o‘qituvchisi : Ubaydullayev M.M
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
“QXMT” kafedrasi dotsenti : Mirzayeva M.A
“O’simlikshunoslik, soya va moyli
ekinlar” kafedrasi q.x.f.f.d : Abdullaev I.I
So‘z boshi
Ma’lumki, har qanday davlatning buguni va kelajagi, buyukligi va qudrati, madaniy-ma’rifiy salohiyati - ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi, yoshlarining ma’naviy va jismoniy kamoloti, mehnatsyevarligi bilan belgilanadi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘tgan yillar -boshqa sohalar qatori oliy ta’limi tizimida ham miqyosini, ko‘lamini ta’riflash qiyin bo‘lgan taraqqiyotga, o‘zgarishlarga erishilgan yillar bo‘ldi. Ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, bugun Respublikamizda ta’limga daxldor bo‘lmagan fuqaro yo‘q deyish mumkin.
Yil - o‘n ikki oy barra sabzavot yetishtirish va aholini bu mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash sabzavotchilikning eng asosiy muommosi bo‘lib kelgan va bundan buyon xam bu vazifa o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Bu bejiz emas albatta kishi xayotini sabzavotsiz tasavvur etish qiyin. Barra sabzavot inson organizmini ruxan bardam, jismonan sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi, chunki uning tarkibida inson organizmi uchun foydali moddalar nixoyatda ko‘p. Shu sababli sabzavotchilik fani muxim ahamiyatga ega. Sabzavotchilik kursini o‘rganib borishda esa amaliy mashg‘ulotlar muxim rol o‘ynaydi. Talaba ushbu uslubiy ko‘rsatmadagi mashg‘ulotlarni bajarib borish bilan sabzavotchilik fanini ko‘rsatilgan dasturi asosida amaliy jihatdan mustaqil o‘zlashtirib boradi. Uslubiy ko‘rsatmada xar bir darsni mavzusi, amaliy mashg‘ulotlarini maqsadi, bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriq, mashg‘ulotni bajarish yuzasidan ko‘rsatma, foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxati va mashg‘ulot uchun kerakli qurollari berilgan.
Ushbu k’orsatma alohida - alohida tuzilgan amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Bu topshiriqlarning talabalar tomonidan mustaqil bajarilishi ish va mashg‘ulotlarning asosi hisoblanadi. Har bir topshiriqni bajarishdan oldin o‘qituvchi unga doir asosiy tushunchalar va uslubiy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lganda ishning (mashg‘ulotning) borishini ko‘rsatadi. Ularni bajarish haqidagi hisobotlar, shakllarni to‘ldirishni tushuntiradi. Bularning hammasi uchun 18-20 daqiqadan ziyod vaqt sarflamasdan, ko‘proq vaqtni talabalar mustaqil ishlashiga ajratish lozim.
Har bir topshiriqni talaba yakka-yakka yoki 4-5 kishidan iborat bo‘lib bajaradilar.
Topshiriqlarning javobini ular daftarlariga hisobot tarzida yozadilar. Ularning shakli ushbu qo‘llanmada berilgan.
Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi talabaning ishni to‘g‘ri bajarganligi, hisobotlari to‘g‘ri to‘ldirilganligini, misollar aniq yechilganini tekshirib, baholaydi (ballaydi). Qoniqarsiz bajarilgan topshiriqlar qayta ishlash uchun talabaga qaytarib beriladi. Tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tish o‘qituvchidan sohadagi malakaviy tajriba va mahoratni talab etadi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot ishlanmalari namunaviy dastur va ish rejaga muvofiq tuzilgan. Uni tuzishda sohalardagi fan-texnika yutuqlari va ilg‘orlar tajribasi hisobga olingan. Shuning uchun ham talabalarning bu yo‘nalishlarda bilimga ko‘nikmalar hosil qilishi oson kechadi degan umiddamiz.
1-Mashg‘ulot.
Mavzu: Sabzavot ekinlarining botanik tarifi, morfologik va biologik xususiyatlari .
Do'stlaringiz bilan baham: |