5. Issiqqa chidamli sabzavot ekinlar. Bu guruhga qovun, tarvuz, qovoq, makkajo‘xori, loviya kiradi. Bu ekinlar issiqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Harorat 30-40 0S da fotosintez eng yuqori bo‘ladi.
Hosil pishadigan davrda sabzavot ekinlari namni unchalik ko‘p talab qilmaydi. Bu davrda tuproqda nam ko‘p bo‘lsa, sabzavot mevalari tarkibida suv ko‘payadi, bu esa ularning sifatini buzadi (yorilib ketadi, shirasi, kraxmal kamayadi va h.k.) va uzoq saqlashga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Ildiz sistemasining rivojlanish xarakteriga, barg sathining kattaligiga, o‘sish sur’ati va boshqa biologik xususiyatlariga qarab, sabzavot o‘simliklari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |