6-амалий машғулот Ёғларни оқлаш ва дезодорациялаш ускуналари ҳисоби.
Moylarni hidsizlantirish jarayoni to`liq rafinasiyalash jarayonining eng oxirgi bosqichi bo`lib, bunda maqsad hidsiz va mazasiz moy olish va moyni tarkibidan pestisid va 3,4-benzapirin moddalaridan to`liq tozalash. Bu jarayoni margarin va konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan moylar uchun muhim ahamiyatga ega.
Hidsizlantirish jarayoni bug`latish jarayoni bo`lib, bunda jarayon yuqori haroratda va past bosimda bug` yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat bo`lib, moy tarkibidagi hid hosil qiluvchi moddalarni moy qatlamidan bug`lanish qatlamiga chiqarishi, ularni bug`latish va hid beruvchi moddalar molekulasini bug`lanish zonasidan olib chiqish.
Hozirgi vaqtda moylarni hidsizlantirshda turli tipdagi qurilmalar ishlatilmoqda. Bu qurilmalar ishlash usuligi ko`ra uzlukli, yarim uzluksiz ishlaydigan tiplarga bo`linadi. D5 tipdagi hidsizlantirish qurilmasi kam hajmdagi moylarni uzlukli usulda hidsizlantirish uchun ishlatiladi. Qurilmaning sig`imi 5 tonna. U 93-rasm yaxlit zanglamaydigan 12x18N9T tipidagi po`latdan payvandlash yo`li bilan tayyorlangan. Qurilma silindrsimon 1 korpus va unga payvandlangan ellipssimon qopqoq 2 va osti 3 dan tuzilgan. Korpusning ostki qismning ichiga olti dona zmevik 4 o`rnatilgan, ularning uchtasi moyni qizdirish uchun va uchtasi hidsizlantirilgan moyni sovutish uchun xizmat qiladi. Qurilmaning ustki tomoniga o`qi bo`yicha 5 kamera payvandlangan bo`lib, bu kameraning yon tomoniga 6 jo`mrak o`rnatilgan, bu jo`mrak vakuum sistemasiga ulangan bo`lib, unda havo, uchuvchan moddalar va suv bug`i so`riladi. Qurilmada ta`mirlash va tozalash ishlarini bajarish uchun 7 qopqoq qo`yilgan. Ta`mirlash ishlarini bajarish vaqtida tomchi qaytaruvchi 8 to`siq olib qo`yiladi.
Qurilmaning ustki qopqog`ining tashqi qismiga zmeyeviklar o`rnatilgan bo`lib, u qopqoqni qizdiradi va bunda uchuvchan moddalarni qurilma devorlariga kondensasiyalanishini oldi olinadi.
Qurilmaning ostki qismiga o`tkir bug` tarqatish kamerasi 11 bo`lib, bu kameraga joylashtirilgan barbatyorlarga bug` 10 patrubka orqali beriladi. O`tkir bug` tarqatish barbatyori olti dona bo`lib, uning tuzilishi 94-rasmda ko`rsatilgan.
Bug` yuborish kamerasini ostiga 18 dan gorizontal forsunkali aralashtirgich 12 o`rnatilgan bo`lib, u moyni qurilma ichida bir tekis aylanib aralashishini ta`minlaydi.
Hidsizlantirilgan moy 13 jo`mrak orqali bo`shatiladi. Qurilma ichidagi jarayoni kuzatish uchun ustki qopqog`iga va yon tomoniga 14 kuzatish oynasi o`rnatilgan.
Qurilmada birta siklini davom etish vaqti 4,5 soat bo`lib, u quyidagi operasiyalardan a) moy bilan to`ldirish, b) 30-40 minut vaqt davomida 170-1800C gacha vakuumida o`tkir bug` yuborib qizdirish; v) belgilangan vakuumda hidsizlantirish 2100C haroratda g) 100-1100C gacha sovutish zmeyeviklariga sovuq suv yuborib 16-18 kPa qoldiq bosimda o`tkir bug` bilan sekin aralashtirib sovutish, d) hidsizlantirilgan moyni bo`shatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |