1.3 Testning turlari
Agar testlarni turkumlashda ularning qo’llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo’lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin:
· intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;
· pedagogik testlar;
· muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar;
Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to’xtalamiz. Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi [2; 3]:
- birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan yopiq topshiriqlar;
- bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar;
- bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar;
- to’g’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar;
- o’zaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;
- ayrim fanlar bo’yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo’yicha topshiriqlari;
- sonni to’ldirishga mo’ljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;
- qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;
- masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;
- chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
- shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
- olingan axborotni o’zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;
- sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;
- analogiya (aynan o’xshashlik)ga oid topshiriqlar;
- o’qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
- ko’rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
- bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;
- tafakkurni aniqlovchi testlar;
- orfografik testlar;
- til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.
Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha to’g’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o’quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir [2].
“TEST” tushunchasining ma’nosi.
“Test” sо‘zi mamlakatimizga kirish imtihonlarida muqobil javobli test topshiriqlaridan foydalanadigan imtihonlar joriy qilinishi bilan birga kirib keldi. Lekin ingliz tilidan kirib kelgan bu sо‘zga hozirgacha aniq ta’rif berilmagan. Bu sо‘z hozirda kirish imtihonining о‘ziga nisbatan ham va unda ishlatiladigan alohida muqobil javobli test topshiriqlariga nisbatan ham qо‘llanilmoqda. Test sо‘zining “imtihon” ma’nosida qо‘llanilishi tо‘g‘ri. Masalan, “bugun Andijon davlat universitetida test о‘tkazildi” deyilsa, notо‘g‘ri bо‘lmaydi. Lekin ba’zida test sо‘zidan testdagi alohida topshiriqqa nisbatan ham foydalanilishi, masalan, “36 ta testdan 28 tasiga javob berdim” deyilishi, tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Shuning uchun terminlarga aniqlik kiritib olaylik. Ingliz tilida test sо‘zi “Shaxsning bilimlari, qobiliyatlari yoki kо‘nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg‘ulotlar tо‘plami” ma’nosini anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, test deganda faqat muqobil javobli topshiriqlarni о‘zida jamlagan baholash vositasi tushunilmasligi lozim. Uning tarkibiga boshqa baholash usullarini kiritish mumkin ekan. Masalan, ifodali о‘qish, yozma ish, og‘zaki savol-javob va hokazo. Bu jihatdan olib qaraganda, “test” sо‘zi о‘zbek tilidagi “baholash” va “imtihon” sо‘zlariga sinonim hisoblanadi. Lekin “baholash” sо‘zi odatda ancha keng ma’noda ishlatiladi. Binobarin, test sinovi baholashning bir turi hisoblanadi. “Test topshirig‘i” deganda esa testning tarkibiga kirgan va muqobil javoblari berilgan yoki boshqa turdagi alohida topshiriq tushuniladi. Kirish imtihonlarida hozirda faqat muqobil javobli test topshiriqlari qо‘llanilmoqda. Aslida test tarkibiga ochiq turdagi (muqobil javoblari berilmagan) savol, insho, og‘zaki savol-javob va boshqa kо‘plab topshiriqlarni kiritish mumkin. Terminlarga aniqlik kiritib olish juda muhim, chunki bu ta’lim faoliyatida foydalaniladigan turli baholash usullarini о‘rganishda ayrim chalkashliklarni oldini olishga yordam beradi. Demak, testga oid terminlarni quyidagicha ta’riflab olsak va doimo shu ta’riflarga amal qilsak, foydadan holi bо‘lmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |