta’lim muassasasining о‘zi о‘tkazadi. AQSh da kirish testlarini mustaqil nodavlat baholash tashkilotlari о‘tkazadi. Universitetlar abituriyentlarning mana shu testlarda olgan ballarini qabul jarayonida bir mezon sifatida qabul qiladilar. Hozirgi kungacha test baholash vositasi sifatida davr sinovidan о‘tdi va olimlar tomonidan о‘tkazilgan kо‘plab ilmiy tadqiqotlar uning xususiyatlari va natijalaridan olinadigan xulosalar obyektiv ekanligini tasdiqladi. Natijada test nazariyasi va amaliyotini о‘rganuvchi Ta’limda baholash (Educational Assessment) deb nomlangan maxsus ta’lim yо‘nalishi vujudga keldi. Rivojlangan davlatlardagi bir necha universitetlar hozirda shu yо‘nalish bо‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Uni bitirgan kadrlar ta’limda baholash ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotlarida yoki ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar. Ularning vazifasi baholash ishlarining sifatli va talab darajasida о‘tkazilishini va natijalardan turli maqsadlarda tо‘g‘ri foydalanilishini ta’minlashdan iborat. Mamlakatimizda test amaliyoti sobiq ittifoq davlatlari orasida birinchi bо‘lib qabul qilindi va bu tizim oz fursatda о‘ziga bо‘lgan ishonchni oqladi. Hozirda Davlat test markazi testlardan nafaqat kirish imtihonlarida, balki pedagoglar attestatsiyasi, olimpiadalar va boshqa kо‘plab baholash amaliyotlarida foydalanmoqda. Bu usul bilim, kо‘nikma va malakalarni baholashda obyektiv usul sifatida juda yaxshi qarshi olindi. Davlat test markazida test muammolarini о‘rganuvchi alohida bо‘lim tashkil etilgan bо‘lib, bu bо‘lim “Test texnologiyalarini rivojlantirish” bо‘limi deb ataladi. Bо‘lim xodimlari test va baholash sohasida uzluksiz ravishda ilmiy tadqiqotlar, seminarlar о‘tkazib turadilar va respublikamizdagi test amaliyotini rivojlantirishga о‘z hissasini qо‘shmoqdalar. Bundan tashqari, Davlat test markazi ta’limda baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar о‘rnatgan. Amalga oshirilayotgan eng muhim loyiha esa Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uning maqsadi О‘zbekistondagi baholash va test amaliyotini jahon andazalari darajasiga kо‘tarish uchun olib borilayotgan say-harakatlarga yordam berish. Hozirda bir guruh mutaxassislar ushbu loyiha doirasida о‘z malakalarini oshirmoqdalar va kirish testlarini takomillashtirishga о‘z hissalarini qо‘shmoqdalar. Bugungi kunda yurtimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalari va ta’limga aloqador davlat tashkilotlari о‘z amaliyotlarida testning turli shakllaridan foydalanmoqdalar. Masalan, о‘quvchilar bilimini nazorat qilishda, pedagoglar attestatsiyasida, kollej va litseylarda о‘tkaziladigan kirish imtihonlarida va hokazo. Lekin ushbu jarayonlarda test topshiriqlarini ishlab chiqish, ularni aprobatsiyadan о‘tkazish, test jarayonini tashkil etish va о‘tkazish, natijalarni e’lon qilish va natijalardan tо‘g‘ri foydalanish bо‘yicha maxsus talablarga doim ham amal qilinmoqda deb bо‘lmaydi. Shuning uchun test va baholash nazariyasi haqida ilmiy-uslubiy maqolalarni chop etish va ularni ta’lim muassasalari va ta’limga aloqador tashkilotlarga yetkazish eng dolzarb masalalardan biri. Ushbu qо‘llanma mana shu muammoni, qisman bо‘lsa-da, bartaraf etishga mо‘ljallangan. О‘ylaymizki, о‘qituvchilar ushbu qо‘llanma orqali о‘z baholash amaliyotlariga boshqacha nazar bilan qaraydilar va bu ularning faoliyatlari samarasini oshirishga yordam beradi.



Download 45,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish