Kimyo yo’nalishi iii-bosqich 19. 03-guruh talabasi naimova zarnigorning “neft va gaz kimyosi”


II BOB Organik modda molekula tuzilishi bilan uning organizmga ta’siri



Download 393,6 Kb.
bet7/8
Sana30.06.2022
Hajmi393,6 Kb.
#720715
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NAIMOVA ZARNIGOR KURS ISHI

II BOB
Organik modda molekula tuzilishi bilan uning organizmga ta’siri
o'rtasidagi bog'liqlik

nish hozirgacha tibbiyot amaliyotida eng asosiy va muhim muammo hisoblanadi. Uni o‘rganish faqat dori moddalarining organizmga biologik ta’sir mexanizmini va unda ro‘y beradigan kimyoviy jarayonlami tushuntiribgina qolmay, balki ilmiy asosda oldindan rejalashtirilgan maqsadga muvofiq yo'nalishda yangidan yangi yuqori fiziologik ta’sirga ega sintetik va yarimsintetik preparatlari yaratishga imkon beradi.
Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi bilan ulaming organizmga ta’siri o'rtasidagi munosabatni chuqur bilish, ayniqsa, skrining usuliga ko'ra bir necha yuzlab sintez qilib olingan organik birikmalar orasidan tegishli moddalami tanlab olishda katta ahamiyat kasb etadi.
Dori moddalarining kimyoviy tuzilishi bilan ularning fiziologik ta’siri o'rtasidagi munosabat olimlarning diqqat e’tiborini bir asrdan ziyod o'ziga jalb qilib kelmoqda. Bu muammo hanuzgacha mufassal o'rganilmagan bo'lsada, ammo olimlarning yillar davomidagi ko'plab izlanishlari natijasida olingan ma’lumotlariga asoslanib, moddalarning kimyoviy tuzilishi va fiziologik ta’siri o'rtasidagi munosabatlarga oid birmuncha jiddiy xulosalar qilingan.
1. To'yinmagan organik birikmalar, to'yingan birikmalarga nisbatan organizmga ancha faol, ba’zida esa toksik ta’sir ko'rsatadi. Buni to'yinmagan uglevodorodlar, o'zlaridagi qo'sh bog' hisobiga reaksiyaga kirish qobiliyatini kuchli namoyon qilishida deb tushuntiriladi. Bu xossa ko'pchilik kimyoviy tuzilishida qo’shbog’ mavjud turli guruh, dori moddalarida ham namoyon bo'ladi.
Masalan, etilen, propilen kabi qo'sh bog' saqlagan uglevodorodlar, o'zlarining to'yingan izomerlari etan, propan va boshqalarga nisbatan cho'zinchoq miyaning muhim hayot markaziga kuchli va birmuncha tez ta’sir ko‘rsatuvchandir. Shuningdek, qo‘shbog‘ saqlagan uchmetiletilenda o'zining to‘yingan izomeri izopentanga nisbatan uxlatuvchi va ba’zida toksik ta’sir mavjud, qo‘shbog‘ hisobiga ular ta’sirining o‘zgarishi propil spirti va uning to'yinmagan izomeri allil spirti o'rtasidagi farq misolida ko'rish mumkin. Agar propil spirti organizmga kuchsiz narkotik ta’sir ko'rsatsa, allil spirtida esa narkotik ta’sir yo'qligi va unda toksik ta’sir paydo bo'lishi kuzatiladi:

2.Organik moddalarning fiziologik ta’siri ular molekulasidagi uglerod zanjirining tarmoqlangan va tarmoqlanmaganligiga ham bog'liq. Bu turli amid birikmalarda, jumladan, ureidlarda (barbituratlarda), alkaloidlarda va boshqa alifatik birikmalarda yaqqol ko'riladi.
Alifatik qator birikmalarning organizmga ta’siri, ulaming molekulasidagi uglevodorod zanjirining uzunligiga ham ma’lum darajada bog'liq. Zanjirning uzunligi, moddaning ta’sirini birmuncha kuchaytiradi. Ammo molekuladagi uglerod atomining soni beshtadan oshganda, birikmalar eruvchanligi keskin pasayadi, ba’zida esa yo'qoladi va natijada ta’siri ham kamayadi.
3. Organik moddalar molekula tarkibiga galogen atomlarining kiritilishi, ularning fiziologik ta’sirini keskin kuchaytiradi. Alifatik qator birikmalar tarkibiga xlor atom kiritilsa, ularda narkotik ta’sir mavjud bo'lishi kuzatiladi. Molekuladagi galogen atomlari sonining oshib borishi, ulaming narkotik ta’sirini kuchaytiradi. Masalan, metan narkotik ta’sirga ega bo'lmagan moddadir, ammo undagi vodorod atomini xlorga almashtirib metil xlorid birikmasiga o'tkazilsa, unda narkotik xossa paydo bo'ladi. Undagi xlor atom soni orttirib borilsa, masalan, trixlormetan (xloroform)ga o’tkazilsa, moddaning narkotik ta’siri yanada kuchayadi. Metandagi barcha vodorod atomi xlorga almashilgan hosilasi, ya’ni uglerod (IV) xlorid toksik ta’sirga ega.
Uglevodorodlardagi galogenlar sonining ortib borishi bilan ular narkotik ta’sirining kuchayib borishini yana etil xlorid bilan ftorotan o'rtasidagi ta’sir o‘zgarishi misolida ko'rish mumkin. Bunda agar etil xlorid kuchsiz narkotik ta’sir ko‘rsatsa, ftoratan etanning galogen hosilasi sifatida, hatto kuchli narkotik ta’sirga ega bo‘lgan xloroformga nisbatan ikki baravar kuchli narkotik ta’sir ko‘rsatadi:
CH3 - CH2CI CF2CHBrCl
etilxlorid ftorotan
Ftorotanning narkotik ta’siri kuchayib ketishiga uning molekulasiga kiritilgan ftor atomlari sabab bo’ladi. Ftor atomining organik birikmalar tarkibiga kiritilishi natijasida, ularning fiziologik ta’siri kuchayib borishini yana ftoruratsil, ftorofur, kortikosteroid gormonlardan deksametazon, triamsinolon kabi preparatlar misolida ko‘rish mumkin.
Aromatik birikmalar tarkibiga galogenlar kiritilishi ham, ularning farmakologik ta’sirini kuchaytiradi, ba’zi hollarda esa toksik ta’sirli moddalar hosil qiladi.
4. Uglevodorodlardagi vodorod atomining gidroksil guruhga almashinishi ham, ulaming fiziologik ta’siri o'zgarishiga olib keladi. Masalan, alifatik uglevodorodlar tuzilishida gidroksil guruhning bo’lishi, ulaming narkotik ta’sirini kuchaytiradi.
Modda molekulasidagi gidroksil sonining oshib borishi bilan ulaming narkotik ta’siri yo'qoladi. Masalan, etil spirti kuchli narkotik ta’sir ko'rsatsa, ikki atomli spirt-etilenglikol, uch atomli spirtglitserin yoki olti atomli spirt-mannit kabi birikmalarda narkotik ta’siri kuzatilmaydi:

Spirtlardagi uglevodorod zanjirining uzunligiga qarab ham, ularning narkotik ta’siri kuchayadi. Masalan, amil spirti, etil spirtiga nisbatan kuchli narkotik ta’sirga ega.
Aromatik yadrolarda vodorod atomlarining gidroksil guruhiga almashinishi, ularning fiziologik ta’sirini keskin o'zgartiradi, ba’zida esa toksikligini oshiradi.
Masalan, benzol yadrosidagi vodorod o'miga gidroksil kiritib olingan fenolda benzolga nisbatan kuchli antiseptik xossa yuzaga kelishi bilan bir qatorda, uning toksik ta’siri ham kuchayadi.
Benzoy kislotadan bitta ortiqcha gidroksil borligi bilan farqlanadigan salitsil kislota, unga nisbatan birmuncha kuchli antiseptik va bodga qarshi ta’sirchanligi bilan farqlanadi.
Aromatik yadrodagi gidroksil gunihining soni va turli vaziyatda joylanishi ham, ulaming fiziologik ta’sirini o'zgartiradi va toksiklik darajasini oshiradi.
5. Aldegid va keton guruhlarining organik birikmalar tuzilishida mavjud bo'lishi, ularning fiziologik ta’sirini kuchaytiradi. Ayniqsa, aldegidlar tuzilishidagi vodorod atomlarini galogenlarga almashtirish, ularning tinchlantiruvchi va uxlatuvchi xossalarini kuchaytiradi. Buni xloralgidrat misolida ko'rish mumkin:

6. Organik birikmalar tarkibiga karboksil gunihining kiritilishi, ularning toksik ta’sirini pasaytiradi va birikmalarda boshqa ta’sir yuzaga keladi.
Masalan, fenol kuchli toksik ta’sirga ega modda, ammo uning molekula tuzilishiga karboksil guruh kiritilgan, hosilasi hisoblangan, salitsil kislotada toksik ta’sir pasaygan bo'lib, hatto uning natriyli tuzi og'riq qoldiruvchi, harorat pasaytiruvchi va yallig'lanishga qarshi dori sifatida ishlatiladi.
Benzol katta dozada zaharli modda. Ammo uning tuzilishiga karboksil gurihining kiritilishi natijasida hosil bo’lgan benzoy kislotada toksik ta’sirining ancha kamayganligi kuzatiladi. Shuningdek, birmuncha toksik ta’sirga ega metaminofenol molekulasiga karboksil guruhi kiritilishi bilan hosil bo’lgan para-aminosalitsil kislotada toksik ta’sir juda kamaygan bo’lib, uni sil kasalligiga qarshi modda sifatida keng qo’llanadi. Aromatik halqada bir vaqtning o ‘zida karboksil guruh bilan aminoguruhning bo’lishi, unda antiseptik ta’sir tug‘diradi. Uning anestezin, novokain va dikain kabi efirlari tibbiyotda mahalliy anestetik modda sifatida keng qo’llaniladi.
7.Aromatik halqaga aminoguruh kiritilishi, unda organizmda harorat pasaytiruvchi xossa tug‘diradi. Masalan, anilin, sof holda toksik modda bo’lsada, unda harorat pasaytirish xossasi yaqqol seziladi. Aromatik halqada bir vaqtning o ‘zida aminoguruh bilan gidroksil guruhining bo’lishi, anilinga nisbatan uning toksik ta’sirini pasaytiradi. Tibbiyot amaliyotida para-aminofenol hosilalaridan parasetamol va fenatsetin preparatlari harorat pasaytiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dori sifatida keng qo’llaniladi:


benzolga nisbatan difenil birmuncha fiziologik faol ta’sir ko'rsatadi.
Bu xossa aromatik yadroning turli kondensatsiyalangan hosilalarida ham kuzatiladi:

Naftalin, antrasen va fenantrenlar ham sof benzolga nisbatan toksik ta’sirga ega. Biroq ularning kam eruvchanligi, shu bilan birga organizmda yomon shimilishi tufayli toksik ta’siri kam seziladi.
9. Organik moddalar optik izomerlarining kimyoviy tuzilishlari bir-biriga o'xshash bo'lsada, ularning organizmga ta’sir faolligi va kuchi turlicha.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik hollarda organik moddalarning qutblangan nur tekisligini chapga buruvchi izomerlari, ularning o'ngga buruvchi izomerlariga nisbatan birmuncha faol va kuchli ta’sir ko'rsatadi. Masalan, adrenalinning tabiiy chapga buruvchi izomeri o'ngga buruvchi adrenalinga nisbatan 12-20 marta faol ta’sir ko'rsatadi. Atropin alkaloidi optik nofaol modda bo'lib, uning chapga buruvchan optik izomeri giostsiamin atropinga nisbatan taxminan 40 baravar kuchli ta’sirchan. Shuningdek, tiroksinning chap izomeri, o'ng izomeriga nisbatan 4 baravar, chapga buruvchi izadrin o'zining o'ngga buruvchi izomeridan 500 baravar kuchli ta’sirga ega, D(-) treo-izomer shaklidagi levomitsetin biologik faol modda.
Ammo uning D (+)-treo-izomeri, ya’ni o'ngga buruvchi treo-izomerlari fiziologik ta’sir ko'rsatmaydi. Levomitsetinni D(-) va D(+) eritro shaklidagi izomerlari esa toksik ta’sirlidir.
10. Tiol -(SH) guruhi turli reaksiyalarga yengil kirishishi, jumladan, oson oksidlanishi, turli element (mishyak, surma, vismut va og'ir metallar) tuzlari hamda qo'shbog'i bor birikmalar bilan o'zaro reaksiyaga kirishish qobiliyati bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham molekulasida bitta va undan ortiq tiol guruhi saqlagan organik dori moddalari yuqorida nomi keltirilgan element tuzlari bilan zaharlanganda antidot sifatida, shuningdek, rak kasalligini davolashda ham keng qo’llanadi. Masalan, tiol guruhi saqlagan organik birikmalardan merkaptopurin preparati o ‘tkir leykoz, retikulyoz kasalliklarini, suksimer va unitiol preparatlari esa mishyak, surma, vismut, qo‘rg‘oshin, simob va boshqa element tuzlari bilan o ‘tkir va surunkali zaharlanganda ishlatiladi:

Neft mahsulotlaridan tibbiyot amaliyotida vazelin va parafinlar keng qo’llaniladi.
Qattiq parafinni surtma dori tayyorlashda indifferent asos sifatida ishlatiladi. U katta issiqlik sig'imiga ega bo'lganligi sababli, nevrit va boshqa kasalliklarga davo qilishda isitish manbayi sifatida qo'llanadi. Parafin salqin joylarda saqlanadi.

Xulosa
Butun insoniyatni 2019 yildan buyon ta'qib qilib kelayotgan Covid-19 pandemiyasini bartaraf etishda neft va neft mahsulotlaridan olinadigan dori va preparatlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu kurs ishi mavzusini tayyorlashda biz neft mahsulotlarining qurilish va ayrim sohalardagina emas aynan farmatsevtika sohasida ham o’z o’rniga ega ekanini va bu mahsulotlar hayotimizning bir qismoga aylanib bo’lganligini yana bir bor anglab yetdik. Bu sohaning qanchalik kerakli soha ekanligini prezidentimizning o’tkazayotgan majlislarida alohida mavzu bo’lib qolganligidan ham bilishimiz mumkin.


Download 393,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish