Mahsulot organi
Nomi
|
Qanday etilish davrida ishlatiladi
|
Kimyoviy tarkibi
|
1
|
Mevalilar:
|
|
|
|
|
|
|
1.
1
|
Pomidori
|
|
|
|
|
|
|
1.
2
|
Qalampir
|
|
|
|
|
|
|
1.
3
|
Baqlajon
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Ildizmevalilar
|
|
|
|
|
|
|
2.
1
|
Sabzi
|
|
|
|
|
|
|
2.
2
|
Turp
|
|
|
|
|
|
|
2.
3
|
Sholg‘om
|
|
|
|
|
|
|
2.
4
|
va x. k.
|
|
|
|
|
|
|
Ish qurollari: o‘quv qo‘llanmalari va rasmlar, jadvallar, chizg‘ichlar.
2-Mashg‘ulot.
Mavzu: Sabzavot ekinlarining biologik xususiyatlari
1. Sabzavot o‘simliklari botanik oilalarga ko‘ra bo‘linishi. Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Shundan 40 ga yaqin turi O‘zbekistonda ekiladi. Ular morfologik, biologik va xo‘jalik belgilari bo‘yicha keskin farqlanadi. O‘rganishni osonlashtirish uchun sabzavot ekinlari muayyan belgilarning o‘xshashligiga qarab ma’lum guruhlarga birlashtirilgan.
Botanik belgilariga ko‘ra asosiy sabzavot ekinlari quyidagi oilalarga mansubdir.
1. Karamdoshlar yoki krestguldoshlar (Brassicaceae) - oddiy karam, savoy, bryussel, kolrabi karami, gulkaram, xitoy, pekin (salatbop) karami, kress-salat, xantal (salat gorchisa), bryukva, turp, sholg‘om, rediska, xren, qatron.
2. Soyabonguldoshlar yoki seldereysimonlar (Apiaceae) - sabzi, petrushka, selderey, shivit, kashnich, pasternak.
3. Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) - tarvuz, qovun, qovoq, kabachka, patisson, bodring.
4. Tomatdoshlar (Solanaceae) - pomidor, boyimjon, qalampir, fizalis, kartoshka.
5. Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) - xo‘raki lavlagi va barg lavlagi (mongold), ismaloq.
6. Dukkakdoshlar, ya’ni kapalakdoshlar (Fabaceae) - dukkaklar, gorox, loviya, sparja loviyasi.
7. Murakkabguldoshlar yoki astrasimonlar (Acteraceae) - barg salat, bosh salat, romen salati, artishok, estragon, salatbop sikoriy.
8. Toronguldoshlar (Polugonaceae) - shovul, rovoch (chukri). 9. Labgullilar yoki yasnotkasimonlar (Labiatae) - rayxon, yalpiz, mayoran, chaber.
10. Gulxayridoshlar (Malvaceae) - bamiya.
11. Pechakguldoshlar (Convonvulaceae) - batat.
12. Piyozguldoshlar (Liliaceae) - bosh piyoz, batun, anzur piyoz, porey piyoz, ko‘p yarusli, shnitt, oltoy, shalot piyozlari, sarimsoq.
13. Sparjadoshlar (Asparaguceae) - sarsabil.
14. Boshoqdoshlar yoki qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) - shirin makkajo‘xori.
Piyozguldoshlar, sparjadoshlar va boshoqdoshlar bir pallalilar, qolgan oilalar ikki pallalilar sinfiga kiradi.
Botanik guruhlanish har bir o‘simlikning o‘simliklar dunyosidagi o‘rnini belgilaydi. Muayyan bir botanik oiladagi o‘simliklar ko‘p hollarda o‘sish sharoitiga bir xil talabchan bo‘ladi, bir xil zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi hamda morfologik, anatomik tuzilishida umumiy o‘xshashliklari ko‘p bo‘ladi.
Hayotining davomiyligiga ko‘ra, asosiy sabzavot ekinlari bir yillik, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |