I BOB
Neftning tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mahsulotlari
Neft tarkibi CnH2n+2 umumiy formuladan iborat to'yingan uglevodorodlami olishda asosiy xomashyo manbayi hisoblanadi. U o ‘zida kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari jihatidan har xil bo’lgan suyuq va gazsimon uglevodorodlami saqlaydi. Neftni haydash yoMi bilan uning tarkibidagi moddalar bir-biridan ajratib olinadi. Uni haydash orqali quyidagi uch asosiy fraksiya ajratib olinadi:
1) molekulasida 5 tadan 9 ta gacha uglerod atomi bor va 150°C haroratda haydaladigan yengil uglevodorodlardan iborat gazolin (toza boMmagan benzin) fraksiyasi. Bu fraksiyadan olingan mahsulotni qayta-haydab, 4 0 -7 0 °C haroratda qaynaydigan petroley efiri, 7 0 -1 2 0 °C haroratda benzin, 120-140 °C haroratda esa ligroin ajratib olinadi;
2) tarkibida 9 tadan 16 tagacha uglerod atomi bo’lgan va 150— 300 °C haroratda haydaladigan fraksiya - kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyadan hosil bo’lgan mahsulotni tozalab kerosin olinadi;
3) yuqorida haydab olingan mahsulotlardan qolgan qoldiq yopishqoq qora suyuqlik - mazut bo‘lib, uni 300 °C dan yuqori haroratda haydash yo‘li bilan solyar moyi va vazelin moyi olinadi. Yuqori haroratda mazut tarkibidagi ba’zi moddalaming parchalanib ketmasligi uchun uni haydashni suv bug'lari yordamida va vakuum sharoitida olib boriladi. Ba’zi neftlar tarkibida ko‘p miqdorda qattiq uglevodorodlar (parafin) va suyuq hamda qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat vazelin boMadi. Ularni ham vakuum sharoitida issiq suv bug’lari yordamida haydab olinadi. Neft mahsulotlaridan tibbiyot amaliyotida vazelin va parafinlar keng qo’llaniladi.
Vazelin moyi. Suyuq parafin. Parafinum liquidum Parafin moyi to‘yingan alifatik uglevodorodlar CnH2n+2 va naften uglevodorodlar CnH2n aralashmasidan iborat. Neftni vakuum sharoitida 300 -360 °C haroratgacha suv bug’i bilan haydab vazelin olinadi. Uni har xil yot moddalardan tozalash maqsadida aw al konsentrlangan sulfat kislota, keyin natriy gidroksid eritmasi va oxirida suv bilan ishlanadi, undan begona hid va rangni yo'qotish uchun turli adsorbsiyalovchi moddalardan o'tkaziladi. Vazelin moyi rangsiz, hidsiz va mazasiz, yog‘simon suyuqlik bo'lib, suv va spirtda deyarli erimaydi, efir, xloroformda hamda benzinda eriydi. O'simlik moylari bilan (kanakunjut moyidan tashqari) aralashadi. Uning zichligi 0,875-0,890 g/sm3 ga teng, qotish harorati esa - 5 °C dan oshmasligi kerak. Preparatning kinematik qovushqoqligi 2 8 -3 6 santipuazga teng. Vazelin moyining chinligi uning fizikaviy konstantalarini aniqlashga asoslangan. Preparat tarkibida yot modda sifatida turli organik birikmalarni, yengil qaynovchi moddalami, suv, qattiq parafin, qaytaruvchi moddalar, sulfat ioni va undagi muhitni tekshirib ko'riladi. Tibbiyotda vazelin moyi surtma dori va linimentlami tayyorlashda ishlatiladi. Uni ba'zan qabziyatda surgi sifatida ham qo'llanadi.
Vazelin moyi teri ostiga va mushak orasiga yuboriladigan osilma holdagi dorilami tayyorlashda ham ishlatiladi. (J og‘zi mahkam yopiladigan shisha idishlarda, yorug'lik ta’siridan ehtiyotlangan holda saqlanadi.
Vazelin Vazelin suyuq qattiq va yarim qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo'lib, uni neftning parafin fraksiyasidan vakuum sharoitida 300 °C dan yuqori haroratda suv bug'i yordamida haydab olinadi. Vazelin oq yoki sarg'imtir, hidsiz bir jinsli surtmasimon massa bo'lib, suvda deyarli erimaydi, spirtda kam eriydi, efir, benzin va xloroformda eriydi. O'simlik moylari bilan yaxshi aralashadi. Uni isitilsa, parafin yoki neftning kuchsiz hidini eslatuvchi suyuq holga o'tadi. Vazelin 37-50 °C da suyuqlanadi. Uning 60 °C haroratda qovushqoqligi 2,5 dan past bo'lmasligi kerak. Bu preparatning chinligi ham uning fizikaviy konstantalari asosida aniqlanadi. Vazelin tarkibida yot moddalardan suv, sulfit birikmalari, moy, smola va boshqa birikmalaming bor-yo'qligi tekshirilib ko'riladi. Preparatning muhiti ham tekshiriladi. Vazelin surtma dorilami tayyorlashda asos sifatida ishlatiladi. Og'zi zich yopiladigan shisha bankalarda, salqin joylarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |