Qattiq parafin Qattiq parafin to'yingan (C9H19 dan С35Н72 gacha bo'lgan) qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo'lib, uni parafinga boy neftlardan yoki slans moyidan yuqori haroratda haydab olinadi. Qattiq parafin hidsiz, mazasiz, oq yorug'lik nurlarini qisman o'tkazuvchan modda bo'lib, suv va spirtda erimaydi, efir, benzin, xloroform va efir moylarida eriydi. U 5 0 -5 7 °C haroratda suyuqlanadi. Zichligi 0,881-0,905 g/sm3. Preparatning tozaligini aniqlashda, uning tarkibida xlorid, sulfat birikmalar va turli organik moddalar bor-yo‘qligiga reaksiya qilib ko'riladi. Uning muhiti ham tekshiriladi. Qattiq parafinni surtma dori tayyorlashda indifferent asos sifatida ishlatiladi. U katta issiqlik sig'imiga ega bo'lganligi sababli, nevrit va boshqa kasalliklarga davo qilishda isitish manbayi sifatida qo'llanadi. Parafin salqin joylarda saqlanadi.
Uglevodorodlarning tibbiyotda qo’llaniladigan galogenli hosilalari
Bu guruhni to'yingan uglevodorodlardagi vodorod atomlarining galogenlarga (F, Cl, Br, I) almashilgan hosilalari tashkil qiladi. Ular turli agregat (qattiq suyuq va gazsimon) holatida uchraydi. Galogen uglevodorodlar o'ziga xos hidli, ba’zilari esa rangii modda bo'lib, suvda deyarli erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Suyuq va gazsimon holdagi galogenuglevodorodlar organizmga narkotik ta’sir ko'rsatadi. Ulaming narkotik ta’sir ko'rsatish xossalari tarkibidagi galogen xiliga va soniga bog'liq. Galogen uglevodorodlaming xlorli hosilalarida narkotik ta’sir birmuncha kuchli aks etgan, bundan tashqari, uglevodorod molekulasidagi xlor atomining soni ortishi bilan ulaming narkotik ta’siri ham kuchayib boradi. Galogen uglevodorodlardan tibbiyot ehtiyoj lari uchun etil xlorid, yodoform va ftorotan preparatlari keng qo'llanadi.
Etil xlorid va yodoform olishda boshlang'ich modda sifatida etil spirti qo'llanadi. Etil xloridni sanoatda, etil spirtiga gaz holidagi vodorod xlorid ta’sir ettirib olinadi:
C2H5OH + HCI = C2H5CI + H2O
Reaksiya natijasida hosil bo'lgan suv, spirt bilan vodorod xlorid o'rtasidagi reaksiya qaytar tus olishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham reaksiya jarayonida muvozanatni o'ngga yo'naltirish uchun reaksiyadan ajralib chiqayotgan suvni bog'lovchi modda sifatida unga suvsiz kalsiy xlorid yoki rux xlorid tuzlari qo'shiladi.
Etil xloridni yana ma’lum sharoitda etilenga gaz holidagi vodorod xlorid ta’sir ettirib ham olish mumkin:
CH2 = CH2 + HCIC2H5C1
Yodoformni etil spirtiga natriy gidroksid eritmasi ishtirokida yod ta’sir ettirib olinadi. Undagi kimyoviy jarayonni quyidagi tenglamalar bo'yicha ifodalash mumkin:
I2 + 2NaOHNalO + Nal + H2O
C2H5OH + NalOCH3CHO + Nal + H2O
CH3CHO + 3NaIOCH3IHCHO+3NaOH 3
Reaksiya natijasida hosil bo’lgan uch yodatsetaldegidi ishqoriy muhitda tez parchalanib yodoform hosil qiladi:
CI3CHO+NaOHСHI3+НСOONa
Yodoform
Preparat sariq rangli, o'ziga xos hidli yaltiroq plastinka shaklida kristall yoki mayda kristall kukun suvda deyarli erimaydi, 75 qism spirtda 25 qism xloroformda, 10 qism efirda eriydi. U 116-120 °C haroratda suyuqlanadi. Bundan ham yuqori haroratda esa parchalanib ketadi va binafsha rangii yod bug'larini ajratib chiqaradi.
Etil xlorid.
Rangsiz, o'ziga xos hidli va tez uchuvchan suyuqlik bo'lib, suvda qiyin eriydi, spirt va efir bilan aralashadi. 1 2 -1 3 °C haroratda qaynaydi. Uning 0 °C haroratdagi zichligi 0,919-0,923 g/sm3 ga teng. Etil xlorid tez alangalanuvchi moddadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |